• 237
  •  
  •  
  •  
  •  
    237
    Shares

Nima uchun ayollar erkaklarga nisbatan kuchliroq muzlashi, barmoq izlari nimaga kerakligi va bo’g’imlardagi og’riq ob-havoni bashorat qila olishi haqida bilib olamiz.

1. Yosh o’tishi bilan tovon kattalashishi rostmi

tovon kattalashishi  Yosh o'tishi

Yillar o’tishi bilan paylar va bo’g’imlar zaiflashadi. Natijada, oyoq yuzasi yassi bo’lib qolishi, tovonlarning o’zi esa kengroq va uzunroq bo’lishi mumkin. Ayniqsa semizlik va diabetdan aziyat chekadigan, shuningdek tovoni shishadigan odamlar bunga ko’proq moyil bo’ladi. Odatda, oyoqlar 70-80 yoshlarga borib bir o’lchamga kattalashadi.

 2. Nima uchun ayollar erkaklarga nisbatan ko’proq muzlaydi

 ayollar erkaklarga nisbatan

Ayollarda teri osti yog’i ko’proq bo’ladi, ammo u tana markazida to’plangan bo’lib, ichki organlarni isitadi. Shu bois, qo’l-oyoqlar sovuqdan kamroq himoyalangan bo’ladi. Qo’l-oyoqlar muzlaganida esa, butun organizm sovigandek tuyuladi.

Bundan tashqari, ayollarda sovuqqa ta’sirchanlik chegarasi pastroq. Bir xil haroratda ayollarning barmoqlaridagi qon tomirlari erkaklarnikiga nisbatan ko’proq torayadi, shuning uchun qo’llar kuchliroq soviydi.

3. Keksalarga xos hidning borligi rostmi

Keksalarga xos hid

To’g’ri. Bundan tashqari, yoshlar va o’rta yoshdagi odamlarda ham o’ziga xos hid bo’ladi. Biroq bu hali eng qizig’i emas. Tadqiqot ma’lumotlariga ko’ra, keksa odamlar qolgan ikki guruh vakillariga nisbatan kamroq intensivlikda va yoqimliroq hid taratar ekan.

4. Nima uchun xona haroratidagi qahva bemaza bo’ladi

xona haroratidagi qahva bemaza

Ayrim ta’m bilish retseptorlari xona yoki undan biroz balandroq haroratdagi taom molekulalariga ko’proq ta’sirchan bo’ladi. Issiq qahva u qadar taxir tuyulmaydi (ancha mazali), chunki taxri ta’mni bilish retseptorlari shunchaki issiqqa ta’sirchan emas. Shuningdek, ifor ham ta’mni bilishga ta’sir qiladi. Issiq qahva esa sovib qolganiga nisbatan ancha yoqimli ifor taratadi.

5. Peshob qopi to’lib ketsa uyg’onamiz, ichak to’lganida – yo’q

Peshob qopi to'lib ketsa uyg'onamiz, ichak

Ichakdagi neyronlar hazm qilish axlatini itarib chiqaradigan yo’g’on ichak qisqarishini nazorat qiladi. Neyronlarning ishi esa sirkad ritmlar tomonidan tartibga solinadi. Ushbu ritmlar organizmning ichki soati bo’lib, ular bizni tongda uyg’otib, kechqurun uyqumizni keltiradi. Aynan sirkad ritmlar tufayli tunda ichakni bo’shatish ehtiyoji yuzaga kelmaydi.

Peshob qopi esa qat’iy belgilangan peshob me’yorini sig’dirishi mumkin, peshob esa buyraklar tomonidan muntazam ishlab chiqariladi. Odatda, peshob qopini bo’shatish ehtiyojini sezmasdan 6-8 soat uxlash mumkin. Biroq, ayrim kasalliklarda yoki kechqurun ko’p suyuqlik ichgan bo’lsangiz, tunda ham uyg’onishingiz mumkin.

