•  
  •  
  •  
  •  
  •  

Smartfon – eng talab yuqori va tez-tez o’zgartiriladigan gadjetdir. Uni xarid qilishning asosiy sabablari – ma’naviy eskirgan modellar, ehtiyotsizlik bilan ishlatish natijasida sinish, qimmatli devays yordamida nufuzni ko’rsatishga intilish. Taklif etiladigan modellar va funksiyalar xilma-xilligida hattoki tajribali foydalanuvchi ham adashishi mumkin.

Shu bois, Lifehaq.uz tahririyati AliStore.uz internet-do’koni bilan hamkorlikda e’tiboringizga havola etayotgan maqolani o’qigach, yangi smartfonni xarid qilishda ahamiyat berish kerak bo’lgan asosiy jihatlarni tushunib olasiz.

1. Operatsion tizim

Eng qizig’i, smartfon tanlovidagi birinchi mezon uning hajmi, protsessori yoki kameralari soni emaS, balki operatsion tizimi bo’ladi.

“Google”ning “Android” tizimi – dunyoda eng keng tarqalgan Operatsion Tizimdir (OT). Uning afzalliklari bepul dasturiy ta’minotning ko’pligi, chuqur kastomizatsiya (sozlamalarni sizning talablaringizga moslashtirish) imkoniyatlari hamda istalgan did va hamyonga to’g’ri keladigan modellar xilma-xilligidan iborat. Ushbu afzalliklardan ikkita asosiy kamchilik kelib chiqadi: softni optimallashtirish va eskirgan modellarga ishlab chiqaruvchi tomonidan xizmat ko’rsatilish ortda qolgan.

Smartfon Huawei Y9s 6/128GB Blue
3 008 000 so’m*
Batafsil

“Apple”ning “iOS” tizimi – “Android”ning asosiy (va yagona) raqibi. Rad etib bo’lmaydigan afzalliklari – dasturiy ta’minotning yuqori optimallashuvi, Apple eksklyuziv tizimidan foydalanish, ishlab chiqarilganidan so’ng bir necha yil davomida smartfonlarga xizmat ko’rsatish. Kamchiliklari yopiq audio va videoshakllar, qurilmaga multimedianing qiyin ko’chirilishi (“iPhone”ga bir-ikkita film yoki o’ntacha qo’shiqni kabel orqali tezda ko’chirishning imkoni yo’q) hisoblanadi.

So’nggi yillarda ikkala operatsion tizimning sezilarli yaqinlashuvi yuz bermoqda. “Apple” “Android”ning eng yaxshi jihatlarini olmoqda, va aksincha. Joriy yilda “Apple” nihoyat vidjetlar va kiruvchi qo’ng’iroq haqida kichraytirilgan xabar bilan o’z muxlislarini quvontirdi. “Google” esa “Apple”ga doim mashhurlik bergan interfeys chizmasining silliqligi hamda tizim go’zalligi ustida ish olib bormoqda. “Android” flagmanlari vaqt o’tishi bilan unumdorligi bo’yicha “Apple”ga yetib oldilar.

Aksariyat holatlarda “iOS” va “Android” o’rtasidagi tanlov o’ta sub’ektiv bo’lib, faqatgina foydalanuvchining shaxsiy istaklariga bog’liq.

Smartfon Apple iPhone 11 128GB Purple
10 122 016 so’m*
Batafsil

2. Diagonal va kamera o’lchami

Smartfon uchun mukammal hajm mavjud emas – bu mezon foydalanuvchining ehtiyoji va foydalanish ssenariyiga qarab belgilanadi. Bugungi kunda namunaviy smartfonning diagonali 6 dyuymdan boshlanadi. Katta hajm bilan bog’liq noqulayliklarning o’rnini qurilmaning imkoniyatlari bosishi mumkin:

Smartfon Apple iPhone Se 2 64GB Black
6 031 000 so’m*
Batafsil

o’ynash, internetda izlash, video tomosha qilish hamda bunday apparatlarda ishlash ancha qulay va yoqimliroq.

