•  
  •  
  •  
  •  
  •  

Past sifatli mahsulotni haqiqiysidan maxsus ekspertiza yordamida farqlash eng to’g’ri yo’l. Uy sharoitida esa yillar davomida sinalgan hamda haqiqiy mahsulotlarning xususiyatlariga asoslangan hiylalar foyda berishi mumkin. Masalan, tabiiy smetana issiq suvda eriydi, haqiqiy sigir suti sarg’ish tusga ega bo’lib, tarkibida kamida 3,2 foiz yog’ bo’ladi.

Quyida sizga taqdim etilayotgan tavsiyalar yordamida insofsiz ishlab chiqaruvchilar va shunchaki tovlamachilarning makriga uchramaysiz.

Eritilgan pishloqlar

Haqiqiy pishloq 100 foiz sut yog’laridan iborat bo’ladi. Uni tayyorlash uchun sut, qaymoq, qayta ishlangan boshqa sut mahsulotlari va tuz ishlatiladi. Agar pishloq tarkibida o’simlik yog’i bo’lsa, bu pishloqdan tayyorlangan mahsulotdir. Uning narxi arzonroq bo’lib, tarkibida pishloqning rangi, hidi va fakturasini aks ettiradigan qo’shimchalar mavjud. Bunday mahsulotning muntazam iste’moli salomatlikka zarar yetkazadi.

Qalbakisini farqlash:

  • Haqiqiy eritilgan pishloqning massasi bir xil bo’lib, unda pufakchalar emas, balki bo’shliqlar bo’lishi mumkin. U maydalanmaydi, tishlarga yopishmaydi, taxir ta’m bermaydi. Uning rangi haddan tashqari o’tkir bo’lmasligi kerak.
  • Agar yorliqda “pishloq” so’zining o’rniga “eritilgan mahsulot” yoki “pishloqdan tayyorlangan mahsulot” jumlalari bo’lsa, bu – pishloqdan tayyorlangan mahsulot.
  • Buterbrodlar uchun mo’ljallangan pishloqli eritilgan bo’lakchalar ham pishloqdan tayyorlangan mahsulotlar hisoblanib, ularni bolalarga berish tavsiya etilmaydi. Bularning o’rniga oddiy pishloqni kesib bergan ma’qul.

Bolalar uchun mo’ljallangan mevali va sabzavotli pyurelar

Sifatli pyurening tarkibida sabzavotlar, mevalar yoki go’shtdan boshqa hech narsa bo’lmasligi kerak. Tuz va shakar faqat birlamchi xom ashyoda bo’lishi mumkin. Ba’zida tarkib normal bo’lib ko’rinadi, ammo idishning ichida shunchaki suv, rang beruvchilar, natriy glutamati va hid beruvchi qo’shimchalar aralashtirilgan arzon olmali pyurening aralashmasi bo’ladi.

Qablaki yoki sifatsiz mahsulotni farqlash:

  • 2-3 osh qoshiq bolalar pyuresi va ½ choy qoshiq sodani aralashtirib, 15-20 soniya davomida mikroto’lqinli pechda isiting. Tabiiy pyure qorayadi, qalbaki mahsulot esa rangini o’zgartirmaydi.
  • Mahsulotning quvvatiga e’tibor bering: 100 gramm mahsulotdagi shakar miqdori uglevodlar miqdoridan oshmasligi kerak.
  • Ayrim ishlab chiqaruvchilar pyure nisbatan quyuq bo’lishi uchun unga kraxmal qo’shadilar. Buni tekshirish oson: bir stakan suvga 2 osh qoshiq pyureni solib, bir necha tomchi yod tomizing. Yaxshilab aralashtiring. Agar stakan ichidagi massa ko’kimtir-siyohrang tus olsa, mahsulotning tarkibida kraxmal yoki boshqa quyuqlashtiruvchi modda mavjud. Bu narsa qadoqda yozilgan bo’lishi kerak. Aks holda, mahsulot qalbaki yoki ishlab chiqaruvchi atayin sizni chalg’itishga uringan bo’ladi.
  • Kaftingizga biroz pyure tomizib, barmog’ingiz bilan ishqalab ko’ring: agar mahsulotda hid beruvchi qo’shimchalar bo’lsa, kaftingizda moyli iz qoladi.

