•  
  •  
  •  
  •  
  •  

Sayyoramiz bizning tasavvurimizga qaraganda ancha turfa xildir. Ba’zan qandaydir noyob holat haqida eshitib, kun davomida uni o’ylab yurasan, kishi. Aslida, qunduzlarning mo’ynasi bilan nima ishimiz bor deb o’ylashimiz mumkin. Oxir-oqibat esa, hattoki, do’stlaringga ham aytib berasan.

Bir yashayotgan olam hayratga soladigan holatlarning bitmas-tuganmas manbai ekanligiga yana bir bor ishonch hosil qilgan holda, ularni siz bilan o’rtoqlashishga qaror qildik.

1. Aksariyat fillar moviy kitning tilidan kamroq tosh bosadi

Moviy kitlar – odamzotga ma’lum bo’lgan eng yirik mavjudotlardir. Moviy kitning vazni 200 tonnaga, tili esa – 4 tonnaga yetishi mumkin. Bu orada fillar, masalan o’rmon fillari, 2,7 tonnagacha tosh bosadi.

2. 1992-yilda yuk tashish kemasidan 29 mingdan ortiq vanna uchun mo’ljallangan rezina o’rdakchalarni suvga yuvilib ketgan

1992-yilning yanvar oyida yuz bergan dovul chog’ida bir to’plam rezina o’rdakchalar ko’p yillik sayohatini boshlaganlar. Ularning harakatlanish trayektoriyasi olimlarning qiziqishiga sabab bo’lgan va 11 yil o’tgach ayrim davlatlar topilgan o’rdakchalar uchun mukofotlar bera boshlagan. Bugun ular kolleksiya ishqibozlarining qidiruv ob’ektiga aylangan.

3. Asalarilar – mahoratli raqqoslar

Asal tashuvchi arilarning uyasi oldida ulardan biri bir joyda qotib turgan holida qorinchasini qimirlatib, g’aroyib shakllarning chizishini ko’rish mumkin. Bu orada qolgan arilar hayajon bilan kuzatib turadilar va tomoshadan so’ng hammasi birga qayergadir uchadilar. Aslida, raqqos ari ularga gullar changiga boy bo’lgan hududni ko’rsatib bergan bo’ladi. Mana shunday muloqot tili.

4. Shveysariyada faqat bitta dengiz cho’chqasini boqish taqiqlangan. Axir ular zerikib qoladilar

Huddi shu holat to’tilarga ham taalluqli. Mazkur jonivorlar yolg’izlikni og’ir ko’taradilar va bunday sharoitda ko’pincha halok bo’ladilar. Shveysariyada kichik do’stlarimizga alohida e’tibor qaratiladi va bu muammo qonun darajasiga olib chiqilgan.

5. Kamalak aslida yoysimon emas, dumaloq

Kamalak – suv tomchilarida yorug’likning sinishi va dispersiyasi tufayli kelib chiqadigan hodisa. Biz bu hosilaning faqatgina ustki qismini ko’ramiz. Uni to’liq ko’rish juda qiyin: buning uchun bir qancha metrologik omillar mos kelishi, kuzatuvchi esa balandlikda bo’lishi kerak.

6. Qunduzlarning mo’ynasida sevimli toshlar va yegulik uchun cho’ntaklar bor

Ushbu jonivorlar oldingi oyog’ining yelkadan tizzasigacha bo’lgan qismida teri shalviragan bo’ladi va undan cho’ntak sifatida foydalanish mumkin. Qunduzlar kosasini ochishni bilish kerak bo’lgan mollyuskalar, qisqichbaqalar va boshqa kosali mavjudotlar bilan oziqlanadi. Bunda ularga toshlar yordam beradi, ularning eng maqbulini esa mo’ynaning ichida birga olib yurish mumkin. Unda ovqat uchun joy yetarli. Qunduzlar ko’p yeydi, shu bois zaxiralar kamlik qilmaydi.

7. Sabzini juda ko’p yeyish sarg’ayishga sabab bo’ladi

Yegulik sifatida sabzi yoki tarkibida yuqori miqdorda beta-karotin bo’lgan boshqa mahsulotlarni iste’mol qilish haqiqatdan ham teringiz rangini o’zgartirishi mumkin. Mazkur moddaning ortiqcha miqdori uni sarg’aytiradi. Boshqa jiddiy muammolar yuzaga kelmaydi, ammo avvalgi rangni qaytarish uchun bunday mahsulotlar ishtirok etmaydigan parhez talab etiladi.