O’rtacha smartfonlarni afzal ko’ruvchilar uchun 5 dyuymgacha hajmdagi bir nechta hamyonbop modellar va, albatta, Apple iPhone SE 2020 qolgan. Ularni hattoki bir qo’l bilan ham boshqarish mumkin.

Surat sifatini piksellar zichligi (PPI) parametri, ya’ni ekranning bir dyuymiga to’g’ri keladigan piksellar soni bo’yicha baholash osonroq. PPI qancha ko’p bo’lsa, tasvir sifati shuncha yuqori bo’ladi. Aytishlaricha, inson ko’zi 300 PPIdan boshlab alohida piksellarni farqlamaydi.

  • Zichlik 300 PPIdan kamroq bo’lsa, alohida piksellar ko’rinishi mumkin.
  • 300–350 PPI eng kam miqdordagi qulaylik hisoblanadi.
  • 400–450 PPI – o’rtacha narx segmentiga xos yaxshi ko’rsatkich.
  • 500 PPIdan ortiq ko’rsatkich – flagmanlarga xos belgi.

3. Ekranning tayyorlanish texnologiyasi

Smartfonlar uch turdagi displey bilan ishlab chiqariladi: TN, IPS va OLED

TN — eng hamyonbop qurilmalarning qismati bo’lib qoldi. Sifati past surat va yomon ko’rish burchaklariga ega.

IPS — bugungi kunda eng keng tarqalgan displeylar turi. Energiya samaradorligi, kontrastligi va qora rangni aks ettirishi bo’yicha OLED texnologiyasidan ortda qoladi.

Smartfon VIVO Y30 4/64GB BLACK
2 338 000 so’m*
Batafsil

OLED — organik diodlarga asoslangan matritsa. Cheksiz kontrastlik evaziga tiniq suat va mukammal qora rangni beradi, shuningdek kislotali ranglar va kuyish muammosi allaqachon yo’qotilgan. Always On Display funksiyasi tufayli sana, soat, quvvat darajasi va xabarlarni ko’rish uchun smartfonni blokdan chiqarish zarurati yo’qolgan – ekran kerakli ma’lumotni real vaqt rejimida aks ettiradi. Bunda, minimal energiya sarflanadi.

Smartfon Huawei P30 LITE BLUE
2 631 000 so’m*
Batafsil

Hozirda OLED-matritsalar flagmanlarning ustuvorligi hisoblanmaydi – ularni deyarli istalgan narxda topish mumkin.

“OLED hamda uning modifikatsiyalari (AMOLED, POLED, Super AMOLED, Dynamic AMOLED) – muxandislik fikrining cho’qqisi bo’lib, yaqin kelajakda mazkur segmentda inqilob kutishning hojati yo’q”.

4. Kamera uchun kesim

Ishlab chiqaruvchilar hoshiyasiz dizayn sari intilishlari natijasida smartfonning butun old qismini displey bilan to’ldirishga urinmoqdalar. Bunda old kamerani joylashtirish va unga mo’ljallangan kesimni hosil qilish zarurati yuzaga kelmoqda. U yoki bu variantning chiroyliligi va funksionalligi borasida qizg’in bahslar olib borilmoqda.

Zamonaviy smartfonlar ko’pincha uch turdagi kesimdan iborat bo’ladi:

  • U-simon — kichik yarim oval shakliga ega,
  • O-simon — ekrandagi to’laqonli teshikdan iborat,
  • “monoqosh”, yoki “chyolka” — sensorlar to’plamiga ega uzun trapetsiyasimon kesim. Ushbu variant asta-sekin urfdan chiqib, faqat “Apple”da hamda yuz bo’yicha 3D-bloklash funksiyasiga ega bir nechta smartfonda qolgan.

