•  
  •  
  •  
  •  
  •  

Har bir ota-ona farzandini yaxshiroq tushunishni istaydi, vaholanki bolalar shu qadar tez o’zgaradilarki, ularga kabi sirli mavjudotlarni topish juda qiyin. Bizning “kichik odamchalarimiz” har kuni hayratga solib, ota-onalarini yanada mukammalroq bo’lishga undaydilar.

E’tiboringizga bola fiziologiyasi va psixologiyasi bilan bog’liq faktlarni taqdim etamiz. Ehtimol, ular kichkintoyingizni tushunishga va uning aqlli hamda baxtli bo’lib o’sishiga yordam berar.

1. Birinchi haftalarda bola yig’lamaydi, chunki buni bilmaydi

Yangi tug’ilgan chaqaloqda, albatta, ko’z yoshi kanallari bo’ladi, ammo ulardagi suyuqlik yetarli bo’lmaydi. Suyuqlik faqat ko’zlarni himoya qilish uchun ishlab chiqariladi, lekin oqmaydi. Bunday holat tug’ilishdan so’ng bir necha hafta davomida saqlanib qoladi va bola faqat baqirishi mumkin. Ba’zan, ko’z yoshi kanallarida qandaydir muammo bo’lsa, ko’zlar yallig’lanishi va ko’z yoshlari hech paydo bo’lmasligi mumkin. Bu holat pediatrga yoki bolalar okulistiga murojaat qilish uchun asosdir.

2. Bolalarda ta’m sezish retseptorlari kattalarinikidan ko’proq

Ta’mni to’liqligicha his qila oladigan odamlarni gurmanlar deb ataymiz. Biroq, haqiqiy gurmanlar, bu – bolalar. Shunchaki ular buni anglab yetmaydilar. O’rtacha statistik bolada taxminan 10 mingta ta’m sezish retseptori bo’ladi, bu orada katta hayotda qariyb 5 mingta retseptor qoladi. Shu bois, bolalar ta’m farqini yaxshiroq his qiladilar, ammo buni o’zlariga yoki kattalarga tushuntira olmaydilar. Masalan, bizga u qadar achchiq yoki nordon bo’lib tuyulmaydigan taom bolalarga juda o’tkir bo’lishi mumkin. Bolaning taomni yeyishdan bosh tortishi bizga oddiy injiqlik bo’lib ko’rinishi mumkin. Va albatta, bolalar sezuvchan retseptorlarni yanada kuchaytiradigan shirin ta’mlarni afzal ko’radilar.

3. Bola 5 oyligigacha tuz ta’mini bilmasligi mumkin, chunki retseptorlar oxirigacha shakllanmagan bo’ladi

Farazlarga ko’ra, bola farqlaydigan dastlabki ta’mlar – shirin va achchiq ta’mlardir. Faqatgina 5 oylik bo’lganida sho’r taomlarni anglash va munosabat bildirish uchun javob beradigan retseptorlar shakllanadi. Bola ma’lum yoshgacha sho’r ta’mga neytral munosabat bildiradi va olimlarning aytishicha, bolalar yo bu ta’mni sezmaydilar, yoki 5-6 oygacha muhim deb o’ylamaydilar.

4. Go’dak moviy rangni ko’rmaydi

Bola o’z hayotida birinchi marta qizil rangni farqlay oladi, degan taxmin mavjud. So’ngra sariq rangning navbati keladi. Moviy va yashil ranglarni farqlash qobiliyati esa, turli tadqiqotlarga ko’ra, 4 oylikdan va undan kechroq boshlanadi. Shuning uchun, ranglarni o’rgatish bo’yicha “erta rivojlantirish” – go’daklik yoshida ma’nosiz mashg’ulotdir. Okulistlar ko’rish rivojlanishi bosqichlari to’g’ri o’tishi uchun bola hayotining dastlabki oylarida uning atrofiga aynan qizil va sariq rangli o’yinchoqlarni qo’yishni tavsiya etadilar.

5. Kichkintoyning dastlabki tovushlari juda muhim

Bolaning noaniq gapi – uning og’zidan chiqayotgan ma’nosiz tovushlar to’plamidek ko’rinadi. Biroq, u ota-onaga bolaning miyasi ta’lim olishga tayyorligidan darak beradi. Ota-ona bunday “g’o’ldirashni” eshitganida juda e’tiborli bo’lishlari kerak.

