•  
  •  
  •  
  •  
  •  

Elastik tasmalar, gantellar, qadam o’lchagichlar va qomatingizni saqlashga yordam beradigan boshqa ko’plab moslamalar.

1. Sauna kostyum

PVX, ya’ni polivinilxloriddan ishlangan ajoyib rangdagi sauna kostyum mashq vaqtida ter ajralishini kuchaytirib, yog’ qatlamlarining yanada tez erishiga yordam beradi.

2. Ozish uchun kamar

Yopishqoq tasmali kamar belni nozik shaklga keltirishga yordam berib, umurtqa va qorin mushaklarini qo’llab turadi.

3. Chambarak

Qismlarga ajraladigan chambarak belni shakllantirish va qorin mushaklarini mustahkamlashga yordam beradi. Qomatni saqlab turish va istalgan joyda mashq qilish uchun uni safarlar va sayohatlarga olib ketish mumkin.

4. Fitnes uchun rezinalar

Elastik tasmalar qo’shimcha qarshilikni yuzaga keltiradi va fitnes bilan shug’ullanish vaqtida mushaklarga tushadigan yuklamani oshiradi. Rezinalar xavfsiz va uzoq muddatga chidamlidir. Bir to’plamda turli rangdagi to’rtta tasma bo’ladi.

5. Xiaomi Mi Band 5 fitnes-bilakuzugi

Katta sensorli ekranga ega fitnes-bilakuzuk yurak urishi tezligi, uyqu sifati va jismoniy faollikni kuzatib boradi. U qachon uyg’onish va mashq qilish kerakligini, shuningdek kun davomida nechta qadam bosganingizni ko’rsatadi.

6. Rolik

Ko’pikli rolik yoga, pilates va fitnesda qo’llaniladi. U mashg’ulotlardan so’ng mushaklarni bo’shashtirishga yordam beradi va tortishishni yaxshilaydi. Bu moslamaning ko’plab o’lchamlari mavjud.

7.  Sakrog’ich

Hisoblagich o’rnatilgan sakrog’ich amalga oshirilgan sakrashlarning sonini ko’rsatadi. Maxsus qoplama tufayli uzunligi sozlanadi, ushlagichlar esa sirpanmaydi. Uy va zaldagi mashg’ulotlar uchun ajoyib vosita.

8. Gantellar

Ichi suv bilan to’ldiriladigan gantellar (hajmi – 1 litr) ularni safarlar chog’ida qomatni saqlash uchun yaxshi vositaga aylantiradi.

9. Qadam o’lchagich

Katta displeyli qadam o’lchagich bosib o’tilgan qadamlarni va yo’qotilgan kaloriyalarni sanaydi. Shuningdek, xotira funksiyasi hamda kamar yoki cho’ntakka mahkamlash uchun klipsa mavjud.

10. Gilamcha

Yoga va fitnes uchun mo’ljallangan yengil gilamcha sirpanmaydi va og’irligi mutlaqo bilinmaydi. Shuningdek, to’plamda mahkamlovchi rezinalar bo’ladi. Ko’plab ranglar ichidan tanlash imkoni mavjud.

11. Pilates uchun tasma

Elastik tasma qo’shimcha qarshilikni ta’minlaydi va murakkab mashqlarni bajarishga yordam beradi.

12. Yoga uchun blok

Ko’pikli blok yoganing ayrim turlarida murakkab asanlarni bajarishda qo’llaniladi. Shu bilan birga, u mushaklarni bo’shashtirishga qaratilgan mashqlar vaqtida bosh va bo’yinni ushlab turadi.

13. Uqalovchi

Qo’l uqalovchisi mashg’ulotdan keyin mushaklarni bo’shashtirishga yordam beradi va sellyulitga qarshi kurashga qo’l keladi.