Surib chiqariladigan kamera kesimga muqobil variant hisoblanadi, ammo uni yaratish bo’yicha tajribalar asta-sekin o’tmishda qolmoqda. Afsuski, hozircha hech kim munosib sifatga ega ekran osti versiyasini taqdim etmadi. “Apple” foydalanuvchilari boriga ko’nikishga majburlar.

Smartfon Apple iPhone XS Max 256 GB Space Gray
12 199 999 so’m*
Batafsil

5. Korpusning materiali

Keramika, shisha, charm, yog’och, metall – bularning barchasi smartfonga sayqal berishda qo’llanilishini mumkin. Ko’pincha himoyalangan qurilmalarning konstruksiyasi po’lat va rezinadan iborat bo’ladi. Biroq, odatda ish qator rad etib bo’lmas afzalliklarga ega bo’lgan plastik bilan cheklanadi – pishiqlik, yengillik, chidamlilik, past qiymat. Ishlab chiqaruvchilar plastik korpusga yanada jozibali ko’rinish berish uchun yorqin ranglar, gradiyentli o’tish, yaltiroq va yaltiramaydigan yuza uyg’unligidan foydalanadilar.

Kamdan-kam odam smartfonni aynan shu mezonga tayangan holda tanlaydi. Biroq, eksklyuziv yechimlarning muxlislari qimmat narxga ega ayrim hayratga soluvchi variantlarga e’tibor qaratishlari mumkin.

iPhone SOLARIUS ECLIPSE FULL GOLD от Caviar 

6. Protsessor va videoadapter

Zamonaviy smartfonlarda yadrolar soni va protsessorning taktik chastotasi unumdorlik ko’rsatkichi hisoblanmaydi. Bunda, optimallashtirish, arxitektura va texnik jarayon muhimroq.

Chipdagi tizim tarkibiga har doim tasvirni chiqarish va qayta ishlash uchun javob beradigan grafik tezlashtirgich kiradi. Odatda, kuchli protsessor mahsuldor chip bilan jihozlanadi.

  • Snapdragon — flagmanga xos Android-smartfonlar uchun SoC ishlab chiqaruvchi mashhur Qualcomm  kompaniyasining protsessorlari. Ularda eng samarali Adreno grafik videoadapteri ishlatiladi. Bu protsessorlar har yili butun dunyodagi millionlab qurilmalarga o’rnatiladi. Ishlab chiqaruvchining ARM bilan yaqin hamkorligi tufayli Snapdragon o’yinlar uchun eng yaxshi variant hisoblanadi.
Smartfon Samsung Galaxy A20s 32GB Blue
2 265 000 so’m*
Batafsil
  • Helio — Tayvanning MediaTek kompaniyasi chiplari. Ularda PowerVR va Mali grafik tezlashtirgichlari ishlatiladi. Helio A turkumi eng hamyonbop yechimlar, Helio P – o’rta toifa protsessorlari, Helio X – nisbatan unumdor chiplardan iborat, Helio G esa o’yinlarga ixtisoslashgan smartfonlar uchun mo’ljallangan. Turli xil fikrlarga qaramay, Helio turkumi unumdorlik borasida yanada mashhur raqiblaridan ortda qolmaydi.
  • Dimensity — ichida 5G-modem o’rnatilgan flagman smartfonlari uchun MediaTek chiplari.
  • ExynosSamsung kompaniyasi tomonidan o’z smartfonlari uchun ishlab chiqlgan protsessor. So’nggi vaqtda Mali grafik adapterlari bilan ishlaydi.
Smartfon Samsung A51 Blue
3 147 760 so’m*
Batafsil
  • Kirin — Huawei va Honor smartfonlari uchun eksklyuziv platforma. protsessor ilg’or II bloklari bilan nom qozongan bo’lib, ko’p jihatdan raqiblarini ortda qoldiradi. Mali adapteridan foydalanadi.
Smartfon HONOR 20 PRO 8/256 BLUE
5 298 000 so’m*
Batafsil
  • Apple AX — faqat Apple mahsulotlarida uchraydigan protsessorlar turkumi. Avvallari PowerVR grafikasidan foydalangan, ammo Apple A11 Bionic qurilmasidan boshlab o’z grafik yadrolariga ega bo’lgan. Smartfonlar uchun eng mahsuldor ARM-protsessor hisoblanadi.
Smartfon Apple iPhone 11 Pro 256GB Space Grey
14 233 000 so’m*
Batafsil

