•  
  •  
  •  
  •  
  •  

Anchadan buyon qarzlaringizdan qutulishga va pul to’plashga harakat qilyapsizu, ammo hech narsa kutganingizdek bo’lmayapti. Demak, harajatlarga nisbatan munosabatni qayta ko’rib chiqishning vaqti kelgan. Barcha muvaffaqiyatli odamlar – tadbirkorlar, investorlar, milliarderlarni – harajatlarga bo’lgan o’ta pragmatik munosabat birlashtirib turadi.

Boy odamlar pulni sochishni yaxshi ko’radi deb o’ylash xato. Butun dunyo bo’ylab turli nashrlar boy insonlar haqida yozgan maqolalarini ko’rib chiqib, badavlat va omadli odamlar pul sarflamaydigan ayrim xaridlar toifalarini aniqladik. Siz bilan biz esa aksincha yo’l tutgan bo’lardik, albatta.

Rejalashtirilmagan xaridlar

Yoqimli, ammo keraksiz buyumni chegirmaga sotib olib, uyga kelgach afsus qilish: kimning ham boshidan o’tmagan deysiz. Ba’zan hammamiz ham rejada bo’lmagan xaridlarga pul sarflaymiz va bu holat ortiqcha jinsi shim hech narsani o’zgartirmaydigan milliarderlardan bizni ajratib turadi. Biroq, investor va milliarder Uorren Baffet aytganidek,

“Agar keraksiz narsalarni sotib olaversak, tez orada zarurlarini sotishimizga to’g’ri keladi”.

Keraksiz narsalarga harajatlar oldini olishning samarali usuli – do’konga borishdan avval xarid qilinadigan narsalar ro’yxatini tuzishdir.

Qimmatli ko’chmas mulk

O’ta qimmat narxda nufuzli turar-joy sotib olish – shubhali investitsiyadir. Boy odamlar, aksincha, arzon narxda istiqbolli mulkni sotib olib, uning qiymati oshganida foyda qiladilar.

Kengaytirilgan kafolatlar

Yangi texnikani sotib olayotganda kengaytirilgan kafolat takliflariga odatda kamtarona daromad egalari rozi bo’ladilar: aynan ular buyum buzilishidan ko’proq qo’rqadilar va natijada ortiqcha pul sarflaydilar.

Brend kiyimlar

Millionerlar eng qimmatli dizaynerlarning yangi to’plamlaridagi hashamatli liboslarni olishlari mumkin, ammo ularning hayoti ko’p vaqt odamlar orasida o’tmasa, bu fikrdan voz kechadilar. Masalan, Stiv Jobs qanday kiyinganini eslab ko’ring. Bill Geytsning soati 10 dollar turadi, Roman Abramovich omma orasida 700 rublga olingan futbolkada chiqishdan uyalmaydi. Britaniya taxti vorisining rafiqasi esa mass-market kiyimlarida omma orasida yuradi.

So’nggi urfdagi gadjetlar

Badavlat odam gadjeti urfdan ortda qolib, ko’rinishi yoki ma’nan eskirgan bo’lsa ham, smartfon yoki soatning oxirgi modeli ortidan quvmaydi. Millionerlar xarid borasida qaror qabul qilishning boshqa mexanizmidan foydalanadilar: ular hozirda shu harajat qanchalik maqsadga muvofiqligini hisoblab ko’radilar. Tezkor ravishda arzonlashib borayotgan elektronika sarflangan pullarni kamdan-kam oqlaydi.

Kreditlar, komissiyalar va kechiktirilgan to’lovlar uchun jarimalar

Boy odamlar birgina oddiy sabab tufayli kredit olmaydilar va pullarini jarimalar, penyalar va komissiyalarga sarflamaydilar: ular doim kechiktirmasdan o’z vaqtida to’laydilar. Milliarder, investor Mark Kyubanning aytishicha,

“Agar kredit kartasidan foydalansangiz, demak boy bo’lishni istamaysiz”.

Bolalarga ko’plab yangi o’yinchoqlar

O’rtacha daromad oluvchi odamlar farzandlarining xonalarini ular do’konda ko’rib qolgan o’yinchoqlari bilan to’ldirib, erkalatadilar. Bunday yondashuvda millionerlarning bolalari o’yinchoqlarda cho’kib ketgan bo’lardilar. Badavlat odamlar asosli harajatlarni afzal ko’radilar va reklamada ko’rsatilgani uchungina yangi qo’g’irchoqni sotib olmaydilar.

