•  
  •  
  •  
  •  
  •  

Biz uchun odatiy bo’lgan ushbu yegulik mahsulotlari tarkibida salomatlik uchun zararli moddalar bo’lgani yoki an’analar va dinga to’g’ri kelmaganligi sababli boshqa davlatlarda taqiqlangan.

Shvetsiyada M&M’s

Shvetsiya sudi 2016-yilda Mars ishlab chiqaruvchisi endilikda qirollik hududida M&M’s belgisi ostida mahsulotlarni sotishi va reklama qilishi mumkin emasligini qaror qildi. Sababi shundaki, M&M’s logotipi mamlakatda 1960-yildan buyon ishlab chiqariladigan mashhur Marabou shved shokoladining mavjud brendiga qisman o’xshaydi.

Fransiyada o’quvchilar uchun ketchup

Fransiyadagi maktablar va boshqa bolalar ta’lim oladigan muassasalarda ketchup taqiqlangan. Nozikta’b fransuzlarning fikricha, ketchup iste’moli bolalarda yaxshi taomlarga, jumladan sevimli tomatlarga bo’lgan ta’m didini buzar ekan.

Singapurda ko’knori

Singapurda 2002-yilda ko’knoriga qarshi kurash kampaniyasi o’tkazilgan. Ko’knorining ozuqaviy urug’lari giyohvand moddalarga tenglashtirilib, ko’knorilik har qanday pishiriqlar hamda bu o’simlikning urug’ini sotish taqiqlangan.

Xitoyda sarimsoq piyoz

Qayd etish kerakki, sarimsoq butun Xitoyda emas, balki buddaviylik ta’limoti rivojlangan hududlarda taqiqlangan. Aksariyat uni o’ta foydali deb hisoblagan bir paytda, buddaviylar uni taom uchun nomaqbul deb biladilar. Ularning fikricha, sarimsoq o’ta keskin ta’m va iforga ega bo’lib, organizm uchun zaharli va shahvoniy istaklarni uyg’otar ekan.

Eronda Latuk salati

Eronda mazkur salatga nisbatan taqiq uning nomi tufayli yuzaga kelgan. “Xas” so’zi shiyalarda avliyo nomining talaffuziga o’xshab ketadi. Shu bois latukni yeyish mumkin emas.

AQShda kinder-syurpriz

Mamlakatimizda barcha bolalar sevadigan kinder-syurprizni AQShdagi bironta supermarketdan topa olmaysiz. Bu holat ichida yeb bo’lmaydigan elementlar mavjud bolalar shirinliklarini sotishni taqiqlaydigan qonun bilan bog’liq.

Hindistonda Big Mak

Zamonaviy Hindistonda Makdonalds tarmog’i mavjud, ammo bu yerdagi fast-fud mahalliy yoqtirishlar va an’analarga moslashtirilgan. Afsonaviy Big Mak mol go’shti kotletasidan tayyorlanadi, ammo Hindistonda mol go’shti iste’moli dinda taqiqlangan.

Afrika davlatlarida baliq

Tanzaniya, Keniya, Misr va boshqa Afrika davlatlarida yashovchi ayrim qabilalarda baliq ovlash va iste’mol qilish taqiqlangan. Shuningdek, ular baliq yeydigan odamlarga nafrat bilan qaraydilar. Baliqli taomlarga yaxshi munosabatda bo’lgan odam bilan turmush qurish ham ular uchun sharmandalik sanaladi.

Isroilda ayrim sabzavotlar va rezavorlar

Brokkoli va gulkaram, qat’iy taqiqlanmagan bo’lsa-da, yahudiylarning taomnomasida bo’lmasligi kerak. Chunki ularning ichida yeyish mumkin bo’lmagan hasharotlar yoki qurtlar bo’lishi mumkin. Maymunjon va malina ham shular qatoriga kiradi.

Olestra (chipslarni tayyorlashda ishlatiladigan modda)

Olestra va bu modda mavjud har qanday mahsulotlar taqiqlangan. Chipslarni tayyorlashda foydalaniladigan mazkur yog’ o’rnini bosuvchi modda yurak xastaliklarini keltirib chiqarishi ehtimoli tufayli Buyuk Britaniya va Kanadada taqiqlangan.

Telegram, Facebook, Odnoklassniki va VK-dagi kanallarimizga obuna bo’lishni va do’stlaringiz bilan qiziqarli layfxaklarni ulashishni unutmang!