•  
  •  
  •  
  •  

Hamma dazmollar bir xil bo’ladi deb o’ylasangiz, xato qilasiz. Biz zamonaviy modellar nimasi bilan farq qilishini tushuntirishga va eng maqbulini tanlashda ko’maklashishga harakat qilamiz.

Dazmol turini aniqlab oling

Dazmollar bug’li va oddiy, ya’ni bug’ hosil qilish funksiyasisiz bo’ladi. Bular eskirgan modellar bo’lib, dazmollash vaqtida murakkab matolar ustiga nam doka qo’yish kerak bo’ladi. Hozirda savdoda bunday dazmollar derli yo’q.

Bug’li dazmollar ichiga o’rnatilgan va tashqarisidagi suv rezervuariga ega bo’ladi. So’nggi modellar – bug’ stansiyalari deb nomlanadi: bug’ katta alohida turadigan idishda hosil bo’lib, shlang orqali dazmolga uzatiladi.

Chap tomonda — bug’li dazmol, o’ng tomonda — bug’ stansiyasi

Bug’ stansiyalari tez va sifatli dazmollaydi, ammo qimmat turadi va ko’p joy talab qiladi. Ulardan ko’pincha atelelar va kirxonalarda foydalaniladi. Maishiy jarayonda esa oddiy bug’ dazmoli yetarli. Asosiysi – tagligi, quvvati va funksiyalarni tanlab olishdir.

Taglikni tanlang

Dizayn — dazmolni xarid qilishda e’tibor berish kerak bo’lgan so’nggi narsa, eng muhimi dazmollaydigan qatlamni o’rganishdir.

Zamonaviy dazmollarning tagligi quyidagilardan ishlanadi:

  • zanglamaydigan po’lat;
  • alyuminiy;
  • keramika;
  • teflon;
  • titan.

Bu materiallarning har biri ijobiy va salbiy jihatlarga ega.

Zanglamaydigan po’lat — arzon, ishonchli, yaxshi sirpanadi. Lekin, noto’g’ri ishlatilsa, taglikda kuyindi hosil bo’ladi, shu bois dazmolni muntazam tozalash kerak bo’ladi.

Alyuminiyli qoplama ham tejamkor variant. Bunday taglikka ega dazmol tez qizib soviydi, ammo uzoq vaqt xizmat qilmaydi. Metall oson shaklini yo’qotadi, vaqt o’tishi bilan unda nozik matodan ishlangan buyumlarga shikast yetkazishi mumkin bo’lgan kertiklar yuzaga keladi.

Как выбрать хороший утюг для дома: обратите внимание на подошву

Keramik tagliklar har qanday matolar ustida yaxshi sirpanib, hattoki rejim harorati o’zgarganida ham kiyimga yopishmaydi. Biroq, juda nozik – yaxshisi tushirib yubormaslik kerak.

Teflonli qoplamalar ham buyumlarni yaxshi tekislaydi, lekin ularni jarayon vaqtida tugmalar yoki taquvchi moslamalar, shuningdek abrazivlar bilan oson qirilishi mumkin.

Titan tagliklar, aniqrog’i, titan bilan changlangan po’lat – «dazmol sanoatidagi» so’nggi model. Ular har tomonlama yaxshi, ammo uzoq soviydi va qimmat turadi.

Shuningdek, ikkitalik taglikka ega modellar bo’lib, bunda asosiy taglikka nozik maolarni dazmollash uchun mo’ljallangan moslama o’rnatiladi.

Taglik materialini tanlab bo’lgach, uning shakliga e’tibor bering.

Dazmolning maydoni qancha katta bo’lsa, dazmollash jarayoni shuncha tez bo’ladi. Uchi qancha o’tkir bo’lsa, yoqa, manjetlar va tugmalar orasini dazmollash shuncha oson bo’ladi.

Bug’li dazmollarning tagligida bug’ uzatish uchun teshiklar bo’ladi. Uchida va orqasida kichna teshiklar, yon tomonlarida – yiriklari. Ular qancha ko’p bo’lsa, shuncha yaxshi. Shuningdek, tarnovchalarning bo’lishi ayni muddao. Ular bug’ning bir teksi tarqalishiga yordam beradi.

Bug’ning hosil bo’lish tezligi dazmolning quvvatiga bog’liq.

Quvvatni tanlang

Dazmollarni quvvati bo’yicha uch guruhga bo’lishi mumkin.

  1. 500 Vt.gacha — yo’l dazmollari. Yengil futbolkalar va ko’ylaklar uchun qulay, ammo yotoq to’shamalari va sochiqlarda qiynalasiz. Sayohatlar va yolg’iz yashovchilarga mos keladi.
  2. 1 600–2 000 Vt — maishiy dazmollar. Bunday moslamalar deyarli har qanday buyumlar, hattoki bir oz qurib ketganlarini ham tekislay oladi. Bu variant haftada bir necha marotaba dazmol bosiladigan oilalar uchun to’g’ri keladi.
  3. 2 000 Vt.dan ortiq — professional dazmollar. Bunday quvvat bilan qimmatli modellar va bug’ stansiyalari maqtana oladi. Atelelar va kimyoviy tozalash joylari, shuningdek juda ko’p dazmol bo’lgan oilalar uchun variant.

