
Aytingchi, kamera oldida turishni hush ko'rmaydigan dugonalarnigiz ko'pmi? Qizlar maymunchadan tortib to qirolichagacha bo'lgan turli obrazlarni talqin etishni yaxshi ko'rishadi (hattoki buni tan olmasalar ham).
Sir emaski, erkaklar uchun o’zini bo’sh tutish qiyinroq kechadi. Ayniqsa, fotokamera oldida. Suratlarda erkaklar ko’pincha yo tikka turgan, yoki aksincha, sun’iy bamaylixotirlik ko’rinishida bo’ladi va bu yanada ko’proq hayajonni bildirb qo’yadi.
Suratga chiroyli tushish uchun barcha mushaklarni taranglashtirish yoki mardonavor qiyofaga kirish shart emas. Shunchaki o’ziga ishongan holatda ko’rinish kerak.
Buning uchun sokin yuz qiyofasiga ega tabiiy holatni egallang. Hattoki, kulayotgan bo’lsangiz ham jilmayish tarang bo’lishi kerak emas. Ba’zida faqat ko’zlar kulib turishi ham yetadi.
Yana bir nechta hiyla:
1. Gavdaning ijobiy tomonlarini qayd etish uchun yelkalarni kameraga qaratish, bo’ksalarni esa, aksincha, bir oz burish kerak (bunda bir necha gradus nazarda tutiladi, maqsadingiz ingichka bel emas).
2. Nigohlar dadil bo’lishi uchun, ular yuz qarab turgan tomonga yo’naltirilishi kerak.
Tik turgan holdagi surat
Anfas
Ko’krakda bir-biriga chalishtirilgan qo’llar bilan «yopiq» holatni egallang. U sizga dadillik bag’ishlaydi. Faqat gavdani tik tutishni unutmang: yelkalar tekislangan, qorin esa ichga tortilgan bo’lishi kerak. Bu holat ham portret, ham bo’y baravariga olinadigan suratlar uchun mos keladi.
Vertikalga suyangan holda
Masalan, devorga yon tomoningiz yoki orqangiz bilan suyaning. Qo’llarni ko’krakda chalishtirish yoki cho’ntaklarga solish mumkin. Ob’ektivga qarash shart emas, boshni yon tomonga burish mumkin.
Asimmetrik holat
Kameraga qarab yoki yarim burilgan holda qarab turgan holda, tana vaznini bir oyog’ingizga tashlang. Ikkinchi oyoqni yo chetga suring, yoki birinchisi bilan chalishtiring. Qo’llarni cho’ntakka solish yoki ko’krakda birlashtirish mumkin.
Ish joyida
Stolda o’tirib
Ehtimol bu etiket qoidalariga mos emasdir, ammo chakki chiqmaydi. Albatta, stol ustiga oyoqlar bilan chiqib olish shart emas – shunchaki uning bir chetiga o’tiring. Qo’llarni ko’krakda birlashtiring, cho’ntakka soling yoki stolga tayaning.
Stol oldida o’tirib
Bir oz oldinga siljish yoki yarim burilgan holda o’tirish mumkin. Qo’llarni oldingizga qo’ying yoki iyagingizga tayang. Agar suratda qo’shimcha buyum bo’lsa, unga e’tibor qarating – shunda tabiiyroq chiqadi.
Lenets_Tatsiana/Depositphotos.com
Yetakchi
O’rindiqda erkin o’tirgan holda, bir oyog’ingizni ikkinchisining ustiga qo’ying. Qo’lni o’rindiq tirsaklagichiga, tizza ustiga qo’yish yoki iyakka tayash mumkin. Faqat boshni ushlab turish shart emas.
Yerda o’tirib
Tayanchsiz
Bir oz oldinga egilgan holda o’tiring. Ammo yoyga o’xshab bukilmang, yelkalarni teksilang. Oyoqlarni oldinga, qo’llarni esa tizzalarga qo’yish mumkin. Oyoqlarni chalishtirib, qo’llarni markazda joylash mumkin.
Qo’llarga tayanib
Oyoqlarni chalishtiring. Bir qo’lingizga tayaning, boshqasini ko’tarilgan tizzaga qo’ying. Bu holat to’g’ri suratga olish burchagi tanlansa ajoyib ko’rinadi.
depositedhar/Depositphotos.com
Vertikalga tayanib
Devorga yoki daraxtga suyaning. Kameraga yaqinroq oyog’ingizni uzating, ikkinchisini esa tizzadan bukib ustida qo’lingizni qo’ying. Tayanchdan foydalanib, orqani bo’sh qo’ying, ammo haddan ortiq emas.
Wavebreakmedia/Depositphotos.com
Yirik plan
Bu eng oddiysi, istalgan holat bo’lishi mumkin.
Turli burchaklardan turli kayfiyatdagi ko’plab suratlarni oling. Agar portret anfas bo’lsa ob’ektivga qarang. Agar bosh burilgan bo’lsa, boshqa tomonga qarang. Boshni bir oz egish mumkin. Qo’llarni yuzga olib borish mumkin. Quling yoki jiddiy qiyofada turing – faqat ortiqcha berilib ketmang.
Albatta suratni oq-qora rangda chiqarishga harakat qiling – uning ajoyib chiqishi ehtimoli katta.
curaphotography/Depositphotos.com
Tabiiyki, bu qoidalar qat’iy emas. Biroq, ushbu maslahatlar yordamida 2-3 ta omadli rakursni topa olasiz. Shunda kamera oldida o’zingizni dadilroq his qilasiz va yanada qiziqarli suratlarni izlashda davom etishingiz mumkin.