•  
  •  
  •  
  •  
  •  

Har qanday suhbatda kerak bo’ladigan yaxshi hulq qoidalari.

Quyida sanab o’tilgan qoidalar 1692 yilda nufuzli ingliz huquqshunosi Metyu Xeyl (Matthew Hale) tomonidan farzandlariga yozib qoldirilgan. Bugun uning so’zlari har doimgidan dolzarbroq tus olgan.

1. Aldamang

madaniyatli suhbat aldamang

Yolg’on – insoniyatga qarshi buyuk jinoyat. Haqiqatsiz jamiyat – xavfli jamiyat. Yolg’on uni gapirayotganga zarar yetkazadi: yolg’on odamni sharmanda qilishidan tashqari, odatga aylanib qoladi va natijada odam o’zi istaganida ham haqiqatni aytishga qiynaladi. Vaqt o’tishi bilan notiqning o’zi ham qachon aldaganini bilmay qoladi.

2. Bilmaydigan narsangiz haqida gapirmang

madaniyatli suhbat Bilmaydigan narsangiz haqida gapirmang

Yolg’on tasodifan og’zingizdan chiqishi mumkin bo’lgan vaziyatlardan uzoqroq turing. O’zingiz ishonch hosil qilmagan narsani ta’kidlamang. Gapingiz shunchaki tahmin yoki shaxsiy fikr ekanligi to’g’risida ogohlantiring.

3. Kamroq gapiring

madaniyatli suhbat kamroq gapiring

Bekorga gapga aralashmang. Yaxshisi, kamroq gapirib, o’zingizni boshqalarni tinglash hamda ularning bilimi, donoligi va tajribasini o’rganish imkonidan mosuvo qilmang.

4. O’zingizni jilovlay oling

madaniyatli suhbat O'zingizni jilovlay oling

Qizg’in bahs chog’ida baqirmang va o’zingizni qo’lga oling. Qarshingizdagi odamni shovqin emas, balki sog’lom fikr yordamida jim qiling.

5. Gapni bo’lmang

madaniyatli suhbat Gapni bo'lmang

Hech qachon gapirayotgan odamning gapini bo’lmang. Uni oxirigacha tinglang. Shunda uni yaxshiroq tushunasiz va nisbatan aniq javob bera olasiz.

6. Aytayotgan so’zlaringizni mulohaza qiling

Aytayotgan so'zlaringizni mulohaza qiling madaniyatli suhbat

Avval o’ylamagan bo’lsangiz, jim turing. Aytmoqchi bo’lgan narsangizning ma’nosini baholab ko’ring va uni aytishga oid jumlani aniqlashtiring. Shoshqaloq odamlar gapirishdan avval o’ylamaydi. Yoki gapirib bo’lganidan keyin o’ylaydi.

7. Yoqimsiz odamlarning kamchiliklarini kuzating

O'zingizni maqtamang madaniyatli suhbat Yoqimsiz odamlarning kamchiliklarini kuzating

Takabbur va surbet odamlar orasida bo’lsangiz, ularning kamchiliklariga e’tibor bering va ehtiyot bo’ling. Shunda gaplashishda va umuman hayotda ularning xatolariga yo’l qo’ymaysiz.

8. O’zingizni maqtamang

O'zingizni maqtamang madaniyatli suhbat

O’zingizni maqtamang va baholamang. Agar sizni faqat o’z tilingiz maqtay olsa, bu nufuzingiz pastligi va yanada pasayib borayotganidan darak.

9. Yo’q odamlar haqida yomon gapirmang

madanitatli suhbat qurish Yo'q odamlar haqida yomon gapirmang

Suhbat doirangizda kimdir bo’lmasa, imkon tug’ilishi bilan u haqida faqat yaxshi gapirishga urining. Hech qachon bunga loyiq bo’lmagan odam haqida yomon gapirmang. Bunda faqat odamning yaxshiroq bo’lishiga yoki atrofdagilarni himoya qilishga yordam beradigan vaziyatlar istisno bo’lishi mumkin.

10. Kamchiliklar ustidan kulmang

madanitatli suhbat qurish Kamchiliklar ustidan kulmang

Odamning tabiiy kamchiliklari ustidan kulmang va hazillashmang. Bunday hatti-harakat juda yomon taassurot qoldiradi.

11. Salbiy gap aytishda ehtiyot bo’ling

Hech kimni ayblamaslikka, tahdid qilmaslikka va kimdir borasida yomon so’zlar aytmaslikka harakat qiling. Agar xatoni ko’rsatishga to’g’ri kelgan bo’lsa, odamga yoqimsiz bo’lmasligi uchun ayblashsiz ayting. Aks holda, ayblash hech qanday yordam bermaydi va o’sha odamni sizga qarshi qilib qo’yadi.

12. Jahl qilmang

madanitatli suhbat qurish Jahl qilmang

Agar qiziqqon odam sizga nisbatan yoqimsiz so’zlarni aytayotgan bo’lsa, jahl qilishning o’rniga yaxshisi unga achining. Jim turish yoki juda iltifotli javob qaytarish – bunday hatti-harakatga eng yaxshi javobdir. Bu so’zlar shovqin solgan odamni yumshatib, afsuslanishga majbur qiladi yoki uning jazosiga aylanadi. Har qanday vaziyatda xushmuomalalik va barqarorlik asablaringizni saqlaydi, shuningdek dono va bosiq odam nomini taqdim qiladi.

Telegram, Facebook, Odnoklassniki va VK-dagi kanallarimizga obuna bo’lishni va do’stlaringiz bilan qiziqarli layfxaklarni ulashishni unutmang!