Modelning haqiqiy unumdorligini aniqlash uchun turli sintetik testlar (benchmarkerlar)ning natijalaridan foydalangan ma’qul. Ular qancha ko’p ball ko’rsatsa, qurilma shuncha kuchli bo’ladi. Ularga ko’r-ko’rona ishonib bo’lmaydi, biroq telefon haqida umumiy tushunchaga ega bo’lish mumkin. Agar o’yinlar uchun smartfon kerak bo’lsa, flagman chipiga ega, masalan Snapdragon 865+ yoki Apple A13 Bionic apparatini olishga to’g’ri keladi.

Quyidagi manbalarda (ilovalar orqali) smartfoningizning boshqa ishlab chiqaruvchilarga nisbatan samaradorligini tekshirib ko’rishingiz mumkin:

  1. Antutu 
  2. Geekbench 5
  3. Androbench
  4. 3DMark
  5. PCMark 
  6. CPU Throttling Test 

7. Xotira

Smartfonning ishlash tezligi hamda qurilma bir vaqtning o’zida ishlashi mumkin bo’lgan dasturlar soni operativ xotiraga bog’liq. Bugungi kunda tanlov vaqtida e’tibor qaratish kerak bo’lgan eng past ko’rsatkich 4 GBni tashkil etadi. Flagmanlarda xotira hajmi 16 GBga yetishi mumkin. Har qanday vaziyatda ham operativ xotiraning ortiqchasi bo’lmaydi, shu bois o’z ehtiyojlaringiz va hamyoningiz o’rtasida muvozanatni topshingiz kerak.

Operativ xotirasi kichik hajmli bo’lgan arzonroq smartfonlar uchun Google tomonidan Android Go yengillashtirilgan operatsion tizimi ishlab chiqilgan.

Ichki xotira hajmi 4 GBdan boshlanadi. Amaliyotning ko’rsatishicha, odatiy foydalanuvchiga o’z ilovalari va ma’lumotlarini saqlash uchun 64/128 GB yetarli bo’ladi.

“Xotiraning 10-12 GB hajmi operatsion tizim va avvaldan o’rnatilgan soft bilan egallanishini unutmang”.

Xotira yetarli bo’lishiga ishonchingiz komil bo’lmasa, xotira kartalari yordamida kengaytirish imkoniga ega qurilmalarni izlang. Aytgandek, bunday variant pulni tejashga yordam beradi: ishlab chiqaruvchilar katta xotira hajmiga ega smartfonlarning narxini oshirishni yaxshi ko’radilar. 8K-videoni suratga olishni istaganlarga bortida 512 GB mavjud (1 TBgacha xotira kartasi bilan ikki marta ko’payadigan) telefonni sotib olishni taklif qilgan ma’qul.

Apple muxlislari doimiy eslab qolish qurilmasining hajmi haqida o’ylab ko’rishlari kerak (32 GBdan 512 GBgacha), chunki ushbu brend mahsulotini kengaytirish imkoni mavjud emas.

Ishlab chiqaruvchi iPhone qurilmasida qancha operativ xotira borligini rasmiy saytida umuman ma’lum qilmaydi. Biz shunchaki “yetarli” ekanligini bilamiz.

