• 4
  •  
  •  
  •  
  •  
    4
    Shares

Zamonaviy dunyoda bizni tashvishga soladigan narsalar biram ko’pki. Lekin aslida xavotirlar va bezovtalik girdobida eng asosiysini – xotirjamlikni unutamiz.

Bu hissiyotsiz baxtli bo’lish mumkin emasligini eslatib o’tamiz va xotirjamlikka erishishga doir bir nechta misollarni keltiramiz.

1. Noyobligingizni tan oling

Kim uchundir to’g’ri bo’lgan narsa siz uchun ham to’g’ri bo’lishi shart emas. Istaganingizcha uxlang, foydali deb hisoblagan narsalaringizni yeng. Boshqa kimgadir o’xshashga urinmang. Kamchiliklaringizni qabul qiling va ular sizni boshqalardan ajratib turishini his eting. O’zingiz uchun zarurini qiling.

2. Shaxsiy chegaralaringizni hurmat qiling

Bu faqatgina noqulay iltimosga o’z vaqtida “yo’q” deyish emas, balki sizga yoqimsiz bo’lgan suhbatdan chiqish, sizga yoqmaydigan harakatni qilayotgan odamni ahloq doirasida jim qilishdir. Boshqa odamlar sizga qanday munosabatda bo’lishini istashingizni o’zingiz o’rnak bo’lib ko’rsating.

3. Ustuvorliklarni belgilang

Aynan o’zingiz uchun muhim bo’lgan qadriyatlarni yozing. Vaqtingizni birinchi navbatda siz uchun muhim bo’lgan narsaga yetadigan tarzda taqsimlang. Agar muhimi salomatlik bo’lsa, sport zaliga yoki tibbiy ko’rikka yoziling. Agar oila bo’lsa – vaqtni yaqinlaringiz bilan o’tkazing.

4. Aybdorlik hissini unuting

Hayotingizdan “majburman” so’zini chiqarib tashlang. Barcha harakatlarni, sizni majburlaganlari uchun emas, balki o’zingiz xohlaganingiz uchun bajaring. Nimagadir o’zingizni aybdor his qilsangiz, o’zingizni kechiring. Axir xulosa chiqarib, yo’lda davom etayapsiz.

5. O’z mehnatingizni hurmat qiling

Agar oruzingizdagi ishda bo’lmasangiz, hozir bu haqida o’ylab ko’rishning ayni vaqti. Biz yoqadigan ishni qilganimizda va buning evaziga pul topganimizda o’zimizni ancha baxtli his qilamiz. Yoqmaydigan ish ertami yoki kech ruhiy kasalliklar yoki yutuqning yo’qligi bilan o’ch oladi. Atrofdagilarning iltimoslari ham shunga taalluqli.

6. O’zingizga yoqadigan dam olish usulini izlang

Har bir odamga tiklanish uchun manba zarur: kimdir uchun bu o’rmon bo’lsa, boshqa birov do’stlari bilan muloqotdan quvvat oladi. O’zingiz uchun manba toping va vaqti-vaqti bilan undan foydalaning.

7. Hayotni boricha qabul qiling va unga ishoning

Har doim hamma narsadan xavotirga tushishning o’rniga, hayotning xilma-xilligini va unda faqat yaxshi narsalar bo’lmasligini qabul qiling. Bizning vazifamiz – joriy vaziyatdan dars olib, o’zimizni qabul qilishdan iborat. Qandaydir yomonlikni kutganda aynan shu yomonlik yuz beradi, ammo hayot uchun ochiq bo’lsak, ko’plab kutilmagan yoqimli sovg’alarga ega bo’lishimiz mumkin.

8. Boshqalarning shaxsiy hayotini hurmat qiling

Sizga qanday munosabat bildirishlarini xohlasangiz, boshqalarga ham shunday muomala qiling. Atrofdagilarning erkin tanlovini hurmat qiling va ularni ayblamang. Ko’rasiz, sizga nisbatan munosabat keskin o’zgaradi.

9. O’tmishingizni qabul qiling

O’tmishdan uyalish va yashirish – kelajakni yo’q qilish degani. O’zingiz haqingizda hammaga aytib berish shart emas, ammo atayin nimanidir yashirish o’zingizni qabul qilmaslik deganidir. O’tib ketgan narsaga ko’niking, o’zingizni qabul qiling, boshqa yo’lingiz bo’lmagan hamda hozirda bemalol yashang.

10. Hayotingizdan zaharli odamlarni chetlashtiring

O’zimizni baxtli va xotirjam his qilishni istasak, atrofdagi yaqinlarimizni tekshirib ko’rishimiz kerak. Zero, yonimizda bizni “quvvatsizlantiradigan” odamlar bo’lgani yaxshilikka olib kelmaydi. Muloqot qilish sizni charchatadigan barcha odamlardan imkon qadar uzoqlashing.

Telegram, Facebook, Odnoklassniki va VK-dagi kanallarimizga obuna bo’lishni va do’stlaringiz bilan qiziqarli layfxaklarni ulashishni unutmang!