•  
  •  
  •  
  •  
  •  

Uyni yig’ishtirish zerikarli va yoqimsiz ish. Biroq, bu ishning professionallariga ma’lum bo’lgan ayrim hiylalar har qanday ifloslik va tartibsizlikni tezda bartaraf etishda yordam beradi.

E’tiboringizga uyingizni toza va shinam tutishga yordam beradigan bir nechta tavsiya va sirlarni taqdim etamiz.

Asosiy qoidalar

  • Yig’ishtirishni ertalab, tabiiy yorug’likda bajarish.
  • Ortiqcha narsalardan voz kechib, asosiylarini tanlash: changyutgich, mikrofibrali shvabra, mikrofibrali salfetkalar, rezina qo’lqoplar, universal tozalash vositasi, antistatik ta’siriga ega deraza yuvish vositasi, tor va qiyin artiladigan joylar uchun oddiy tish cho’tkasi, shuningdek sirka, limon va ozuqa sodasi.
  • Uyni har kuni tartibga solish: ovqat pishirgandan keyin gaz plitasi va ishchi yuzalarni artish, cho’milgandan so’ng vanna va rakovinani artish, hojatxonada tozalikni saqlash.

O’chirg’ich istalgan yuzadagi yog’li barmoq izlarini o’chiradi

O'chirg'ich istalgan yuzadagi yog'li barmoq izlarini o'chiradi

Vannaxonadagi ko’zguga soqol olish ko’pigi surtilsa, u terchilamaydi

 soqol olish ko'pigi bilan tozalash

Yuvish vositasi sekin qurib, izlar qoldirmasligi uchun derazalar bulutli ob-havoda yuviladi

Idish yuvish mashinasini tozalash uchun bitta sikl davomida unga bir stakan sirka quying, ikkinchi siklda esa bir necha qoshiq soda qo’shing

Oddiy yuvish vositasi ketkaza olmaydigan choy va qahva izini ozuqa sodasi oson ketkazadi

Noutbukni biroz sirkaga botirilgan mikrofibrali salfetka yordamida xavfsiz tozalash mumkin

Yog’och buyumda suvdan qolgan oq izlarni oddiy fen bilan “quritib”, so’ngra ustiga namlantirish uchun biroz yog’ surtish kerak

suvdan qolgan oq izlarni oddiy fen bilan quritish

French-press va choy damlash chovlisini yuvish uchun ularni bir soatga limon kislotasi solingan suvga botirib qo’ying

Tish cho’tkalarining uchida to’q rangli qobiq hosil bo’lmasligi uchun, ular turadigan idishga biroz vodorod peroksidi solinadi

Oq devorda mixlardan qolgan teshiklarni oddiy tish pastasi yordamida yashirish mumkin

Oq devorda mixlardan qolgan teshiklarni oddiy tish pastasi yordamida yashirish mumkin

Telegram, Facebook, Odnoklassniki va VK-dagi kanallarimizga obuna bo’lishni va do’stlaringiz bilan qiziqarli layfxaklarni ulashishni unutmang!