•  
  •  
  •  
  •  
  •  

“Erkaklar o’z hislari haqida kamdan-kam gapiradilar. Shu bois, yigitning sizga nisbatan munosabatini aniqlash va qanday maqsadni ko’zlaganini bilish uchun buni undan ochiqchasiga so’rash yoki uning harakatlariga e’tibor berish kerak”, – deydi mashhur amerikalik psixolog hamda 30 yillik tajribaga ega bo’lgan tana tili bo’yicha kitoblar muallifi Patti Vud (Patti Wood).

Biz yigitning sizni sevishidan darak beradigan erkaklarning eng yaqqol g’ayrishuuriy harakatlarini tanladik.

1. U tinglaydi va eslab qoladi

U tinglaydi va eslab qoladi

Agar erkakka yoqsangiz, u siz haqingizda hammasini bilishni istaydi. Har bir detal, har bir voqea, hattoki eng ahamiyatsizlarini ham. Bundan tashqari, u deyarli har bir aytgan narsangizni eslab qoladi: sevimli muzqaymog’ingiz, uy hayvoningizning ismi, qaysi maktabga borganingiz.

Erkak chindan ham tinglayotgan bo’lsa, uning boshi biroz yon tomonga egiladi. U boshini egganini ko’rsangiz, suhbat mavzusini keskin o’zgartirishga urinib ko’ring. Agar u boshini yon tomonga egilgan holatda ushlab turaversa, demak u aynan sizga maftun bo’lgan. Agar boshini tik tutib olsa, unga faqat suhbat mavzusi qiziq bo’lgan.

2. Qaddini tik tutadi

Qaddini tik tutadi

Agar erkak yoningizda turganida yoki o’tirganida qaddini rostlab, yelkalarini to’g’ri tutsa va qo’llarini beliga qo’ysa, bilingki, ayni paytda siz eng qadimiy instinkt guvohiga aylandingiz: erkak shu holati orqali kattaroq, kuchliroq va chiroyliroq ko’rinishni istaydi.

Biroq, ayrim erkaklar qizning yonida turganida, aksincha, bukchayib oladilar. Odatda, bu baland bo’y egalariga xos. Shu orqali ular qizga yaqinroq bo’lishga urinadilar.

3. Sochlarini tuzatadi yoki hurpaytiradi

Sochlarini tuzatadi yoki hurpaytiradi

Jozibali kimnidir ko’rganimizda biz instinkt ta’sirida o’zimizga oro beramiz va birinchi navbatda soch turmagimizni tuzatamiz. Bu holat uning hayajonda ekanligini va sochlarini tuzatish orqali o’ziga ishonch berishga urinayotganini bildiradi. Aytgandek, bu holat faqat erkaklarga xos emas.

4. Ijtimoiy tarmoqlarda o’zini tutishi

Siz bilan ommaviy media asrida yashayotgan ekanmiz, uning tarmoqda o’zini qanday tutishiga ham e’tibor berish kerak. Agar unga yoqsangiz, u barcha ijtimoiy tarmoqlarda sahifangizga obuna bo’ladi va joylashtirgan narsalaringizga izohlar yozib, layklar bosadi.

  • Erkak buni shunchaki o’zi haqida eslatish va sizga aloqador hamma narsani bilish uchun qiladi.

5. Gapirganingizda ko’p jilmayadi

Gapirganingizda ko'p jilmayadi

Bunda ikki holatni hisobga olish zarur: birinchidan, biz yoqimli nimanidir ko’rganda beixtiyor jilmayamiz. Ikkinchidan, tabassum odamni jozibaliroq ko’rsatadi. Agar ko’pchilik orasida o’tirganingizda u aynan siz gapirganingizda kulsa, demak sizga yoqasiz.

  • Biroq samimiy tabassumni qalbakisidan farqlash kerak. Faqat ustki tishlar ko’rinsa, bu ko’proq qalbaki tabassum bo’ladi. Haqiqiy tabassumda butun yuz harakatlanadi: peshona ko’tarilib, ko’zlar qisiladi va ajinlar paydo bo’ladi.