Funksionallikni o’rganing

Zamonaviy dazmollar xilma-xil funksiyalarga ega. Ortiqcha haq to’lashdan avval u yoki bu funksiya qanday foyda berishini o’rganib chiqing.

FunksiyaNima beradi
Doimiy bug’ uzatilishiBir daqiqa ichida qancha ko’p suv bug’ga aylansa, qalin matolar va qattiq g’ijimlangan buyumlarni dazmollash shuncha yengillashadi. Bug’ning uzatilishi tezligi – daqiqasiga 10 dan 150 g.gacha – dazmol quvvatiga bog’liq. Odatda maishiy holatda 20-30 g/daq. yetarli.
Bug’li zarbaMaxsus tugmani bosish orqali matoning ma’lum qismiga issiq par oqimii yuborish va dag’al matolarni yumshatish mumkin. Odatiy xo’jalik ehtiyojlari uchun daqiqasiga 90 g. tezlikdagi bug’ zarbasi ortig’i bilan yetadi.
PurkagichAyrim buyumlarni dazmollash uchun namlash zarur. Ushbu funksiya mavjud bo’lsa, pulivizatordan foydalanishning hojati qolmaydi.
Suv tomishiga qarshi tizimAyrim dazmollash rejimlarida bug’ hosil bo’lmaydi. Lekin, taglikdagi teshiklardan suv oqib chiqishi va matoda dog’lar hosil qilishi mumkin. Bunga yo’l qo’ymaslik uchun ishlab chiqaruvchilar dazmollarga suv tomishiga qarshi tizim o’rnatadi.
Vertikal namlantirishBu funksiyaga ega dazmollar bug’ bilan namlantiruvchi moslamalarning o’rnini bosa oladi, chunki kiyimlarni ilgichda, pardalarni esa gardinlarning o’zida bosish imkonini beradi. Bug’ taglikdagi teshiklar orqali bug’ zarbasi quvvatida uzatiladi.
O’zini tozalashMazkur funksiya faqat tozalangan suvni qo’yish yoki sardakka qarshi olinadigan filtrlardan foydalanish zaruriyatini yo’qotadi.
Avtoo’chishUydan chiqayotib «Dazmolni o’chirdimmi?» deya o’ziga savol beruvchilar uchun funksiya. Agar moslama 30 va undan ortiq soniya gorizontal holatda qimirlatilmasa, u o’chadi. Moslama 10-15 daqiqa davomida qarovsiz tursa ham o’chadi.
Shnurning avtomat o’ralishiMaxsus tugma bosilganidan so’ng, shnur dazmolning ichiga kirib ketadi va saqlashda joyni tejash imkonini beradi.

Barcha jihatlarni hisobga oling

Taglikning materiali va shakli, quvvati va funksiyalari – dazmolni tanlashdagi asosiy mezonlar. Biroq, hisobga olinishi zarur bo’lgan boshqa jihatlar ham mavjud.

  1. Dazmolning og’irligi. Eng maqul og’irlik 1,5 kg. hisoblanadi. Yengil dazmolni qattiq burmalarni tekislashda dazmolllash taxtasiga bostirish kerak bo’ladi. Og’iridan esa (2 kg. atrofida) qo’llar tez charchaydi.
  2. Shnur uzunligi. Agar shnur uzunligi 1,5-2 metr bo’lsa dazmollash qulay bo’ladi. Uning sharnirga mahkamlanishi va 360 gradusga aylana olishi ham maqsadga muvofiqdir. Dazmol maxsus taglikda qiziydigan yoki akkumulyatorda ishlaydigan shnursiz modellar ham bor. Bu moslamaning harakatini osonlashtiradi. Biroq, dazmol ko’p bo’lsa, doim quvvatlantirish kerak bo’ladi.
  3. Tutqich qo’lga to’laqonli mos kelishi kerak. Eng yaxshi yechim – rezinalangan tutqich.
  4. Suv miqdorini kuzata olish uchun rezervuar shaffof yoki yarim shaffof bo’lishi kerak. Suyuqlikni tez-tez quyishga to’g’ri kelmasligi uchun rezervuarning hajmi 200-300 ml. bo’lgani ma’qul.
  5. Qiymat. Keramik taglik va bir nechta asosiy funksiyalarga (masalan, doimiy bug’ uzatish va avtoo’chish) ega kuchli dazmolning o’rtacha narxi – 40 dollar atrofida. Biroq, dazmollarning qiymati kuchli farqlanadi. Hammasi brend, tagli materiali, quvvat va qo’shimcha funksiyalarga bog’liq.