•  
  •  
  •  
  •  
  •  

Ko’pchilik odamlar xona o’simliklarining mikroiqlimga ta’sir ko’rsata oladigan g’aroyib qobiliyati haqida bilmaydilar. O’simliklar kichkina bolalar va allergiyaga moyil odamlar xavfsiz nafas olishlari uchun qulay atmosferani ta’minlab, uni kislorod bilan to’yintiradilar.

Havodan ortiqcha namlikni yo’qotuvchi 5ta o’simlik

Spatifillum (Spathiphyllum)

Spatifillum (Spathiphyllum) gullar o'simlik

Ayol baxti yoki oq yelkan deb nomlanuvchi ushbu oq gulli o’simlik uyga baxt va muhabbat olib keladi, degan rivoyat mavjud. Spatifillum ortiqcha namlikni tortib olish orqali uydagi iqlimni normallashtirish bilan birga, mog’or sporalarini ham yo’qotadi. O’simlik +18 °C havo haroratida o’zini juda yaxshi his qiladi.

Qahva daraxti (Coffea)

Qahva daraxti (Coffea) o'simlik gullar

O’simlikning qariyb 100 xil turi orasida odamlar arabika va robusta navlari olinadigan arab va kongoleza qahva daraxtlarini o’stiradilar. Birinchi mevalar 5-6 yilda paydo bo’ladi, shu bois kattaroq o’simlikni sotib olgan ma’qul. Bu daraxt sersuvlikni va nim soya joylarni yaxshi ko’radi, shuningdek havodan ortiqcha namlikni tortib oladi va gullash davrida havoni tropik iforga to’ldiradi.

Mirta (Myrtus)

Mirta (Myrtus) o'simlik gullar

Tinchlik va orom ramzi. O’tmishda odamlar bu daraxtning muqaddas ekanligiga ishonganlar: o’simlik qariyalarga yoshlikni qaytaradi, yo’lovchilarga tetiklik va qat’iyat bahsh etadi. Bugungi kunda uyda o’sayotgan mirta normal mikroiqlimni tiklabgina qo’ymay, balki salomatlik haqida ham qayg’urishini yaxshi bilamiz: mirtaning barglari va gullaridan ajralib chiqadigan fitonsidlar havodagi mikroblarni o’ldiradi.

Oliyjanob dafna (Laurus nobilis)

Oliyjanob dafna (Laurus nobilis) o'simlik gullar

Qadimda yirtqichlar hujumiga eng kam qarshilik ko’rsatadigan o’txo’r dinozavrlar dafnani yaxshi ko’rganlar. Shu tariqa, yengil qurbonni tanlagan yirtqich bir yo’la ziravorli tushlikka ega bo’lgan. Odamlar dafnani shon-sharaf, g’alaba va buyuklik timsoli deb hisoblaganlar. O’simlik asli subtropik iqlimdan kelib chiqqan, shu bois nam havo, nis soya va ko’p miqdorda iliq suv quyilishini yaxshi ko’radi. Dafna havodan namlikni tortib olib, normal mikroiqlimni hosil qiladi. Dafna barglarini quritib, pazandalikda qo’llash mumkin. 

Limon (Citrus limon)

Limon (Citrus limon) o'simlik gullar

Limon – har jabhada yoqimli o’simlik: gullagan davrida havoni sitrus ifori bilan to’ldiradi, havodan ortiqcha namlikni yo’qotadi. Barglari juda ko’p miqdorda shifobaxsh moddalarni ajratib chiqaradi va atrofidagi havoni sterilizatsiyalaydi. Daraxt quyosh vannalari, muntazam suv quyilishi va quruq tuproqni yaxshi ko’radi. Pavlov navi yil davomida eng ko’p meva beradi.

Quruq havoni namlantiradigan 5ta o’simlik

Sarv (kiparis) (Chamaecyparis)

Sarv (kiparis) (Chamaecyparis) o'simlik gullar

Yaponiyada sarv muqaddas daraxt sanaladi: yaponlar vafot etganlar va ilohlarning ruhlari shu daraxtlarda yashashiga ishonadilar. Ushbu doim yashil o’simlik ko’rinishi bilan xona bezagini boyitadi, havoni namlantiradi, changga qarshi kurashadi va bosh og’rig’i hurujlarini yengillashtiradi. Bunga javoban nim soya joy va muntazam suv quyishlarini kutadi.

Sanseviyeriya (Sansevieria)

Sanseviyeriya (Sansevieria) gullar o'simlik

Yoki sho’rtan dumi, yoxud qaynona tili. Ushbu o’simlik havoda ajoyib o’zgarishlarni ta’minlaydi: u havoni namlantirib, juda ko’p miqdorda kislorod ishlab chiqaradi (o’z hajmiga qarab) va sintetik materiallar tomonidan ajratiladigan zararli bug’lanishlarni neytrallashtiradi. Uni parvarishlash oson: o’simlik barglarida namlikni saqlaydi va ko’p suv quyilishini talab qilmaydi. Sanseviyeriya uyning istalgan burchagida o’zini yaxshi his qiladi.

Fikus (Ficus)

Fikus (Ficus) o'simlik gullar

Eng ommabop xona o’simligi. Havoni namlantirib, uni kislorod bilan boyitadi hamda toksinlar va viruslarni neytrallashtirib, keng barglari yordamida changni ushlab qoladi. Katta xonalar va nim soya joylarni yaxshi ko’radi. Xonadonlarda ko’pincha Benjamin fikusi uchraydi. O’simlik britaniyalik botanik sharafiga nomlangan bo’lib, Tayland poytaxti Bangkokning ramzi hisoblanadi. U injiq emas, tez o’sadi, ammo yelvizaklar va ortiqcha suv quyilishini yoqtirmaydi.

Sissus (Cissus)

Sissus (Cissus) gullar o'simlik

Ba’zilar bu o’simlikni uzumga o’xshashligi uchun xona uzumi deb ataydilar, boshqalar esa – barglari tufayli qayinga o’xshatadilar. Mustasno holat: to’rtburchakli sissus. O’simlik o’sishiga qarab pechakni eslatadi: poyasidagi o’simtalari bilan yorug’lik yo’lidagi har qanday tayanchni tezda o’rab oladi. Quruq havoga tez moslashadi va asta-sekin uni namlantiradi, biroq nim soya joyni va muntazam iliq dushni yoqtiradi.

Kalanxoe (Kalanchoe)

Kalanxoe (Kalanchoe) gullar o'simliklar

Har bir navi o’ziga xos ko’rinishga ega bo’lgan go’zal o’simlik. Kalanxoening vatani Madagaskar bo’lib, faqat quruq havoli xonalarda o’zini yaxshi his qiladi: barglarida namlikni to’playdi va xonadondagi iqlimni me’yorlashtiradi. Unga ko’p suv quyish kerak emas, ammo quyoshli joyda tutish zarur.

Telegram, Facebook, Odnoklassniki va VK-dagi kanallarimizga obuna bo’lishni va do’stlaringiz bilan qiziqarli layfxaklarni ulashishni unutmang!