Neyrobiologlarning aytishicha, ota-onalarning kiykintoylar bilan suhbati bolalar tafakkurini yanada o’tkirlashtiradi. Shu bois, katta odam va bola o’rtasida dialog juda muhim ahamiyatga ega.

6. Ko’zlar hajmi katta bo’lguncha deyarli o’zgarmaydi

Bolalarning ko’zlari kattalarnikiga nisbatan kattaroq ko’rinishiga bog’liq holat oddiy izohga ega. Ko’zlar yuzga nisbatan kattaroq bo’lib ko’rinadi. Ko’zlarning asosiy o’sish vaqti 3 yoshgacha yuz beradi, so’ngra ular o’smaydi yoki juda sekin o’sadi. Masalan: 3 yoshli bolaning ko’zi taxminan 23 mm o’lchamga ega bo’lsa, 20 yoshlarda uning hajmi 1 mm.ga kattalashadi.

7. Bola kulsa – immunitetini yaxshilaydi

Kulgu va tabassum – avvaliga bolakayning yaqin odamlari bilan muloqot qilish usulidir. Go’dak kuniga taxminan 200 marta tabbasum qiladi, kulgu yordamida esa quvonchni aks ettiradi, tovushlarni o’rganadi, hammasi joyida ekanligini ko’rsatadi. Katta bo’layotgan bolalarga kulgu stressni yengishda yordam beradi. Olimlarning fikricha, kulgu – eng yaxshi dori va bola immunitetining asosiy himoyasidir. Shuning uchun bolalarni ortiqcha kulgani uchun urishish kerak emas, axir salomatlik uchun ularga kunida kamida 300 marta kulish tavsiya etilgan. Bu esa, taxminan har 3 daqiqada kulishni anglatadi. Asosiysi, kattalar bunga bardosh bera olishidir.

8. “Men ko’rmasam, hech kim ko’rmaydi”. Bunday fikr 3 yoshli bola uchun me’yor hisoblanadi

Siz quyidagi g’alati vaziyatga to’qnash kelishingiz mumkin: bola qo’li bilan ko’zlarini yopib, konfet olish uchun xonaga kiradi. Xonada siz borsiz. Bola sizni ko’rmagani uchun siz ham uni ko’rmayapsiz deb o’ylaydi. Kattalarga bu holat kulguli ko’rinadi, ammo bola haqiqatdan ham shunday fikrlaydi. Ya’ni, abstrak-mantiqiy fikrlash hali rivojlanmagan va hamma narsa borligicha qabul qilinadi. Bolaning abstrakt rivojlanishini tezlashtirish mumkin, ammo 3-4 yoshgacha bunday hatti-harakat me’yor hisoblanadi.

9. O’smirlar go’daklarga nisbatan nozikroq

O’smirlarga to’g’ri rivojlanish uchun kattalar va kichik yoshdagi bolalarga nisbatan ko’proq uyqu zarur, ya’ni sutkasiga 9-10 soat. Tadqiqotlarning ko’rsatishicha, o’sirlar qonida melatonin miqdorining ortishi va pasayishi tun va tong davomida kattalar va kichik bolalarnikiga nisbatan kechroq yuz beradi. Bu holatga o’smirlarning uzoq vaqt uyquga ketmasdan, so’ngra tongda qiyin uyg’onishlari sabab bo’lishi mumkin. Biroq, maktabga borish uchun turish zarur bo’lgani uchun ular har kuni kerakli uyqu daqiqalarini yo’qotadilar.

10. Quchoqlash bolalar uchun hayotiy ahamiyatga ega

Bolani quchoqlash uning ahamiyatli ekanligini tezda ko’rsatish deganidir. Yetarlicha erkalash va parvarishga ega bo’lmagan bolalar o’ziga ishonmaydigan bo’lib o’sadilar. Ular empatiya va hissiyotlarga qodir emas. Biroq, psixologik jihatdan tashqari, achom-achomlar jismoniy salomatlik uchun ham muhim. Quchoqlashish orqali endorfin va oksitotsin miqdori ortadi, gemoglobin darajasi oshadi va immunitet mustahkamlanadi.

Bolalar rivojlanishiga oid bu faktlar sizga tanishmi? Ehtimol, sizda farzandingizni kuzatishdagi qiziq voqealar bordir?