Zararli yegulik

Millioner taomnomasining kamtarona daromadli odamning odatda iste’mol qiladigan mahsulotlaridan eng asosiy farqi – mahsulotlarning narxi emas. Boy odamlar sog’lom ovqatlanishga ruju qo’ygan. Ular oddiy odamlardek donlar va sabzavotlarni iste’mol qilishlari mumkin, ammo shaurma, gamburgerlar, qovurilgan kartoshka va supermarketdagi tayyor ovqatlar bo’limining mayonez solingan salatlarini yemaydilar.

Nufuzlilik harajatlari

Bunga boy va omadli odam qiyofasini yaratishga ketadigan harajatlarni kiritish mumkin. Oddiy qilib aytganda, ko’zni shamg’alat qilishga ketgan pullar. Boy bo’lib ko’rinishni istagan odamlar hashamatli kechalar, biznes-toifada parvoz qilish, yangi avtomobillarga katta mablag’ sarflaydilar. Bu orada, haqiqatda muvaffaqiyatli shaxslar juda kamtarona hayot kechiradilar. Masalan, IKEA asoschisi Ingvar Kamprad tejamkor toifada parvoz qilib, eski “Volvo”da yurgan. Angliya qirolichasi Yelizaveta II esa Bukingem qasrida elektr energiyasini tejaydi.

Bolalar uchun qo’shimcha ta’lim

O’rtacha daromad egalari ko’pincha farzandlariga turli o’qituvchilarni yollaydilar. Kimlardir buni baxtli va boy hayotga chiptani sovg’a qiladigan iste’dodni ochish uchun qiladilar. Boshqalarining fikricha, murabbiylar yordamida bola mavzuni yaxshiroq o’zlashtiradi. Boy odamlar o’z tajribasidan kelib chiqib, qo’shimcha darslar kelajakdagi moliyaviy barqarorlikning kafolati bo’lmasligini biladilar va bolalariga bolalikdan zavq olish imkonini beradilar.

Ekstrasenslar, folbinlar va bashoratchilar

Tadqiqotlarga ko’ra, yuksak tahliliy qobiliyati bo’lmagan odamlar folbinlarning mijozlariga aylanadi. Vaholanki, bu boylik va muvaffiyat sari yo’ldagi eng asosiy sifatdir. Bundan tashqari, omadli odamlar o’z kuchlari ishonadilar va yot kuchlarning yordami ularga shunchaki kerakmas.

Shaxsiy o’sish treninglari

Karyerasi yoki shaxsiy hayoti tartibga kelmagan kam daromadli fuqarolar insofsiz layf va biznes murabbiylarning asosiy nishonidir. Bunday treninglarning befoydaligi to’g’risida birgina chiqishlari uchun katta mablag’ oladigan buyuk murabbiylarga tashrifdan keyin ko’p aytiladi. Biroq, hanuzgacha ko’nikmalarini sinash istagida bo’lganlar topiladi. Bu ishga pul sarflash arzishi yoki arzimasligini mashhur milliarderlarning hayotlarini o’rganish orqali tushunish mumkin: bu kabi tadbirlarga pul sarflash orqali boyib ketgan odam haqidagi voqeani topa olmasangiz kerak.

Uyni bezatishga oid so’nggi urf talablari

Deyarli har oy yangi bezak materiallari va mebel fasonlari paydo bo’ladi. So’nggi urfga amal qiladigan o’rta sinf vakillari hozirda urf bo’lgan narsalarga pul sarflaydilar. Bir necha yildan so’ng ularning uy bezaklari dolzarbligini yo’qotadi: hech kim gulli gulqog’ozlarni sotib olmaydi, endi yorqin ornament urfda. Barini o’zgartirish kerak! Agar boy odamlarning uylariga razm solsangiz, ko’pincha ularning qachon ta’mirdan chiqqanini tushunish qiyin kechadi. Bo’yalgan devorlar, oq shift va yog’oq yoki plitali pol – asrlar davomida sinovdan o’tgan variant.

Moliyaviy odatlarni o’zgartirish qiyin: biryo’la shakllangan turmush tarzini ham qayta ko’rib chiqishga, dunyoqarashga tuzatishlar kiritishga to’g’ri keladi. sizchi, qaysi harajatlardan osongina voz kechgan bo’lardingizu, qaysilarini hattoki yorqin kelajak uchun ham qurbon qila olmaysiz?

Telegram, Facebook, Odnoklassniki-dagi kanallarimizga obuna bo’lishni va do’stlaringiz bilan qiziqarli layfxaklarni ulashishni unutmang!