•  
  •  
  •  
  •  
  •  

Mashhur insonlarning yoshi va doimiy bandligiga qaramay, doim yaxshi ko’rinishda bo’lishi bizda biroz hasad uyg’otadi. Albatta, ular yaxshi kosmetologlar va dermatologlarning muntazam yordamisiz ishlamasligini bilamiz.

Zero, samarali parvarish asosini har kim qo’llashi mumkin bo’lgan oddiy qoidalar tashkil qiladi. Keling, ularni birgalikda eslab qolamiz!

1. Quyoshdan himoyalovchi kremdan foydalaning

Quyoshdan himoyalovchi kremdan foydalanmasangiz, chiroyli va sog’lom teriga erisha olmaysiz: gollivudlik yulduzlar har kuni uni yuzlariga surtishadi. “Bu qoidaga amal qilmasangiz, boshqa har qanday urinishlar bekorga ketadi. Bu odatingizga aylanishi kerak”, – deydi Madonna bilan ishlagan kosmetolog Mami Makdonald. “SPF-30 – himoyangizning minimal omili. Kun davomida himoyani yangilashga harakat qiling”, – deya maslahat beradi yulduzlar kosmetologi doktor Lanser.

2. Yallig’lanish paydo bo’lganida, terini quritib yubormang

Uchuqlarga qarshi ishlatiladigan aksariyat nuqtali kremlar tarkibida mavjud benzoperoksid terini qattiq quritib, yallig’lanish va teri yog’i ishlab chiqarilishini oshiradi. Spirt taxminan shunday ta’sir ko’rsatadi: bu usul bilan uchuqlardan halos bo’lmaysiz. Doktor Garold Lanser terini quritishni bas qilib, salitsil yoki sut kislotasi yordamida tozalashga, shuningdek loydan iborat tozalash vositalariga e’tibor qaratishni tavsiya qiladi.

3. Hech qachon bo’yinni unutmang

“Bo’yin va dekolte sohasini parvarishlash muhim, chunki tananing bu qismi egasining yoshini juda tez namoyon etadi”, – deydi Xelli Berri, Bruk Shilds va Gvinet Peltrou kabi yulduzlar bilan ishlagan doktor Brandt. Bu sohadagi teri yupqa bo’lib, huddiyuz terisi kabi nozik parvarishni talab etadi. Parvarishni dahanda tugatmasangiz, hammasi yaxshi bo’ladi.

4. Yuzni muz bo’lagi bilan arting

Santa-Monikalik dermatolog Ava Shamban bir necha soniya davomida yuzni muz bo’lagi bilan artishni tavsiya qiladi: natijada terining bo’g’iq rangi bartaraf etiladi. Bu usul qon aylanishini yaxshi yo’lga qo’yadi va teri yaltiray boshlaydi.

5. Pardoz va parvarish vositalarini to’g’ri saqlang

Doktor Jaliman pardoz vositalarini cho’milish xonasida saqlashni maslahat bermaydi: issiq va nam muhim vositalarning yaroqlilik muddatini qisqartirishi mumkin, eskirgan vositalar esa hech qanday foyda bermaydi. Shu bois, yuz kremlari va kamdan-kam ishlatiladigan pardoz vositalarini muzlatgichda saqlang.

6. Teringizga tegadigan hamma narsani tozalikda saqlang

Doktor Lanser gigiyenaga alohida e’tibor berishga tavsiya qiladi: albatta, yuzga iflos qo’llar bilan tegmaslik zarur. Ikkinchidan, doktor yostiq jildlarini tez-tez alishtirishni maslahat beradi: teringiz quruq yoki normal bo’lsa – haftada bir marta, teri yog’li bo’lsa – uch kunda bir marta. Shuningdek, bakteriyalar maskani hisoblangan smartfonning ekranini vaqti-vaqti bilan tozalab turishni unutmang.

7. Yuz aknega moyil bo’lsa, skrablar va mochalkadan foydalanmang

Supermodel Kendall Jenner bir kuni Beverli-Xillzlik terini parvarishlash bo’yicha ekspert Kristi Kiddni uchratguniga qadar uzoq vaqt uchuqli toshmadan aziyat chekkan. Doktor skarablar va boshqa abraziv vositalar, shuningdek mochalkalar va cho’tkalardan foydalanishni bas qilishni buyurgan: bunday usulda teri yanada ko’proq yallig’lanadi. Sovunsiz vositalar bilan yumshoq, nozik tozalash – har qanday teri turi uchun zarurdir. Yallig’lanish va qizarishni kamaytirish uchun suv va aspirindan iborat nuqtali pastani surting.

8. Yuz uqalashi ko’z ostiga qora dog’larni ketkazadi

Ole Xenrikson gollivudlik mijozlariga ko’zlar ostidani halqalarga qarshi limfa-drenaj yuz uqalashini tavsiya qiladi. Bu usul limfalar oqimini kuchaytirib, terini taranglashtiradi va halqalar yo’qoladi. Aytgandek, bu uqalashni o’rganish qiyin emas va uni mustaqil bajarish mumkin.

9. Qo’l terisini parvarishlang

Qo’llar, huddi bo’yin singari ko’plar e’tiborsiz qoldiradigan sohadir, ammo qo’l terisi ham yupqa va nozik bo’ladi. Uy yumushlarini qo’lqopda bajarishga, qo’l uchun kremdan muntazam foydalanishga harakat qiling. Shuningdek, yuzga vosita surtgandan keyin, kaftlarning tshaqi yuzasiga qarishga qarshi vositalarni surtishni unutmang, deya maslahat beradi kosmetolog Marta Samkiran. Va albatta, quyoshdan himoyani unutmang!

10. Terini doim yaxshilab tozalang

Dermatolog Debora Jalimanning qayd etishicha, pardozni tozalamasdan uyquga ketish mumkin emas. Aks holda, yopilib qolgan teri teshiklari va yallig’lanishga ega bo’lasiz. Bu juda oddiy narsa, ammo ko’pchilik bu maslahatga amal qilmaydi.

Kundalik parvarish usullariga qat’iy rioya qilsangiz, teringiz sizga rahmat aytadi.

11. Uyquga yotishdan avval doim byustgalterni yeching

Byustgalterni uyqu oldidan yechmaslik ko’krakni tarang qilib turishiga qanchalik ishonmang, bunday qilmagan ma’qul. Shifokorlar ogohlantiradi: byustgalter, ayniqsa qalini, qon aylanishini qiyinlashtiradi va salomatlikka oid muammolarga sabab bo’ladi. Bundan tashqari, bu terining yallig’lanishi va to’q tus olishiga olib keladi.

Telegram, Facebook, Odnoklassniki va VK-dagi kanallarimizga obuna bo’lishni va do’stlaringiz bilan qiziqarli layfxaklarni ulashishni unutmang!