Bolalar aralashmasi

Tashish chog’ida shikastlash qiyin bo’lgan qadoqlardagi bolalar aralashmasini olgan ma’qul: bu aralashmani iste’molchi ochguniga qadar uning tarkibi o’zgarmasligi kafolatidir. Bu borada metall idish juda qo’l keladi.

Ba’zan bola yangi qadoqdagi odatiy aralashmani yeyishdan bosh tortadi. Bu holat aralashmalar turli davlatlarda tayyorlangani hamda retsept bir xil bo’lishiga qaramay, birlamchi xom ashyo farq qilganida yuz beradi. Ishlab chiqaruvchi bilan bog’laning: sizga qadoqlardagi kodlar yordamida xariddan avval bunday aralashmalarni farqlashni tushuntiradilar.

Qalbakisini farqlash:

  • Bir stakan suvga 1 osh qoshiq aralashmani soling: sifatli mahsulotda qumoqchalar hosil bo’lmaydi.
  • Bir necha tomchi yod tomizing: agar mahsulot tarkibida un yoki kraxmal (ular yopishqoqlik uchun qo’shiladi) bo’lsa, aralashma ko’kimtir tusga kiradi.
  • Mahsulotning qadog’iga e’tibor bering: xira ranglar, yaxshi bosilmagan harflar yoki shunchaki g’alati bezak – bularning bari qalbaki mahsulotning yaqqol belgilari.

Sutli mahsulot yoki sut

Sigirdan sog’ib olingan hamda pasterizatsiyadan tashqari hech qanday ishlov berilmagan sut toza hisoblanadi. U sarg’imtir tusda bo’lib, tarkibidagi yog’ miqdori kamida 3,2 foizni tashkil qiladi. Ichimlik iste’mol uchun yanada yaroqli bo’lishi uchun me’yorga yetkaziladi: yog’ miqdori kamaytiriladi yoki ko’paytiriladi, zararsizlantiriladi. Natijada, me’yorlashtirilgan sut hosil bo’ladi.

Qablaki yoki sifatsiz mahsulotni farqlash:

  • Tarkibidagi yog’ miqdori 3,2 foiz bo’lgan toza yoki me’yorlashtirilgan sutni tanlang. Agar yog’ kamroq bo’lsa, demak unga quruq sut aralashtirilgan hamda vitaminlar va minerallarning to’laqonli manbai bo’lolmaydi. Bunday sutni faqat qandolatchilikda ishlatish tavsiya etiladi.
  • Bir stakan sutga bir tomchi yod tomizing: agar unda qo’shimchalar bo’lmasa, yod sarg’ish-jigarrang bo’lib qoladi. Agar yod yashil rangga kirib, ko’k dog’lar va cho’kma hosil bo’lsa, sutda quyuqlashtirish uchun qo’shilgan kraxmal bo’lishi mumkin.
  • Bolalarga yog’ miqdori kamida 3,2 foiz bo’lgan, qo’shimcha ravishda kalsiy bilan boyitilgan, me’yorlashtirilgan ultrapasterizatsiyalangan sut berish tavsiya etiladi. Bu tabiiy sigir sutidagi xavfli bakteriyalar aniq yo’qotilganligi, undagi foydali xususiyatlar saqlanganligi va zarur kalsiy miqdori tiklanganligiga kafolat.
  • Ba’zan sutga saqlash muddatini ko’paytirish uchun soda qo’shiladi. Uning mavjudligini quyidagi usulda tekshirish mumkin: ozgina sutga 1 choy qoshiq sirka qo’shib, yaxshilab aralashtiring. Agar ichimlikda qo’shimchalar bo’lmasa, oqsil ivib qoladi. Agar soda mavjud bo’lsa, ko’pik paydo bo’ladi.
  • Laktoza iste’moli taqiqlangan odamlarga yog’sizlantirilgan sut o’rniga o’simlik sutini ichish tavsiya etiladi. Bunday sut ko’pincha guruch, soya, kokos yoki bodomdan tayyorlanadi. U qayta ishlangan yoki yog’sizlantirilgan sutdan ancha foydaliroq, ammo baribir tarkibidagi vitaminlar va minerallar borasida tabiiy sut o’rnini bosa olmaydi.

