Menimcha, ko‘pchiligimizda o‘zimizni to‘g‘ri yo‘lga boshlash maqsadida o‘tmishga qaytish istagi bir marta bo‘lsa-da uyg‘ongan bo‘lsa kerak.

  •  
  •  
  •  
  •  
  •  

Ular bilan tanishib, turlicha bo‘lishimizga qaramay, ertami yoki kechmi o‘xshash xulosalarga kelishimizga ishonchimiz komil bo‘ldi.

  • Sen barini to‘g‘ri bajaryapsan. Barakalla! Shubhalanish, hayot shafqatsiz, meni hech kim yaxshi ko‘rmaydi deb o‘ylash kerak emas. Aslida bari juda yaxshi!
  • Men chekishni boshlamaslikni maslahat berardim.
  • Iltimos, tunda 7 soat uxlashga imkoniyat top. Tajriba va qahramonliklar kerak emas.
  • Men shaxsiy orzu, istak va maqsadlarga ko‘proq e’tibor qaratishni maslahat bergan bo‘lardim. Doimo birinchi o‘rinda o‘zingiz haqingizda o‘ylang. Ilk marta aynan o‘smirlik davrida istaklarimni yashirishni boshlaganman. Hozir esa o‘z talablarimni shakllantirish men uchun mushkul. Yana ba’zida yoqtirgan narsamni tan olish uyat bo‘lib tuyuladi.
  • Men yanada ko‘proq va astoydil o‘qishni maslahat bergan bo‘lardim, chunki katta bo‘lganda ko‘p narsani takrorlashga to‘g‘ri kelarkan. Bari o‘z vaqtida amalga oshirilishi lozim. Axir xorijiy tilni 30 yoshda o‘rgangandan ko‘ra yoshlikda o‘qigan ma’qul. Ta’lim esa hayotda katta ahamiyatga ega.
  • Kirish imtihonlariga yaxshi tayyorlan. Shunday qilsang,to‘g‘ri kelgan joyga emas, o‘zing istagan o‘quv yurtiga kirasan.
  • Bo‘lar-bo‘lmasga ko‘p pul sarflama.
© vovan13/depositphotos.com
  • Yoshlikning qadriga yet – bu davr boshqa hech qachon takrorlanmaydi.Erkinlikdan zavqlan, o‘yna, sayr qil va hayotdan mamnun bo‘l. Bu davrni yodda tut: keyinchalik unga xayolan tez-tez qaytasan. Bu farzandlaringni tarbiyalash va tushunishda yordam beradi.
  • O‘qish, kurs ishlari va imtihonlarni deb qattiq havotirga tushma. Mutaxassislik hayotda asqotsa ham, hammasi sen hozir o‘ylaganingdagidek mantiqiy va ehtimolli bo‘lmaydi. Konferensiya, grant va malaka oshirishlar uchun hujjat topshirishga cho‘chima. Barini amalga oshirsa bo‘ladi! O‘z namunasi bilan seni taassurotga soladigan bilan birga o‘qi va ishla.
  • Qishda qalpoq, issiq ichki kiyim va ikki qavat paypoq kiyib yur.Aks holda oyog‘ingni muzlatib qo‘yasan va butun umr ular sovqotadi.
  • Ota-onangga quloq sol va ularni hafa qilmaslikka harakat qil.
  • Oilada bir-biriga aytiladigan: hammaning hayotga nisbatan o‘z hafagarchiligi, suvaraklari va qarashlari bor, fikrini juda jiddiy qabul qilmaslik kerak. Kattalar ham o‘smirlar kabi obyektiv emaslar.
  • Shaxsiy ma’lumotlarga e’tiborli bo‘l. Ba’zi fayllarnio‘chirib tashlash yoki hech qachon yaratmaslik kerak. Kompyuter va telefonga esa parol qo‘yish kerak.
  • U bilan hoziroq ajrash. U haqida butunlay unut.
  • O‘zimga esa faqat bir maslahat beraman: o‘zligincha bo‘l va nima bo‘lishiga qaramay, orzuinga tomon olg‘a qadam tashla.Bu ota-onang yoki do‘stlaringning emas, sening hayoting va unda umr kechirish sening ishing. Biroz qat’iyroq bo‘lsang, hammasi hoziroq o‘zgacha bo‘lishi mumkin.

Krisdog/depositphotos.com prevyusidagi suratlar