•  
  •  
  •  
  •  
  •  

Gipergidroz, zamburug’li kasalliklar, stress yoqimsiz hidni chiqaradigan bakteriyalar juda yaxshi ko’radigan ter kuchli ishlab chiqarilishiga sabab bo’ladi.

Oyoqlar hidlanishidan butkul qutulishga doir maslahatlarni taqdim etamiz.

Bakteriyalar uchun ozuqa muhitini yo’qoting

Bakteriyalar uchun ozuqa muhitini yo'qoting oyoqlar

Yoqimsiz hid chiqaradigan bakteriyalarning aksariyati tirnoqlar ostida va terining qattiqlashgan qismlarida joylashadi. Oyoqlarni yuvganda ularning ostini pemza bilan ishqalashni, shuningdek tirnoqlar tozalagiga amal qilishni unutmang va ularni kalta qilib kesing.

Oyoqlarni yuvgandan so’ng, barmoqlar orasini yaxshilab arting

Oyoqlarni yuvgandan so'ng, barmoqlar orasini yaxshilab artish

Podologlar dush qabul qilgandan keyin oyoqlarni shunchaki artishni emas, balki barmoqlar orasini ham artishni tavsiya qiladilar, chunki u yerda qolgan namlik zamburug’ rivojlanishiga sabab bo’lishi mumkin.

Oyoqlaringiz uchun choy damlang

Oyoqlaringiz uchun choy damlash

Choy barglarida mavjud oshlovchi moddalar bakteriyalarni yo’qotib, terlashni kamaytiradi. Oyoqlar uchun choyli vannalarni har kuni qilish mumkin.

  • 1 litr qaynoq suvga 3 choy qoshiq choyni damlang.
  • 2 litr sovuq suv bilan aralashtiring.
  • Oyoqlarni bu aralashmada 15-30 daqiqa tuting.

Olma sirkasi

Olma sirkasi oyoqlar

Olma sirkasiga botirilgan mato yoqimsiz hidni bartaraf etishga yordam beradi:

  • 0,5 litr olma sirkasini 200 ml iliq suvga aralashtiring.
  • Dokani aralashmaga botirib, 20 daqiqaga oyoqlaringiz ustiga qo’ying.
  • Teri tabiiy yo’l bilan qurishi zarur.

Iforli moylardan foydalaning

Iforli moylardan foydalanish oyoqlar

Bunda lavanda moyi juda mos keladi. U hidni yashirishidan tashqari, bakteriyalarga qarshi xususiyatga ham ega:

  • 4 tomchi moyni oyoqlar ostiga uqalash harakati bilan surting.

Oyoqlar uchun vannacha qilish mumkin:

  • 2 tomchi moy + 3-4 litr suv. Oyoqlarni aralashmada 10-15 daqiqa tuting.

Paypoqlar ichini o’girib yuving

Paypoqlar ichini o'girib yuving oyoqlar

Bu usul matoni teri parchalari va bakteriyalardan yaxshilab tozalash imkonini beradi. Tabiiyki, paypoqlar materiali ham sintetik bo’lmasligi kerak.

Uyda yalang oyoq yuring yoki ko’chaga kiyiladigan paypoqlarni yeching

Uyda yalang oyoq yuring yoki ko'chaga kiyiladigan paypoqlarni yeching hid yo'qotish

Yurganda paypoqlar poldagi bakteriyalar yig’ib oladi. Ular poyabzalning nam muhitiga tushgach, ko’paya boshlaydi.

Antiperspiratndan oyoqlar uchun ham foydalaning

Antiperspiratndan oyoqlar uchun ham foydalaning

Antiperspirantlar tarkibidagi kimyoviy moddalar ter ajralishini kamaytirishga yordam beradi. Uni kechqurun dush qabul qilgandan so’ng, quruq teriga surting.

Shifokor bilan maslahatlashing

Shifokor bilan maslahatlashing oyoqlar

Agar yoqimsiz hiddan tashqari, qichishish va teri ko’chishi paydo bo’lsa, shifokorga murojaat qiling. Bu alomatlar kesuvchi temiratki, infeksiyali yallig’lanish, mikoz (parazit zamburug’lar tufayli paydo bo’ladigan kasallik) kabi xastaliklardan darak berishi mumkin.

Yoqimsiz hidli poyabzalni dezinfeksiya qiling

Yoqimsiz hidli poyabzalni dezinfeksiya qilish oyoqlar
  • Poyabzalni tashqaridan yaxshilab yuving.
  • Bog’lamlar va pataklarini xlorgeksidin (antiseptik) eritmasida iviting.
  • Xlorgeksidinga botirilgan paxtali tampon bilan poyabzalning ichki yuzasini arting.

Poyabzalni quruqlikda tuting

Poyabzalni quruqlikda tutish oyoqlar

Albatta, muntazam ravishda alishtirish uchun mavsumga mos 2 juft poyabzal bo’lgani ma’qul. Biroq, ikkinchi juft bo’lmasayu, botinkalar xo’l tortgan bo’lsa, eski sinalgan usul – g’ijimlangan gazeta varaqlari foyda beradi. Ularni poyabzal ichiga qo’ying va tun davomida gazeta jami namlikni singdirib oladi. Shuningdek, elektr quritgichdan ham foydalanish mumkin.

Telegram, Facebook, Odnoklassniki va VK-dagi kanallarimizga obuna bo’lishni va do’stlaringiz bilan qiziqarli layfxaklarni ulashishni unutmang!