Mayonez

Mayonez, bu – tuxum, yog’, limon sharbati, xantal va ziravorlardan tayyorlangan qayla. U muntazam iste’mol qilinishi, shuningdek kerakli rang, hid, fakturani olish yoki uzoq saqlanishi uchun ishlab chiqaruvchilar qo’llaydigan qo’shimchalar tufayli zararli bo’lishi mumkin.

Past sifatli mahsulotni farqlash:

  • Agar sizga tabiiy mayonez taklif qilayotgan bo’lsalar, uning saqlanish muddatini tekshiring: qancha qisqa bo’lsa, shuncha yaxshi. Uyda tayyorlangan mayonez muzlatgichda atigi bir necha sutka turadi. Saqlanish muddati qancha uzoq bo’lsa, uning tarkibida konservantlar shuncha ko’p, o’simlik moyi esa kam bo’ladi.
  • Ozgina mayonezga 1-2 tomchi yod tomizib, 30 soniya kuting va aralashtiring. Agar ishlab chiqaruvchi quyultirish maqsadida kraxmal qo’shgan bo’lsa, yod tomchilari ko’k-siyohrangga kiradi.
  • Hozirgina ochilgan yangi mayonezning yog’i ajralishi yoki pufakchalar paydo bo’lishi mumkin emas. Bu belgilar mayonez ayniganligidan dalolat beradi.

Smetana

Yaxshi smetana qaymoqdan tayyorlanadi. Unda hech qanday o’simlik moyi bo’lmasligi kerak. Saqlanish muddati qisqa bo’lgan mahsulotning foydasi ko’proq.

Hozirda yog’sizlantirilgan smetananing foydasi va zarari borasida faol bahs-munozaralar olib borilmoqda. Aslida bu o’xshash ta’m, rang va tarkibga ega mahsulot bo’lib, hech qanday foydali xususiyatlarga ega emas va ko’pincha quruq sutli oqsillardan tayyorlanadi.

Sifatsiz yoki qalbaki mahsulotni farqlash:

  • Bir stakan qaynoq suvga 1 choy qoshiq smetana aralashtiring. Agar mahsulot tabiiy bo’lsa, u butunlay erib ketadi. Qalbaki mahsulotdan esa sezilarli cho’kma hosil bo’lib, qisman eriydi.
  • Ozgina smetanaga 1-2 tomchi yod tomizing. Agar ishlab chiqaruvchi quyuqlashtirish uchun kraxmaldan foydalangan bo’lsa, tomchilar ko’k-siyohrang tus oladi.
  • Shishaga biroz smetana tomizib, to’liq qotgunicha qoldiring. Yaxshi smetana yuza bo’ylab bir tekisda yoyiladi, qalbakisi esa zarralar va izlar qoldiradi.

Haqiqiy tuz va xavfli ziravor

Sifatsiz mahsulotni farqlash:

  • Ko’rib turganingiz texnik emas, ozuqa tuzi ekanligini aniqlash juda oson: uni kaftingizga sepganingizda achitish his qilasiz. Bunday mahsulotni iste’mol qilish xavfli!

Quyultirilgan sut

Faqatgina tarkibida sut, shakar va suv bo’lgan original retsept bo’yicha tayyorlangan mahsulot “Shakarli quyultirilgan sut” yoki “Suyultirilgan tabiiy sut” deb nomlanishi mumkin.

“Sguщyonka” yoki “Quyultirilgan o’ziga xos sut”, bu – o’simlik moylari va boshqa qo’shimchalarga ega past sifatli mahsulot. Aksariyat ishlab chiqaruvchilar haqiqiy quyultirilgan sut ko’rinishi ostida yaqqol qalbaki mahsulotni taklif qilish orqali xaridorlarni aldaydilar.

“Pishirilgan sguщyonka” yoki “Varyonka” ham “Pishirilgan quyultirilgan sut”dan farqli ravishda past sifatli mahsulotlardir.

Sifatsiz mahsulotni farqlash:

  • Haqiqiy quyultirilgan sut idishini ochganda mahsulot yuzasida yog’ halqalari yoki qoplamani ko’rmaysiz. Massa bir xil, shakar zarralari va qumoqlarsiz bo’ladi.
  • Quyultirilgan sutning tarkibida aksorbin kislotasi va stabilizatorlar bo’lishi mumkin, ammo bunday mahsulotni xarid qilmagan ma’qul.