6. Nima uchun “amerikacha tepaliklar”da oshqozon halqumga tiqilgandek tuyuladi

“amerikacha tepaliklar” oshqozon

Chunki ichki organlaringiz haqiqatdan ham harakatlanadi. Kamar sizni qulashdan himoyalaydi, ammo qorin bo’shlig’ida zaif mahkamlangan oshqozon va ichak tepaga “ko’tariladi”. Bunda ularga zarar yetmaydi. Asab tolalari harakatni boshqaradi, sizga esa oshqozon tomoqqa tiqilgandek tuyuladi.

7. Barmoq izlari nima uchun kerak

Barmoq izlari

Avvallari ular buyumlarni ushlashga yordam beradi, deb o’ylaganlar. Biroq, Manchester universiteti olimlarining ta’kidlashicha, barmoqlardagi chuqurchalar barmoq va yuza o’rtasidagi aloqa maydonini qisqartirib, tekis silliq buyumlarni ushlashga faqat halaqit qiladi. Ularning taxminicha, bu chuqurchalar barmoqlar uchidagi terini shikastlanishlar va qadoqlardan himoya qiladi.

8. Bo’g’imlardagi og’riq chindan ham ob-havodagi o’zgarishlarni bashorat qiladimi

Ehtimoldan yiroq emas. Ob-havo o’zgarishidan avval odatda atmosfera bosimi keskin pasayadi. Natijada, organizm to’qimalari kengayib, o’simtalar va og’riqlarga sabab bo’lishi mumkin. Odatda, buning ta’siri kam bilinadi, ammo artrit va yallig’langan bo’g’imli odamlar buni kuchliroq his qilishlari mumkin.

Shuningdek, harorat ham ta’sir qiladi. Xususan, Tafts universiteti tadqiqotchilari haroratning 10 darajaga pasayishi tizzalardagi osteoartrit og’rig’ini kuchaytirishini aniqlaganlar.

9. Nima uchun hiqichoq tutganda nafasni ushlab turish kerak

hiqichoq tutganda nafas

Agar nafas olinmasa, organizmda hiqichoqni yuzaga keltirayotgan diafragma spazmlarini to’xtatadigan uglerod oksid gazi to’planadi. Diafragma beixtiyoriy ravishda qisqarganida, tezkor nafas olish yuz beradi. Biroq, til orqasida joylashgan pay – kichik tilcha uzib qo’yadi. U yopilayotganida hiqichoq uchun xos bo’lgan tovushni chiqaradi.

10. Nima uchun tishlar, hattoki bolalikda breket taqailgan bo’lsa ham, joyini o’zgartiradi

olalikda breket taqailgan

Bu holat ko’p jihatdan milklar ortidagi suyak to’qimalarining yo’qotilishi bilan bog’liq. Ushbu yo’qotish keksayish jarayonida yuz beradi, ammo uni chekish va parodontit ham kuchaytirishi mumkin. Agar ko’p suyak to’qimasi yo’qolsa, tishlar o’z joyidan ko’chadi.

11. Nima uchun yugurganda biqin og’riydi

Nima uchun yugurganda biqin og'riydi

Yugurish chog’ida diafragma tortilib, puls tezlashadi. Natijada, qovurg’alar ostida, odatda o’ng tomonda keskin og’riq yuzaga keladi. Og’riqni yengillashtirish uchun tezlikni kamaytirib, juda chuqur nafas olmang.

12. Nima uchun qo’ltiq ostidagi ter boshqa joylarga nisbatan yomonroq hid chiqaradi

qo'ltiq ostidagi ter

Bizning organimzda ikki turdagi ter bezlari mavjud. Qo’llar va oyoqlarda joylashgan bezlar suv va tuz aralashmasini ajratadi. Lekin, qo’ltiqlar ostidagi bezlardan bakteriyalar oziqlanadigan yog’li modda ajralib chiqadi. Aynan yog’ning bakteriyalar tomonidan yeyilishi vaqtida yoqimsiz hid hosil bo’ladi.

Telegram, Facebook, Odnoklassniki va VK-dagi kanallarimizga obuna bo’lishni va do’stlaringiz bilan qiziqarli layfxaklarni ulashishni unutmang!