• 1
  •  
  •  
  •  
  •  
    1
    Share

Erkaklar ham, huddi ayollar va bolalar kabi, sovg’a olishni yaxshi ko’radilar. Shu bois, eringiz yoki dadangizga sovg’ani tanlashga katta e’tibor qaratishingiz zarur. Faqatgina rafiqa sevimli erining odatlari va istaklarini yaxshi biladi.

Sovg’ani tanlashni boshlashdan avval oddiy qoidalar bilan tanishing:

  • Har qanday syurpriz tanloviga oid asosiy qoida – oldindan tayyorgarlik ko’rishdir. Zero, shoshilinchda xarid qilishga kirishib, xatoga yo’l qo’yishingiz oson.
  • Har bir erkak – omilkor va juda injiq odam. Aynan shuning uchun biz uyda, ishda  yoki sevimli mashg’ulot uchun kerak bo’ladigan foydali buyumlarni ko’rib chiqishni tavsiya etamiz.
  • Bayramdan avval suhbatlarga diqqat bilan quloq tuting, chunki ko’pincha oddiy suhbat davomida istaklar to’g’ridan-to’g’ri aytiladi va siz bundan foydalanishingiz mumkin.
  • Eringizga Yangi Yilda sarflashni rejalashtirgan mablag’ingiz uchun aniq chegara belgilang. Shu tariqa, qaysi g’oyalarni chetga chiqarish mumkinligini tushunasiz.
  • Kelayotgan yilning ramzi bilan bog’liq bir qancha buyumlarni kiritishga harakat qiling.
  • Tanlangan sovg’ani chiroyli o’rang. Erkaklar uchun orqticha jimjimadorlik zarur emasdek ko’rinsa-da, aslida chiroyli qutichani olgan odam ko’proq hissiyotlarni boshidan kechiradi.
  • Ba’zan, eringiz bayramga nimani istashidan mutlaqo bexabar bo’lishingiz mumkin, ammo tashvishlanmang – odatiy buyumlar ro’yxati ham mavjud. Ular har qanday erkakka mos keladi. Shuningdek, yanada ayyorroq yo’l tutib, sovg’a olganingizni aytishingiz, so’ngra undan tanlangan sovg’ani topishini so’rashingiz mumkin. U, birinchi navbatda, o’zining eng ardoqli istaklarini ayta boshlaydi.

Yangi Yilda taqdim etilmaydigan sovg’alar!

Albatta, rafiqa o’z eriga nima olishidan qat’iy nazar, erkak juda mamnundek ko’rinishga harakat qiladi. Biroq, yuzidagi ifoda buning aksini ko’rsatadi. Shu kabi noxush holatga tushib qolmasligingiz uchun Yangi Yilda eringizga sovg’a qilib bo’lmaydigan narsalar ro’yxatini tayyorladik.

  • Ro’yxatdan ichki kiyim va paypoqlarni chiqarib tashlashga harakat qiling, axir bunday sovg’a olish har qanday yigitning joniga tekkan. Bu narsalarni har qanday odamning o’zi oddiy kunda sotib olishi mumkin.
  • Haykalchalar, uy uchun dekorativ bezaklar va boshqa o’xshash buyumlar – erkak kishiga sovg’a qilinadigan narsalar emas. Omilkor odamlar bunday buyumlarda ma’no ko’rmaydi.
  • Soqol olish uchun tayyor to’plamlar, bu yerda gap bayram arafasida do’konlarning peshtaxtalarida tiqilib yotadigan arzon mollar haqida ketmoqda. Yaxshi odekolonlar ushbu toifaga kirmaydi.
  • Kiyim do’koniga sovg’a sertifikatlari – bunda xaridlarni o’zingiz amalga oshirishingiz yoki eringizni birga borishga ko’ndirishingiz kerak bo’ladi. Agar uning o’zi moda o’zgarishlarini kuzatib borsa va yangi to’plamdan nimadir olish istasa – istisno bo’lishi mumkin.
  • Uning hayotiga hech qanday aloqasi bo’lmagan narsalar, masalan: eringiz ofisda ishlaydi, tozalik va xotirjamlikka ko’nikkan, siz esa unga qarmoq sovg’a qilmoqchisiz. Yoki, aksincha, faol sportchiga ilmiy mavzudagi kitobni taqdim etasiz.