Smartfon Apple iPhone 11 Pro 512GB Space Grey
15 561 000 so’m*
Batafsil

8. Akkumulyator hajmi. Tezkor va simsiz quvvatlash. USB Type-C

Smartfonning eng muhim parametri – uning avtonom ishlash vaqtidir. Apparat qanchalik quvvatli bo’lsa, u shuncha ko’p energiya sarflaydi. Bugungi kunda uni qo’ldan qo’ymasligimizni inobatga olsak, 4000 mA/s hajm “kechgacha omon qolish uchun” zarur bo’lgan eng kam miqdordir. Quvvatni iste’mol qiluvchi asosiy narsalar – ekran, internet, GPS, o’yinlar. 3000 mA/s’dan kamroq hajm faqat qo’ng’iroqlar va xabarlar uchun qo’llaniladigan qurilmalarga to’g’ri keladi.

Simsiz quvvatlagich – juda qulay funksiya bo’lib, telefon egasini ortiqcha kabeldan xalos etadi. Smartfon shunchaki mashina yoki uydagi maxsus dok-stansiyaning tekis yuzasiga qo’yiladi. Bunday quvvatlagichning quvvati 5-40 Vt.ni tashkil etadi. Metall korpus yoki qalin himoya qoplamasi quvvatlanishni cheklashi mumkin. Odatda, quvvatlash bazasi smartfonni yetkazib berish to’plamiga kirmaydi va alohida sotib olinadi.

Smartfon REDMI 9A 2/32GB BLUE
1 704 000 so’m*
Barafsil

Tezkor quvvatlagich (Quick Charge) (simsiz bilan adashtirmang) – smartfonni sanoqli daqiqalar ichida favqulodda quvvatlash imkonini beradi. To’liq quvvatlanishga bir-bir yarim soat ketadi. Bunda, maxsus quvvatlash qurilmalari va texnologiyaning apparat tomonidan qo’llanilishi talab etiladi. Aksariyat ishlab chiqaruvchilar (“Apple”dan tashqari) yetkazib berish to’plamiga tarmoqdan quvvatlash qurilmasini qo’shib beradi.

Smartfon REDMI NOTE 8 PRO EU 64 WHITE
2 439 514 so’m*
Batafsil

Qariyb ikki yil avval smartfonli hayotimizga USB Type-C kabeli kirib keldi. Uning eng yaqqol afzalligi – simmetrik konstruksiyasi bo’lib, foydalanuvchi birinchi urinishdayoq uyaga tushadi. Bugun mazkur kabel ishonch bilan bozorni egallamoqda, shu bois zamonaviy smartfonda bunday kabelning bo’lishi talab etilmoqda.

Xiaomi Poco F2 Pro Cyber Grey
5 973 000 so’m*
Batafsil

9. Kameralar soni va ularning o’lchami. Optik barqarorlashtirish

Hozirda ayrim flagmanlarda kamera o’lchami 108 Mp.ga yetadi. Olingan suratlar sifatini yaxshilash va modelning fotoimkoniyatlarini kengaytirish uchun mo’ljallangan bir qancha qo’shimcha datchiklar asosiy sensorga yordamga keladi. Masalan,

  • o’ta keng burchakli obyektiv ko’proq makonni qamrab oladi va manzarani suratga olish uchun mukammaldir
  • portretli obyektiv orqa fonni xiralashtiradi
  • telefoto uzoqdagi obyektlarni suratga olishga mos keladi
  • makrokamera kichik predmetlarni yaqin masofadan suratga olish imkonini beradi

Foydalanuvchilar marketing hiylalari ta’siri ostida kamerlar va megapiksellar sonining o’sishini yaxshilanish sifatida qabul qilib, matritsaning hajmi, optika, barqarorlashtirish va ishlov berish algoritmlari kabi muhim omillar haqida unutadilar.

