•  
  •  
  •  
  •  
  •  

Robinzon Kruzodan tortib to Rembogacha bo’lgan mashhur superqahramonlar murakkab sharoitlarda qanday omon qolgani to’g’risida kattagina ensiklopediya yozish mumkin. Biroq, kinoda ko’rsatilgan bu usullarning hammasini haqiqatdan ham qo’llab bo’ladimi?

Quyida haqiqiy hayotda ish bermaydigan kino olamiga mansub omon qolish usullarining o’ntaligini e’tiboringizga havola etamiz.

1-uydirma: G’or – gulxan yoqish uchun mos joy

Chamasi, bu xavfsiz va hattoki romantikaga boy, ammo… Olov va issiqlik yuqori haroratdan kengayadigan toshlarni qizdiradi. Bu esa g’ordagi toshlar qulashiga sabab bo’lishi mumkin. Olovni tashqarida yoqish kerak.

2-uydirma: Yangi tutilgan baliqni xomligicha yeyish mumkin. Axir sushini yeydilarku

Ya’ni, barcha baxtsizliklarga qo’shimcha ravishda patogen organizmlar va bakteriyalarning ta’siri tufayli ichak bilan bog’liq muammolar kamlik qilayotgan edi, to’g’rimi? Buning ustiga dorixona va tez yordam yo’q joyda! Tavakkal qilmang, baliqni olovda pishiring. Aytgancha, hayvonlarning qonini iste’mol qilish ham bundan mustasno emas.

3-uydirma: Granatani mutlaqo shovqinsiz otish mumkin

Aslida jangovar granataning chuvi, ya’ni chekasi tortib olinganidan so’ng, boyok pistonga uriladi va u granatani otayotgan odamning qo’lidan yarim metr uzoqlikda otadi. Aytgancha, bu yaxshigina sezilarli: bunday otish kaftning yarmini uzib yuborishi mumkin. Hech bir jangari filmda pistonning ushbu otishi ko’rsatilmagan, lekin aynan u tufayli granata 3-4 soniyaga kechikib portlaydi.

4-uydirma: Qonni to’xtatish uchun jgutdan foydalanish mumkin

Mumkin emas. Jgut bilan to’qimalarni shu qadar kuchli tortib qo’yish mumkin-ki, natijada ular yaroqsiz holatga keladi va qo’l yoki oyoqni kesishga to’g’ri keladi. Bundan tashqari, ayrim holatlarda qon aylanishining buzilishi yurak hurujiga sabab bo’ladi. Tanani muvofiq holatga keltirish, jarohat joyidagi tomirni qisish orqali qonni to’xtatishga urinib ko’ring.

Jgutdan faqatgina o’ta tez qon ketishida, jarohatlanganning oyoq-qo’li emas, balki hayotini qutqarish masalasi ko’ndalang bo’lgan holdagina foydalanish mumkin.

5-uydirma: Ekstremal sharoitda omon qolish to’g’risidagi teleshouni tomosha qilish sizni hayotda omon qolishga o’rgatadi

Tabiiyki, bu noto’g’ri. Har qanday teleloyihani doim kadr ortida turadigan o’nlab odamdan tashkil topgan jamoa yaratishini unutmang. Bir zumda yordam berishga tayyor turadigan shifokorlar va qutqaruvchilar shular jumlasidandir. Shuningdek, suratga olingan materialdan juda jozibali va romantik tasvirni yaratadigan rejissyorlar va montajchilar ham bor. Aslida, barchasi mutlaqo boshqacha.

Haqiqat shafqatsiz, oddiy va ayovsizdir: siz kameraga o’ynamasdan, fotosessiyalarsiz, ijtimoiy tarmoqlardagi sharhlardan qat’iy nazar, shunchaki omon qolishingiz va odamlarga yetib olishingiz zarur.

6-uydirma: Qaynatilgan suv ichish 100 foiz xavfsiz

Qaynashda faqat mikroblar va bakteriyalar o’ladi, ammo suv zararli zarralardan tozalanmaydi. Masalan, ichida mayda zarralar bo’lgan xira suvni qanchalik uzoq qaynatmang, baribir uni ichish xavlidir. Shuning uchun qaynatishdan oldin suvni toza mato (sochiq, ko’ylak) orqali filtrdan o’tkazing va cho’kindilar pastga tushgunicha tindirib qo’ying.

7-uydirma: Yo’qolib qolgan bo’lsang, daryo oqimi bo’ylab yur va ertami yoki kech odamlarni uchratasan

Bunda “ertami yoki kech” – asosiy so’zlardir. Darhaqiqat, odamlar suvga bo’lgan ehtiyoj tufayli ko’pincha daryo bo’ylarida uy quradilar, ammo… Haftalar davomida yurib, bironta ham aholi yashash joyini uchratmaslik mumkin (Sibir va Uzoq Sharq xaritasini ko’ring). Shuningdek, bu vaqt davomida xavfsizlik, ovqat va issiqlikni doimiy ta’minlash zarur.

Shu bois, sayohatchilarning birinchi qoidasi: yo’qolib qolingmi – shu joyda qol! Qutqaruvchilar yo’qolgan odamni qidirish ishlarini moxlar go’yoki shimolni ko’rsatgan chakalakzor o’rtasidan emas, balki aynan shu uchastkadan boshlaydilar.

8-uydirma: Ho’l kiyim umuman kiyimsiz qolgandan afzalroq

Har doim ham emas. Masalan, havoning harorati noldan past, ustingizdagi kiyimlar esa ho’l bo’lsa (muz ostiga tushib ketdingiz), u uzoq vaqt davomida tanani sovitib turadi. Suv juda katta issiqlik hajmiga ega: uning biron qismini isitish yoki sovitish uchun ko’p vaqt va quvvat talab etiladi. Aytgancha, aynan shu sababli dengiz bo’yidagi shaharlarning iqlimi mintaqa markazida joylashganlariga nisbatan yumshoqroq bo’ladi.

Organizm issiqlik resurslarini o’zining ichki organlarini isitishga emas, balki ho’l kiyim matosidagi suvni isitishga sarflaydi.

9-uydirma: Cho’lda birinchi navbatda ichimlik suvi manbaini topish kerak

Yo’q. Avvaliga qizdirayotgan quyosh ostida organizmdagi suvning so’nggi zaxiralarini yo’qotmasdan, soya joyni topib, kunduzgi quyosh issig’i o’tishini kutish kerak.

Katta toshni topib, uning soyasida quyosh botishini kutishga urining. Qizigan yerdan uzoqroq turing: yaxshisi daraxt ustida, axlatda o’tiring yoki tagingizga qaysidir kiyimingizni soling. Harakatlanish va suv, yulduzlar, mehmonxona, Wi-Fi izlash ishlarini kech tushgan vaqtga qoldirgan ma’qul.

10-uydirma: Suvni keyinga taqsimlash kerak

Chanqoq yuzaga kelgan bo’lsa, soyaga o’tirish, sovish va suv ichish kerak. Quyosh tagida yurib, suvga bo’lgan ehtiyojni bostirishga urinish orqali quyosh urishiga sabab bo’lish va hushdan ketish mumkin. Aksiga olib, taqdir taqozosi bilan yoningizdagi suv ham to’kilib ketadi.

Siz ham kinofilmlardagi ekstremal sharoitlarda omon qolishning boshqa holatlarini ko’rganmisiz?