Quyidagi omillar vazifani osonlashtirishga yordam beradi:

  • faoliyat sohasi
  • qiziqishlar va xobbi
  • xarakterning asosiy jihatlari
  • kreativ sovg’alarga munosabat.
  1. Erkaklar kosmetikasi. Bugungi kunda mo’ylablar va soqolni parvarishlash uchun to’plamlar (albatta eringizda soqol bo’lsa) ancha ommalashgan. Agar uning soqoli va mo’ylabi bo’lmasa, ekologik pardoz vositalaridan iborat byuti-qutini to’plash mumkin.
  1. Parfyumeriya. Bunday sovg’a sevimli erkagingiz didini yaxshi bilsangizgina uni quvontirishi mumkin. Dezodorant va yengil atirdan iborat to’plamni sovg’a qilish mumkin.
  1. Gadjetlar uchun foydali aksessuarlar – smartfon, planshet, kompyuter, noutbuk uchun simli yoki simsiz quloqchinlar, o’ziga xos fleshka, simsiz sichqoncha va klaviatura to’plami.
  1. Agar eringiz cheksa, uni elektron sigaretalar bilan hursand qiling va zarur aksessuarlarni ham unutmang.
  1. Ko’pincha erkak kishida butun qalbi bilan sevadigan qiziqish bo’ladi. Uning qiziqishi bilan bog’liq Yangi Yil sovg’asi bilan hayratga soling – kabob pishirish uchun to’plam, baliq ovi jihozlari, basseyn uchun to’plam (maxsus kiyim, shippak, sochiq, shapkacha, ko’zoynak).
  1. Agar eringiz o’qishni yaxshi ko’rsa, unga kitoblar to’plamini yoki kitob do’koniga sertifikat sovg’a qiling.
  1. Agar eringiz ishga ovqatni uydan olib borsa, unga albatta lanch-boks kerak bo’ladi.
  1. Avtokompressor har bir avtoishqibozga zarur narsa. G’ildirak bo’shashib qolgan bo’lsa, uni doim mustaqil ravishda shishirish va o’zganing yordamisiz yo’lda davom etish mumkin.

Romantik erkak uchun bir olam ijobiy hissiyotlarni bag’ishlaydigan sovg’ani tanlash mumkin.

  1. Eringiz uchun romantik kechki taom uyushtiring – uning sevimli taomlarini pishiring yoki yangicha pazandalik qobiliyatingiz bilan hayratga soling.
  1. Dam olish kunida birgalikda hordiq chiqaring. Bu konkida uchish, boulingga chipta bo’lishi mumkin. Ajoyib kunni kafe yoki biron karaokedagi kechki taom yakunlaydi.

Agar eringiz jiddiy lavozim egasi bo’lsa, uning maqomiga urg’u beradigan sovg’ani taqdim eting.

  1. Portmone yoki borsetka – bunda hujjatlar va turli kartalar uchun bo’limlari ko’p bo’lgan hajmdor modellarni xarid qilgan ma’qul. Rangni tanlashda eringizning didini hisobga oling. Qora va jigarrang klassik tanlov hisoblanadi, ammo u ajralib turishni istasa, nisbatan yorqin modellarni ko’rib chiqing.
  1. Tabiiy charmdan ishlangan kamar yoki qo’lqoplar – katta erkak uchun charm o’rnini bosuvchidan ishlangan buyumlarni olish noqulay. Kamar to’kasi (pryajka)ga e’tibor bering, ular avtomatik, yarim avtomatik, klassik, shuningdek aylanma ilgakli bo’lishi mumkin. Eringizning avvalgi kamarlarida taqiladigan joyga mo’ljallab oling, shunda aniq yanglishmaysiz.
  1. Hujjatlar uchun portfel ofis xodimi yoki rahbarga kerak bo’ladi. Turli tadbirlarga mumtoz uslubdagi kiyimda borishni xush ko’radigan erkaklar toifasiga yeng ilmatugmasini qo’shish mumkin.

Albatta, sovg’alarni xarid qilish jarayoni oilaviy byudjetga putur yetkazmasligi kerak!

Unutmang – hech qanday, hattoki eng qimmatli sovg’a ham, ko’rsatilgan e’tibor va ijobiy hissiyotlarga teng kelolmaydi. Yaxshi gaplaringizni ayamang, yaqinlaringizga ularni qanchalik qadrlashingizni ayting va iloji boricha ko’proq birga vaqt o’tkazishga harakat qiling.

Quyida siz barcha oila a’zolaringizning xoxish va istaklaridagi sovg‘alarni topishingiz mumkin 🙂

Telegram, Facebook, Odnoklassniki va VK-dagi kanallarimizga obuna bo’lishni va do’stlaringiz bilan qiziqarli layfxaklarni ulashishni unutmang!