“Yaxshi kamera o’zida to’g’ri sozlangan hamda bir-biri bilan mutanosib ravishda ishlaydigan kuchli apparat moslamalari va to’g’ri dasturiy ta’minotni mujassamlashtiradi. Aynan shuning uchun kamera tasnifi bir xil bo’lgan smartfonlar mutlaqo turlicha suratga olishi mumkin”.

Optik barqarorlashtirish yoki OIS (Optical Image Stabilizer), bu – kameraning titrashiga yo’l bermaydigan tizim. Qurilma ichida o’rnatilgan sensorlar smartfonning makonda egilish burchagini va harakatlanish tezligini aniqlab, matritsani tegishli burchakka suradigan maxsus privodlarga buyruq beradi. Shu tariqa, texnologiya kameraning harakatini nazorat qilib, tasvir xira chiqishining oldini oladi. OIS videoroliklarni suratga olishda ham yaxshi natija ko’rsatadi. Yuqori narx segmentidagi barcha smartfonlar bu funksiyaga ega.

Hamyonbop yechimlarda tasvirni elektron barqarorlashtirish yoki EIS (Electronic Image Stabilizer) qo’llaniladi. Bunda qayta ishlov berish dasturiy darajada yuz beradi va kamerada hech qanday barqarorlashtirish elementi bo’lmaydi.

Kamdan-kam kompaniyalar aynan foto va videoga oid imkoniyatlarga urg’u beradi. Agar 8K-video olishni rejalashtirgan bo’lsangiz, Samsung rusumiga e’tibor qarating – ushbu kompaniya smartfonlar va televizorlarda mazkur shaklni ilgari suradi. Huawei birinchilardan bo’lib gibrid va kattalashtirilgan optik zumni namoyon etgan. Apple kompaniyasining smartfonlari ham yaxshi suratga oladi va videoni suratga olishda eng yaxshilardan biri sanaladi.

Smartfon Huawei Y9 Prime 128GB Blue
2 642 000 so’m*
Batafsil

10. Ikkita SIM-karta

Ikkita SIM-kartaning mavjudligi ishga oid va shaxsiy qo’ng’iroqlar orasida chegara belgilash, ayniqsa, xorijga tez-tez safar qilishga to’g’ri kelganida, turli operatorlarning xizmatlaridan foydalanish imkonini beradi. Ikkinchi sim-kartani o’rnatish imkoniyati aksariyat smartfonlarda mavjud.

11. Wi-Fi 6 va 5G

Kommunikatsiya texnologiyalarining yaqin kelajagi Wi-Fi 6 va 5G bilan uzviy bog’liqdir.

Samsung S20 Plus Cosmic Black
10 117 800 so’m*
Batafsil

Wi-Fi 6, yoki 802.11ax – avvalgi shaklidan 25 foizga tezroq bo’lgan oltinchi avlod simsiz ulanish shaklidir. Ushbu standartning afzalligi ortiqcha yuklamali kanalning yordamchi kanallarga samarali bo’linishi hisoblanadi. Wi-Fi 6 mavjud smartfonni uni qo’llaydigan routersiz xarid qilsangiz, qayta muvofiqlik tufayli qurilma “eski” tarmoqlarda ham ishlaveradi. Albatta, o’sha tarmoqlarga mos tezlikda ishlaydi.

O’zbekiston 4G standartiga o’tishga ulgurmasidanoq, internetning yanada yuqori tezligiga ega beshinchi avlod tarmoqlari eshik qoqmoqda. Biroq, O’zbekistonda 5G tarmog’ining istiqboli aniq emas. Asosiy muammolar – qurilmalarga katta mablag’ yo’naltirilishi va bo’sh radiochastotalarning yo’qligidir. Shu bois, 5G tarmog’i qamrovini 2025 yildan avval kutishning foydasi yo’q. Shunday qilib, hozirda mamlakatimizda 5G-smartfonni xarid qilish zarurati savol ostida qolmoqda.