6. Yuziga qo’l tekkizadi

Yuziga qo'l tekkizadi

Erkak sizning labingiz yoki bo’yningizga tegishni istasa, o’zinikiga tegadi. Bu narsa yuzma-yuz suhbat chog’ida beixtiyor yuz beradi. U hayajonni yengish uchun hozirda amalga oshirolmaydigan harakatlarni o’ziga o’tkazadi.

  • Biroq bu belgini yoqimsiz odatdan farqlash kerak: agar u turli vaziyatlarda buni takrorlasa, demak bu odat tusiga aylangan.

7. Qoshlarini ko’taradi

Ehtimol, bu g’alati ko’rinar, ammo qoshlarning ko’tarilishi doim ham hayratni anglatmaydi. Ba’zida bu g’ayrishuuriy harakat ko’rayotgan narsamiz bizga yoqqanida ko’zlarni ochishga yordam beradi. Agar unga nimanidir so’zlayotganingizda qoshlarini biroz ko’tarsa, demak unga qiziqsiz.

8. Qiziqishlaringizni bilishga urinadi

Agar erkak siz yoqtirgan narsalarga qiziqsa, bu kuchli yoqtirishning eng yorqin belgilaridan biri.

U sizning sevimli rassomingiz ko’rgazmasiga borib, siz yaxshi ko’rgan taomni ta’tib ko’radi va hattoki siz sevadigan melodramani ham tomosha qiladi. U sizga yoqadigan aksariyat narsalarni takrorlashga yoki kamida ularni tekshirib ko’rishga urinadi.

9. Sizga qo’l tekkizishga harakat qiladi

Sizga qo'l tekkizishga harakat qiladi

U tegishlariga qanday munosabat bildirishingizni tushunish uchun sizga tegib ko’rishga harakat qiladi: tushgan kiprikni oladi, bir tuam sochni tuzatib qo’yadi yoki yiqilib tushmasligingiz uchun qo’lingizdan tutadi.

  • Lekin ehtiyot bo’ling:agar u har qanday vaziyatda sizga tegishga harakat qilsa, demak uni ko’proq yaqin aloqa qiziqtiradi.

10. U telefonga e’tibor bermaydi

U telefonga e'tibor bermaydi

Bizga kimdir chindan yoqib qolganida, bizni hech narsa chalg’itmasligi uchun harakat qilamiz. Agar siz erkakka yoqsangiz, u har qanday qo’ng’iroqlarni o’chirishga urinib, telefonni ovossiz rejimga qo’yadi yoki hech narsa chalg’itmasligi uchun uni sumkaga solib qo’yadi.

11. Ertalabdan yoki uyqudan avval yozadi

U sizga xabar yozadigan vaqtga e’tibor bering. Agar u ertalab yozsa, demak u uyg’ongan zahoti o’ylaydigan birinchi narsa – sizsiz. Uyquga yotishdan avval yuborilgan xabarlar ham shundan darak beradi.

Sizga bo’lgan qiziqishning yana bir alomati – uning xabarlarga javob berish vaqtidir. Agar javob deyarli darhol kelsa, demak siz u uchun boshqa hammasidan muhimsiz.

12. O’tirganida oyoqlarini chalishtiradi yoki to’g’ri tutadi

Agar siz erkakka juda jozibali bo’lib ko’rinsangiz, u beixtiyor o’tirganida oyoqlarini to’g’ri qo’yishi mumkin. Bunday holat evolyutsiya natijasida shakllangan kuchni namoyon etishning eng yorqin ko’rinishidir.

  • Pastki qismida chalishtirilgan oyoqlar haqida ham huddi shunday deyish mumkin. U oyoqlarini chalishtirish orqali tanasini oldinga chiqarib, sizga yaqinroq bo’lishi mumkin.

Telegram, Facebook, Odnoklassniki va VK-dagi kanallarimizga obuna bo’lishni va do’stlaringiz bilan qiziqarli layfxaklarni ulashishni unutmang!