8. Asalarilar o’zlariga qirolicha tanlaydilar va uni rivojlanishga majburlaydilar

Ko’pchiligimiz ona-asalarilar aynan qanday paydo bo’lishi haqida o’ylagan bo’lsak kerak. Gap shundaki, asalarilar lichinka qurtlarini o’sishga majbur qiladigan asalari suti bilan boqadilar. Uyaga yangi qirolicha kerak bo’lganida, ular lichinka qurtini tanlaydilar va unga boshqalariga nisbatan ko’proq sut beradilar. Bunday ozuqa uning boshqacha rivojlanishiga sabab bo’ladi.

9. Kapalaklar qon, ter va ko’z yoshlarini ichadilar

Kapalaklar zarur ozuqaviy moddalar yo’qligi tufayli ularni noodatiy manbalardan izlashi mumkin. Masalan, yirtqich o’ldirgan jonivorning qoni, sudralib yuruvchilarning ko’z yoshi ajratmalari (ularga bu hattoki yoqadi) yoki inson teri shular jumlasidandir. Ehtimol, siz ham ushbu hasharotlarning o’zingizga bo’lgan g’alati qiziqishini sezgandirsiz. Ular sizni jozibali deb topishganiga hursand bo’lishga shoshilmang: ehtimol ularni teringiz (yoki qoningiz) qiziqtirgandir.

10. Avvallari ananaslar o’ta qimmat bo’lgani uchun ijaraga berilgan

XVI–XVIII asrlarda Yevropada ananaslar yetkazib berishdagi qiyinchiliklar sabab o’ta noyob hisoblangan va juda qimmat turgan. Ushbu ekzotik mevani tatib ko’rish imkoniga faqat zodagonlar ega bo’lgan, ammo o’rta sinf vakillari uni qandaydir bayram uchun ijaraga olishlari mumkin bo’lgan. (Bunday holat hali ham O‘zbekistonda kuzatilishi mumkin).

11. Sigirlar zinadan chiqadilar, ammo tusha olmaydilar

Gap shundaki, ushbu jonivorlarning tana tuzilishi huddi biz kabi harakatlanish imkonini bermaydi. Hattoki yuza zina ham sigir uchun haqiqiy sinovga aylanadi. Uzun oyoqlar, tana old qismining katta og’irligi va kam harakatliligi qulashga olib kelishi aniq.

12. Agar Quyosh birdan o’chib qolsa, biz buni faqat 8 daqiqadan so’ng bilamiz

Biz Quyoshdan 150 mln. kilometr masofada joylashganmiz, yorug’lik tezligi esa soniyasiga 300 000 kilometrni tashkil qiladi. Ushbu ko’rsatkichlarni bo’lish orqali Quyosh yorug’ligi bizgacha 8 daqiqayu 20 soniyada yetib kelishini aniqlashimiz mumkin. Ya’ni, agar u birdan yoritishdan to’xtatsa, biz buni darhol tushunmaymiz.

13. Qonso’rar ko’rshapalaklar jonivorlarning qon aylanish tizimini masofadan sezadi

Mazkur mavjudotlarga omon qolishlari uchun qon zarur va ular izlashning qiziqarli usulini topganlar. Ularning burnida masofadan turib haroratni sezishga qodir o’ziga xos infraqizil datchik joylashgan. Shu tariqa ular jonivorlarning qon aylanish tizimini deyarli ko’ra oladilar va eng “mazali” tomirni aniqlab, bir martada unga tishlarini tiqishlari mumkin.

14. Gavayi tili alifbosi atigi 13ta harfdan tashkil topgan

Bular 5ta unli (A a, E e, I i, O o, U u) va 8ta undosh (H h, K k, L l, M m, N n, P p, W w, `). So’nggi harf – okina bo’g’iq halqum tovushini bildiradi.

15. Boyo’g’lilar ko’zlarini aylantira olmaydilar

Ularning ko’z olmalari chanoqlariga yopishgan va doim harakatsiz. Lekin ular yomon ovchilarga aylanmaganlar, aksincha, bunday tuzilish bo’lajak qurbonni yaxshiroq nishonga olish imkonini beradi. Shu bilan birga, har qanday tomonga 270 darajaga qayrila oladigan o’ta harakatchan bo’yin buning o’rnini bosadi.

Sizga qaysi holat ko’proq yoqdi? Biz yodga olmagan boshqa holatlar haqida aytib bera olasizmi?