12. NFC — simsiz to’lov va boshqalar

NFC (Near Field Communication) – so’zma-so’z aytilganda “yaqin atrof muloqoti” degani. Dastlab uning vazifasi belgilarni uzatish va ma’lumot almashuvi bo’lgan, ammo kutilmaganda texnologiya simsiz to’lovlar yo’nalishida rivojlana boshladi. Telefon orqali to’lash imkoniyati o’ta qulay funksiya bo’lib, undan bir marta foydalangan odam boshqa voz kecholmaydi. To’lovni amalga oshirish uchun bank kartasini qurilmaga bog’lash kerak. Shunga qaramay, O’zbekistonda bu xizmat hozircha yaxshi rivojlanmagan, shuning uchun NFC fnuksiyasiga ega telefonni xarid qilmaganingiz ma’qul.

Smartfon Honor 8A Black
1 826 000 so’m*
Batafsil

13. Biometrik himoya

Zamonaviy foydalanuvchilar ma’lumotlari oshkor bo’lishidan qattiq qo’rqadilar, shu bois himoya mexanizmlari muntazam ravishda takomillashib boradi. Bugungi kunda eng qulay va ishonchli usul, bu – barmoq izining skaner qilinishi hamda yuzni 3D-tanishtirishdir. Ikkinchi usul uchun “monoqosh” kerak bo’ladi. Unda yuz modelini tuzishda ishtirok etadigan kameralar to’plami, jumladan True Depth Camera joylashgan. Bu usul foydalanuvchining surati bilan himoyani aldashga yo’l qo’ymaydi.

Zamonaviy smartfonlarda barmoq izini tanish datchigi ekran ostiga ko’chgan. Oddiyroq modellarda ishlab chiqaruvchilar uni blokdan chiqarish tugmasiga yoki qurilmaning orqa tomoniga joylashtiradilar.

Apple kompaniyasi Face ID usulini afzal ko’rgan bir paytda, Android-smartfonlar daktiloskopiyaga urg’u beradi. Blokdan chiqarishning ikkala usuliga ega bo’lgan Huawei flagmanlari mustasno holatdir. Qolgan ishlab chiqaruvchilar bir necha yil avval “chyolkalar” bilan o’ynashdan to’yib, kamera ostidagi kichik kesimlarga o’tdilar. Ularda yuz bo’yicha blokdan chiqarish funksiyasi bor, ammo uni to’lovni tasdiqlash yoki himoyani talab qiladigan ilovalarga kirish uchun qo’llash mumkin emas.

14. Buklanadigan smartfonlar: urfmi yoki quruq gap?

Buklanadigan smartfonlar 2019 yilda hayotimizga bostirib kirib, omma tomonidan juda yaxshi kutib olindi. Dizayn borasida inqiloblarni sog’ingan foydalanuvchilarni na qimmat narxlar, na texnologiyaning yangiligi, na ehtiyot qismlarning qimmatlini qo’rqitmadi. Darhaqiqat, bunday smartfonga egalik qilganlarga VAU-effekti ta’minlangan. Huawei Mate X va Samsung Galaxy Fold bozorni bir silkitib, tezda sotilib ketdi. Samsung Galaxy Flip Z qurilmasini hozir ham sotib olish mumkin.

15. Himoyalangan smartfonlar

Himoyalangan smartfonlar turkumi tor ixtisoslikka ega bo’lib, o’zining ekologik bosqichini egallagan. Velosipedchilar, vaxta ishchilari, ovchilar, ekstremallar, sayohatchilar bunday qurilmalarnining barqaror o’sishini ta’minlab berdi. Ular mustahkam korpus, hajmli akkumulyator, chang va suvdan hamda qator o’ziga xos boshqa funksiyalarga (barometr, altimert va hattoki teplovizor) ega. Shularning hisobiga qurilma qalin va og’ir vaznli bo’ladi. Yaqin vaqtdan buyon ishlab chiqaruvchilar ularga yaxshi apparat moslamalarini o’rnata boshladilar. IP68 sertifikati smartfonni bemalol bir metrgacha chuqurlikda suvga botirish imkonini beradi, ammo hamma ishlab chiqaruvchilar dengiz suvidan himoyani kafolatlamaydi, shuning uchun mayda harfda yozilgan matnni o’qing.

