•  
  •  
  •  
  •  
  •  

Noutbuk – eng keng tarqalgan zamonaviy ish qurollaridan biri. U kundalik haytimizning bir qismiga aylangan ekan, uni to’g’ri tutishimiz borasida doim ham o’ylamaymiz. Biroq, ayrim mayda narsalar noutbukning ishlashiga ta’sir qilishi mumkin.

O’zingizni tekshirib ko’ring va noutbukka aloqador kundalik hatti-harakatlaringiz zararli emasligiga ishonch hosil qiling.

1. Uy hayvonlari yonida noutbukda ishlamang

Noutbuk yonida joylashib olgan mushugingiz qanchalik yoqimtoy bo’lib ko’rinmasin, uy hayvonlarining bunday odatini rag’batlantirmagan ma’qul. Bundan tashqari, mushuklarning qurilma ustida o’tirishiga yo’l qo’ymang. Uy hayvonlarini ishlab turgan noutbukdan chiqayotgan issiqlik jalb qiladi, ammo ularning yungi ventilyatsiya teshiklariga kirishi yoki ichki ventilyatorlarga tiqilib qolishi mumkin. natijada, qurilmangiz qizib ketadi yoki yomonroq ishlay boshlaydi. Shuningdek, noutbukning ichiga kirib qolgan tarakanlar va chumolilar ham unga zarar yetkazishi mumkin.

Xullas, noutbuk ustida ovqat yeyishni bas qiling – ushoqlar chumolilarni jalb qiladi.

2. Ortiqcha harakat qilmang

Agar noutbugingizda SSD-disk emas, balki qattiq diskli mexanik moslama bo’lsa, qattiq diskka murojaat qiluvchi dasturlardan foydalanish chog’ida ehtiyotkor bo’lishga harakat qiling. Uning qismlari harakatchan bo’ladi va noutbukning silkitilishi yoki keskin qimirlatilishi diskning ishiga halaqit berishi va ma’lumotlar o’chishiga sabab bo’lishi mumkin.

3. Simlarni burab tashlamang

Noutbuk quvvatlagichining simlari bir qarashda ko’plab buralishlarga dosh beradigandek ko’rinadi, ammo ular ko’ringanidan ancha nozikdir. Noutbuklar o’z vazifasiga ko’ra harakatchan bo’lishi kerak, shu bois simlar yengil va ingichka qilib ishlanadi. Simlarni boshqa buyumlarga, ayniqsa o’tkir burchakni narsalarga o’ramang.

Shuningdek, noutbukni quvvatlash chog’ida ular havoda osilib turishiga yo’l qo’ymang: bu ajratishni zaiflashtiradi va kelajakda quvvatlash bilan bog’liq muammolarga olib kelishi mumkin.

4. Noutbukni doim quvvatlagichga ulangan holda tutmang

Texnik jihatdan batareyani kuchli quvvatlash mumkin emas, chunki zamonaviy noutbuklar modellarida ion-litiyli batareyalar o’rnatilgan. Biroq, batareyani ortiqcha quvvatlanishdan himoya qiladigan kontroller buzilishi, ortiqcha quvvat esa batareyaning qizishiga sabab bo’lishi mumkin.

5. Ekranni burchagidan ushlab noutbukni ochmang

Ekran juda nozik bo’ladi, shuning uchun undan ushlagan holda noutbukni ko’tarish mumkin emas. Qopqoqni ham juda ehtiyot bo’lib sozlash yoki ko’tarish zarur. Odatda, biz ekranni uning yuqori burchaklaridan birini tutgan holda tuzatamiz. Bunda ekranning boshqa burchagi harakatsiz bo’ladi va aslini olganda siz shunchaki ekranni bukasiz.

Noutbuk uzoqroq vaqt xizmat qilishi uchun ekranni ramaning o’rtasidan ushlab sozlang.

6. Noutbukni tizza ustida ishlatmang

Noutbuk nomi “tizza” so’zidan (ing. lap — tizza, laptop — noutbuk) kelib chiqqaniga qaramay, uni tizzada ishlatish to’g’ri emas. Bu holat ventilyatsiya teshiklarini yopib qo’yib, qizishga sabab bo’lishi mumkin.

