Aytingchi, avvaldan rejalashtirilgan va tekshirilgan suratingizning notanish tomonidan chippakka chiqarilishidan ham ortiqroq yoqimsiz narsa bormi?

  •  
  •  
  •  
  •  
  •  

Quyida yulduzlar tasodifiy omadlilar bilan birga tushib qolgan kadrlarni taqdim etamiz

Arnold Shvarsenegger, taylandlik sayyohlar va Eyfel minorasi.

Sayyoh halta tutgan g’alati erkakning Stiven Tayler ekanligini bilmadi.

«Bolajonim bilan suratga tushmoqchi edim, ammo qandaydir ahmoq barini barbod qildi». Bu Nikolas Keydj edi.

Kevin Speysi Bostondagi qizning suratini buzdi

Ehtimol, so’nggi vaqtdagi eng yaxshi selfi. Barchasi restler va aktyor Dueyn Jonson tufayli

Ma’lumki, ingliz qirolichasi hazilkashligi bilan ajralib turadi. Avstraliyalik sportchi qizlarning selfisi vaqtida Zoti Oliyalari o’zini yo’qotib qo’ymadi

Shahzoda Garri Hamdo’stlik o’yinlari ishtirokchilari suratini barbod qildi

«Sigarali odam kelib, yulduz bilan suratimni beliga tepdi». Arnold Shvarsenegger boshqalarning suratlarini «buzishni» yoqtiradigan ko’rinadi.

Biroq, yulduzlar nafaqat notanishlar, balki o’z hamkasblarining ustidan ham kulishni hush ko’radilar

Djordj Kluni britaniyalik xonanda Elli Golding va OMEGA kompaniyasi vakili bilan. Fikrmizcha, Kluni — bu kechadagi eng yorqin shaxs

Fotobombalar qilishda asosiy mahorat – bu kulib yubormaslik. Andjelina Djoli Dastin Xoffman va Djek Blek bilan birga.

Benedikt Kamberbetch doim e’tibor markazida bo’lishni istaydi. «Oskar» marosimida U2 bilan birga, 2014 yil.