Oxirida 10ta maslahat

  • Agar foydalanuvchi faqat qo’ng’iroq qilish/xabar yozishni mo’ljallagan bo’lsa, eng arzon narxdagi apparatning o’zi kifoya qiladi.
  • Smartfonda eng zamonaviy o’yinlar va katta hajmdagi videoni tomosha qilmoqchi bo’lsangiz, katta ekranli kuvvatli qurilmani xarid qilishni o’ylab ko’ring.
  • Sayohatchilar, ovchilar, ekstremallar himoyalangan smartfonlarni tanlashlari mumkin, hozir tanlov ancha katta.
  • Hayotini suratlarsiz tasavvur qila olmaydiganlarga, tabiiyki, yaxshi kamerofon kerak bo’ladi.
  • Har kuni odamni asabini buzuvchi quvvatlashni talab etmaydigan, hajmli akkumulyatorga ega smartfonlar hammaga yoqadi.
  • Eng ilg’or foydalanuvchilar zamonaviy Type-C kabeli va simsiz quvvatlash funksiyasini afzal ko’radilar.
  • GLONASS, BeiDou, GPS, Galileo — telefonda navigatsiya tizimlari qancha ko’p bo’lsa, uni pozitsiyalash shuncha yaxshi kechadi.
  • Ayrim Huawei va Honor qurilmalarida Google xizmatlari yo’qligini unutmang.
  • Joriy model yiliga mansub smartfonlarni tanlang: ular nisbatan dolzarb dasturiy va apparat ta’minotiga ega bo’lib, ishlab chiqaruvchidan uzoqroq yangilanish oladi.
  • Ishlatilgan, ayniqsa qimmat qurilmalar – o’ziga xos “sirli sandiq”dir. Telefonning o’tmishi noma’lum bo’lganligi sababli, bunday xarid kutilmagan muammolar va moliyaviy yo’qotishlarga aylanishi mumkin.

TELEFONGA OID MA’LUMOTLAR QANDAY O’QILADI?

Maqolamiz oxirida smartfonning har qanday tajribali foydalanuvchini boshi berk ko’chaga olib kiradigan internetdagi tasnifini “tarjima qilamiz”.

Demak: 

Galaxy S20 Ultra; 6.9″ Quad HD+ Dynamic AMOLED 2X; AOD; Infinity-O Display; 511 ppi; HDR10+ certified; 120Hz refresh rate support; 5000mAh; Wi-Fi 802.11 a/b/g/n/ac/ax; USB type-C; NFC; Location (GPS, Galileo, Glonass, BeiDou); 12 GB/128 GB; IP68.

Smartfonning nomidan keyin ko’rsatilgan qo’rqinchli belgilar to’plami nimani anglatadi?

O’qiymiz:

Galaxy S20 Ultra modeli, frontal kameraning O-simon kesimiga ega hoshiyasiz 6,9 dyuymli AMOLED displey bilan jihozlangan. O’lcham 3200 x 1440, piksellar zichligi – 511 PPI, yangilanish tezligi – 120 Gs. Kengaytirilgan dinamik diapazon ko’magi mavjud. Akkumulyator hajmi 5000 mA*s. Wi-Fi 6, NFC modullari va barcha dolzarb navigatsiya tizimlari mavjud. Operativ xotira hajmi – 12 GB, ichki xotira – 128 GB. Smartfon chuchuk suvga bir yarim metr chuqurlikka botirilishga yarim soat chidaydi.

Batafsil

* Narxlar e’lon qilingan 29.10.2020 sanasi holati bo‘yicha ko‘rsatilgan