7. Noutbukni boshqa elektr jihozlar va magnitlar yoniga qo’ymang

Oddiy qattiq diskda ma’lumotni saqlash uchun magnit tizimi ishlatiladi. Noutbukning magnitlar yoki boshqa elektr jihozlarga yaqin turishi magnit shovqinlarini hosil qiladi. Natijada, ma’lumotlarga zarar yetishi yoki o’chib ketishi mumkin.

Shu bois, noutbukni bunday buyumlardan uzoqroqda tuting.

8. Quvvatlantirish simini tortmang

Hattoki shoshayotgan bo’lsangiz ham, quvvatlantirish simini ehtiyotkorlik bilan ajratishga harakat qiling. Keskin harakatlar portga va simning o’ziga ziyon yetkazishi hamja noutbukni quvvatlashga oid muammolarni yuzaga keltirishi mumkin.

9. Jildni e’tiborsiz qoldirmang

Noutbuk uchun jild va sumka yumshoq, qattiq burchaklar va qismlarsiz bo’lishi kerak. Qurilmaning ichki detallari silkitish va sakratishlarga ta’sirchan bo’ladi, shuning uchun noutbukni shunchaki ryukzakda boshqa narsalar bilan olib yurish yaxshi fikr emas.

10. Ekranni tozalashda uni bosmang

Bizga ma’lumki, noutbuk ekranini suv va oddiy mato bilan tozalash mumkin emas. Biroq, hattoki maxsus yungsiz mato va suyuqlikdan foydalanganda ham, ortiqcha harakat qilmang – ekranlar ujad ingichka bo’ladi, shuning uchun ularni bostirish mumkin emas.

11. Noutbukni doim yoqilgan holda qoldirmang

Agar kuniga bir necha soat noutbukda ishlasangiz, uni doim yoqilgan holda ushlamang. Muntazam ishlab turgan noutbukda birinchi navbatda qattiq disk va sovitish tizimi ishdan chiqadi. Agar qurilmadan kun davomida bir necha marta foydalansangiz, shunchaki uni dam olish rejimiga o’tkazing.

12. Ichimlik solingan idishlarni noutbuk ustiga qo’ymang

Biz ko’pincha noutbuk bilan ishlash vaqtida choy yoki qahva ichamiz. Biroq, choy solingan issiq krujka, hattoki hech narsa to’kilib ketmasa ham, baribir ziyon yetkazishi mumkin. Qaynoq ichimlik solingan krujkani noutbukning yopiq qopqog’i ustiga qo’ymang: bu ekran matritsasini shikastlashi mumkin. Bundan tashqari, krujkani ochiq noutbuk ustiga qo’ymang: gadjetlar uchun suyuqlik to’kilishi naqadar xavfli ekanini hammamiz bilamiz.

Noutbuk tezda ishdan chiqishiga oid belgilar

Yuqoridagi maslahatlar noutbukning ishlash muddatini uzaytirishga yordam beradi, quyida esa hali kech bo’lmasidan uni tuzatish vaqti kelganini ko’rsatadigan holatlarni sanab o’tamiz:

  • Qattiq diskning shovqinli yoki sekin ishlashi.
  • Noutbuk ancha sekin ishlayapti, sababsiz “qotib” qolyapti (masalan, matnni o’qishda).
  • Ventilyatorlar shovqini kuchaygan.
  • Noutbukni yoqish chog’ida shovqin paydo bo’lgan.
  • Noutbuk o’z-o’zidan o’chib, qayta yoqiladi.
  • Windows jurnalida ko’p sonli xatolar. Ularning sonini tekshirish uchun “Shu kompyuter – Boshqaruv – Voqealarni ko’rish”ni bosib, jurnalni ko’zdan kechiring.

Telegram, Facebook, Odnoklassniki va VK-dagi kanallarimizga obuna bo’lishni va do’stlaringiz bilan qiziqarli layfxaklarni ulashishni unutmang!