•  
  •  
  •  
  •  
  •  

Restoranlarning egalari uchun sizni mazali taomlar bilan ovqatlantirishdan tashqari, yana shu yerga qaytib kelishingizni ta’minlash ham muhimdir. Xususan, menyuda aynan ularga foyda keltiradigan taomni buyurishimiz ular uchun zarur.

Restoratorlar, ofitsiantlar va marketologlarning buyurtma berish chog’ida mijozlarni ko’proq pul sarflashga majbur qiladigan odatiy hiylalarini oshkor qilamiz.

Har kimga mos narsa topiladigan menyu

Deyarli har bir kafeda vegetarianlarga mo’ljallangan taomlar borligiga e’tibor berganmisiz? Taomlar turi hech kimni yo’qotmaslik va hech kim och qolmaydigan tarzda tuziladi.

Masalan, har bir menyuda yoshlarga yoqadigan nimadir, eng ochlar uchun to’yimli va yog’li nimadir, qomatini nazorat qiladiganlar uchun yengil va parhezbop nimadir bo’ladi.

Zaldagi musiqa

Yoqimli musiqa ohangi ostida odamlar nisbatan ko’proq taom iste’mol qilishlari mumkin. Eng maqbul variant – mumtoz musiqa bo’lib, u yangrab turgan maskanda mijozlar 10 foizga ko’proq pul sarflaydilar.

cdfa73Sababi, ularning o’ziga baho berishi ortadi va o’zlarini aslidagidan boyroq hamda nufuzliroq his qiladilar.

Musiqani ma’lum bir janrga sozlash mumkin: fransuzcha shansonda vinolar yaxshi olinadi, irlandcha folk esa pivo savdosiga ijobiy ta’sir qiladi.

Narxni 10 foizga oshirish

Aksariyat mijozlar xarid uchun sarflashni rejalashtirgan narx 7-10 foizga ortiq bo’lsa, bunga ko’pincha ahamiyat bermaydilar.

Aynan shuning uchun tezkor xizmat ko’rsatish restoranlarida qayla yoki taomga boshqa qo’shimchalarning narxi odatda taom qiymatining ko’pi bilan 10 foizini tashkil qiladi.

Ixcham menyu

Ko’p sonli taomlar keltirilgan menyu mijozlarni chalg’itadi. Restoran bo’yicha maslahatchi Aaron Allenning aytishicha,

menyuni murakkablashtirish orqali faqatgina mehmonlarni qiynab qo’yamiz va ular qoniqmay ketadilar. Ular ehtimol boshqa taomni buyurish kerakmidi, degan ikkilanishda qoladilar.

Bundan tashqari, odamlarda restoran shuncha taomni sifatli tayyorlay olmasligiga oid tasavvur hosil bo’ladi. Shuning uchun menyuni qisqaroq qilishga intiladilar. Eng maqbul menyu – bir varaqqa sig’adiganidir.

Xushmuomala ofitsiantlar

Mijoz bilan suhbatni qandaydir ijobiy jumladan boshlash, uning hamyonini ko’proq ochishi ofitsiantlarga ma’lum holat. Hattoki, bu havoning yaxshiligini eslatishdan iborat bo’lsa ham. Ana shunday oddiy uchul natijasida choychaqa qiymati bir necha barobarga ortadi.

Restoran afsonasi

Afsonaning maqsadi – noyoblikni ko’rsatishdan iborat. Umuman olganda, bu restoranni qiziqroq qilib ko’rsatadigan ajoyib narsa.

Masalan, bitta kafeda haqiqiy polyakcha kulchalarni tayyorlash sirini biladigan beshinchi avlod qandolatchisi ishlaydi. Boshqa kafeda esa shunchaki kulchalar pishiriladi. Aksariyat mehmonlar birinchi qandolatchiga boribgina qolmay, uning kulchalari mazaliroq ekanligini aytadilar.

“Qo’shimcha taklif”

Siz ham buni sezgan bo’lsangiz kerak: qahvaga buyurtma qilganingizda ofitsiant “Kattasimi?”, deb so’raydi va ma’qullab bosh irg’itadi. Siz esa “Yo’q-yo’q, kichkinasi”, deyishga uyalasiz. Aslida, nima bo’lganini tushunib yetishga ham ulgurmaysiz.

Bundan tashqari, ikkilangan porsiyalar ko’pincha standart, o’rtachalar esa – kichkina, deb nomlanadi va bu foydani oshiradi.

Bosh oshpaz nufuzidan foydalanish

Bosh oshpazning nufuzi – kuchli asos. Menyuda “bosh oshpazdan” deb qayd etilgan har qanday taom mijoz tomonidan oddiy yegulikka nisbatan yuqori baholanadi. Oshpazning o’zi mehmonga taomni tortadigan vaziyat esa yanada a’lo!

Kamdan-kam holatlarda ofitsiantlar bosh oshpazning kiyimini kiyib, o’zlarini mijozlarga bosh oshpaz deb tanishtiradilar.

Aroma-marketing

Iforlar ongimizga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Hattoki aniq rejaga ega bo’lsak-da, ular unga tuzatish kiritishi mumkin.

Vanil yoki koritsa ifori hamroxligida shirinliklar savdosi o’sadi, go’sht hidi esa nonushtadan tushadigan o’rtacha chek qiymatini oshiradi. Lavanda ko’pincha mehmonlarni hotirjam qilish, shoshiltirmaslik va maskanda ko’proq pul sarflashi uchun qo’llaniladi.

Iflos idishlarni olib qo’yish

Ofitsiantlar iloji boricha tezroq bo’shagan idishlarni olib qo’yishga intiladi. Albatta, iflos likopchalar va finjonlar qalashib ketgan stol atrofida o’tirish yoqimsiz. Biroq, idishlar mijozda u qadar ko’p narsaga buyurtma bermaganlik hissini uyg’otish uchun ham olib ketiladi.

Agar oldimizda idishlar yoki masalan, tovuq suyaklari uyumi to’plansa, tezroq to’xtagan bo’lardik.

Ofitsiantlarning qaytimga oid hiylalari

Ofitsiantlarda ko’proq choychaqa olishning o’z usullari mavjud. Ular sabringiz yetmay, ketib qolishingiz uchun qaytimni uzoq vaqt olib kelishlari mumkin. Yoki qaytimni olmasligingiz uchun uni mayda yo eski kupyura ko’rinishida qaytarishadi.

Bunday usullar yarim taqiqlangan hisoblanadi va odatda nufuzli restoranlarda amal qilmaydi.

Telegram, Facebook, Odnoklassniki va VK-dagi kanallarimizga obuna bo’lishni va do’stlaringiz bilan qiziqarli layfxaklarni ulashishni unutmang!