
Zo‘riqishga qarshi bu o‘yinchoqlar mashhurligi bois spinnerlarning qanday ko‘rinishlari ishlab chiqilmadi deysiz. Sof oltin va olmoslar bilan bezatilgan nusxalari ham bor.
10. Crusader spinneri — 260 dollar

spinnerlist.com
Crusader’ni KASFLY kompaniyasi chiqargan, buyurtmalar Facebook’dagi yopiq guruhda qabul qilinadi. Spinner o‘rta asr madaniyati ishqibozlari uchun yaratilgan bo‘lib, salibchilar ramzi bilan bezatilgan. Spinnerning ikki modeli – titan va bronzali turlari chiqariladi.
9. Turbine Version 3 spinner i — 299 dollar

spinnermint.com
Metal Worn kompaniyasining titan eritmasidan yasalgan fidjeti. Uzoq va deyarli shovqinsiz aylanishi bilan ajralib turadi.
8. Tispin Prop spinner i— 425 dollar

spinnerlist.com
Tispin Prop tashqi jihatidan propellerga o‘xshab qolmasdan, haqiqiy aviatsiya titanidan yasalgan.
7. Pepyakka-S spinner i— 425 dollar

fromrussiawithknives.com
Rossiyaning pichoqlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan From Russia With Knives kompaniyasi tomonidan chiqarilgan. Kompaniya an’anasidagi dizayn spinnerni sovuq qurolga aylantiradi.
6. Black Lotus Tri Sterling Silver spinner i — 445 dollargacha

yurich.com
Spinner House of Yurich ustaxona asoschisi usta Ben Richardson tomonidan yasalgan. Nilufargul spinnerlari orasida sterling kumushdan ishlangan model eng qimmatidir. Arzonroq talqinlar po‘lat va bronzadan ishlangan.
5. Customized 925 Silver spinneri — 459 dollar

amazon.com
Egasini uzoq aylanish bilan quvontiradigan model toza kumushdan ishlangan. Amazon bu spinnerning ikki Sunnytech va Weiheng kompaniyalari taqdim etgan talqinlarini taklif etadi. Fidjetlar o‘xshash bo‘lib, narxlari ham bir xil.
4. 9 Gear spinner i— 600 dollar

realgearspinners.com
Eng mashhur, qimmat fidjetlardan biridir. Internetda bu spiinner haqida ko‘plab fikrlar bildirilgan, biroq haqiqiysini rasmiy sayt orqaligina sotib olish mumkin. Model batamom qo‘lda ishlangan.
3. Rotablade Superconductor spinneri — 665 dollar

rotoblade.myshopify.com
Sigareta qo‘yish uchun moslama sifatida ishlatiladigan, katta bo‘lmagan spinner. Bir necha shakllari ishlab chiqarilgan, ularning eng qimmati titandan yasalgan. Yuqori narxiga qaramay, barcha nusxalar oldindan buyurtma sosida sotib bo‘lingan.
2. Bathgate Artifact spinneri — 700 dollar

revolvemakers.com
Fidjet usta Kris Batgeyt tomonidan zanglamaydigan po‘lat va latundan yasalgan. Barcha modellar buyurtma asosida xarid qilingan.
1. SteelFlameRingspinner i — 1 500 dollargacha

pinterest.com
Los-Andjeleslik usta Derik Obatak tomonidan yasalgan. Model batamom qo‘lda ishlangan. Hozirda ishlab chiqarilmayapti, shuning uchun kamyob nusxalarining narxi 1 500 dollargacha yetadi.