
1 - 1Share
Tuxumli taomlar tayyorlanishini yanada oson, tez va yoqimli qiladigan usullar.
Tuxumni pishirish
1. Nisbatan eskiroq tuxumlarni tayyorlang
“Hozirgina tovuq ostidan olingan” tuxumlarni pishirsangiz, ularni tozalash juda qiyin bo’ladi. Ular qancha ko’p (albatta, saqlash muddati chegarasida) muzlatgichda turgan bo’lsa, pishirgandan keyin ularni po’stidan tozalash shuncha oson bo’ladi.
Tuxumlarning yangiligini baholash uchun qadoqlash muddatiga e’tibor bering: albatta, bu mahsulotning yoshini aniqlashning yuz foizli bo’lmasa-da, nisbatan aniq usuli.

2. Tuxumlarni muzlatgichdan oling
Gaz plitasi oldida soniyalarni sanab tursangiz ham, doim uch daqiqadan so’ng chala pishgan, besh daqiqa o’tgach esa yaxshi pishgan tuxumga ega bo’lavermaysiz. Ko’p narsa mahsulotning dastlabki haroratiga bog’liq. Tuxumlarni muzlatgichdan olgan zahoti pishiring, shunda kerakli natijaga erishish imkoni ortadi.
Tuxumlarni tozalash
3. Tuxumlar uchun muzli vanna qiling
Hozirgina pishirilgan tuxumlarni muzdek suvga solsangiz, ularni tozalash juda oson bo’ladi: ular po’stidan deyarli sakrab chiqadi.
4. Suv solingan bankadan foydalaning
O’rtacha bankaning uchdan bir qismini suv bilan to’ldirib, ichiga tuxumni soling va ustini yopib, silkiting. So’ngra qopqoqni ochib, banka ichidagi idishga to’king: tuxum po’sti suv bilan birga tushadi, banka tagida esa toza tuxum qoladi.

5. Tuxumni stol ustida dumalating
Pishirilgan tuxumni sindirib, so’ngra asta kaft bilan bostirgan holda stol ustida dumalatsangiz, po’sti oson artiladi.

Tuxumni pashot usulida tayyorlash
6. Tuxumlarni alohida idishga chaqing
Eng yangi tuxumlarni olib, ularni qaynoq suvga solishdan avval bittadan alohida idishga chaqing. Bu usul tuxumni ehtiyotkorlik bilan suvga solish va butunligini saqlash imkonini beradi.
7. Kastryul ichida po’rtana hosil qiling
Tuxum oqi va sarig’i idish ichida oqib ketmasligi uchun, qoshiq bilan qaynayotgan suvda po’rtana hosil qiling va tuxumni asta uning markaziga soling.

8. Tuxumni po’sti ichida avvaldan isiting
Tuxum butun bo’lib qolishi uchun mashhur oshpaz Juliya Chayldning maslahatini qo’llash mumkin. Tuxumni po’sti bilan qaynayotgan suvga 10 soniyaga soling va shundan keyingina uni idish chetiga chaqing. Bunday usul mukammal shakldagi pashotni hosil qiladi.
Tuxumni qovurish
9. Olovni pasaytiring
Qovurilgan tuxum qattiq bo’lib qolmasligi va kuyib ketmasligi uchun tovani qattiq qizdirmang. Sokin olovda tuxum oqi oppoq, sarig’i – yorqin, taom esa – nafis va yumshoq bo’lib chiqadi. Agar omlet jigarrang qarsildoq bo’lishini yoqtirsangiz, plitani baland olovga yoqing.

10. Kuyishga qarshi qoplamani tanlang
Kuyishga qarshi qoplamali tova ko’plab taomlar uchun kerak bo’ladi, ammo tuxum qovurish uchun juda qo’l keladi. Taom, hattoki yog’siz ham, tova tubiga yopishib qolmaydi va mukammal aylana shaklida qovurilgan tuxumni likopchaga solasiz.
11. Omletni suzgichdan o’tkazing
Nafis omlet pishirmoqchi bo’lsangiz, tuxumlarni ko’pirtirib, suzgichdan o’tkazing. Shunda omletning bir me’yoriyligini buzadigan tuxum oqining yaxshi ko’pirmagan bo’laklari, sariq qobiq parchalari va boshqa aralashmalardan xalos bo’lasiz.

12. Tovani gaz plitasidan o’z vaqtida oling
Tuxumlar juda uzoq vaqt tayyorlansa, nozikligini yo’qotadi. Tovani olovdan taom oxirigacha tayyor bo’lishiga biroz vaqt qolganida oling. Tuxumlar maromida tayyor bo’lishi uchun idishning issiqligi yetarli bo’ladi.
Telegram, Facebook, Odnoklassniki va VK-dagi kanallarimizga obuna bo’lishni va do’stlaringiz bilan qiziqarli layfxaklarni ulashishni unutmang!