Kakao yoki boshqa o’simlik moylaridan tayyorlangan shokolad

Sifatsiz mahsulotni farqlash:

  • Qadoqni diqqat bilan o’qing. Yaxshi shokoladning tarkibida kamida 35 foiz kakao doni, sutli shokoladda – kamida 25 foiz, oq shokoladda esa – kamida 20 foiz kakao moyi bo’lishi kerak.
  • Agar tarkibiy mahsulotlar qatorida palma moyi, kokos yoki qandolatchilik moylari ko’rsatilgan bo’lsa, bu past sifatli shokolad. Uni bolalarga bermagan ma’qul.
  • Yaxshi shokolad plitkasining yuzasi yaltirab turishi kerak. U qarsillashsiz, oson sindiriladi va singan joyning yuzasi kulrang tussiz bo’lib qolmaydi.

Muzqaymoq

Muzqaymoq tarkibida tabiiy qaymoq yoki sut, shakar, sariyog’, tuxum bo’lishi kerak. Shuningdek, tabiiy hid va ta’m beruvchi qo’shimchalar bo’lishi mumkin.

Hech qachon boshqa muzlatilgan mahsulotlar yonida saqlanayotgan muzqaymoqni sotib olmang: shirinlikning xavfli bakteriyalar bilan ifloslanishi ehtimoli mavjud. Shuning uchun, muzqaymoq qanday saqlanishi ko’rinmaydigan joylar, masalan kafelarda buyurtma bermagan ma’qul.

Sifatsiz mahsulotni farqlash:

  • Agar muzqaymoq yuzasida muz parchalari ko’rinib turgan bo’lsa, demak u quruq, nisbatan arzon sutdan tayyorlangan.
  • Ozgina muzqaymoqni mikroto’lqinli pechda isiting: past sifatli mahsulotda pufakchalar paydo bo’lib, bir tekisda eriydi. Sifatli shirinlik esa qisman eriydi va yuzasi silliq hamda yaltiroq bo’ladi.
  • Muzqaymoqni yeganda lablarda moyli iz qolsa, uning tarkibida o’simlik moylari borligidan shubhalanish mumkin.

Eruvchan qahva

Eruvchan qahvaning sifati uning tarkibi va tayyorlanish texnologiyasiga bevosita bog’liq. Yaxshisi sublimatsiyalangan mahsulotni sotib oling: undagi donalar bir tekis karamel rangida bo’lib, nozik va yoqimli iforga ega.

Eruvchan qahvada juda kam kofein, ammo foydali deb bo’lmaydigan ko’plab qo’shimchalar mavjud. Xususan, tezkor va oddiy retsept yordamida nozik maydalangan qahvani damlagan ma’qul: suvni qaynatib, turkaga qahvani soling va ko’pik ko’tarilgunicha bir necha soniya kuting. Tayyor!

Sifatsiz mahsulotni farqlash:

  • Yorliqqa e’tibor bering. Saqlanish muddati 24 oydan oshmasligi kerak. Ishlab chiqarish va qadoqlanish sanasi o’rtasida qancha kam muddat bo’lsa, shuncha yaxshi.
  • Shisha idish donalarning sifatini ko’rish imkonini beradi. Qadoqning tubida chang yoki mayda oq tukchalar bo’lmasligi kerak. Donalar yirik va bir xil hajmda bo’ladi.
  • Bir stakan sovuq suvga 1-2 choy qoshiq qahva soling. Agar ishlab chiqaruvchi sikoriy qo’shish orqali tejashga qaror qilgan bo’lsa, suv to’q olovrangga kiradi, qahva esa erimasdan tezda stakan tubiga cho’ka boshlaydi. Sifatli mahsulot asta-sekin suv yuzasida eriydi.
  • Bir chimdim qahvani qog’oz salfetkada siqing: agar ishlab chiqaruvchi bo’yoqdan foydalangan bo’lsa, qog’ozga rang yuqadi.

Siz haqiqiy mahsulotdan qalbakisini farqlash uchun qanday usullardan foydalanasiz?

Telegram, Facebook, Odnoklassniki va VK-dagi kanallarimizga obuna bo’lishni va do’stlaringiz bilan qiziqarli layfxaklarni ulashishni unutmang!