•  
  •  
  •  
  •  
  •  

Ba’zida hamma narsani ko’rib bo’lganmizu, endi bizni hayron qoldirish yoki hayajonlantirish deyarli imkonsiz deb o’ylaymiz. So’ngra qalbimizni junbushga keltiradigan suratlarga to’qnash kelamizu, hayolan ularga takroran qaytaveramiz.

E’tiboringizga internetni hayajonga solgan suratlarni taqdim etamiz. Ular sizga ta’sir qilishi aniq.

1.

O’quvchi maktabga bostirib kirgan merganlardan biriga tashlangan va sinfdoshlarining qutulishiga imkon yaratgan. Bitiruv marosimida uning xotirasi yodga olindi.

2.

Yangi tug’ilgan farzandlarini ko’rish uchun oxirigacha saratonga qarshi kurashgan erkak. U ulgurdi.

3.

“Buvim 102 yoshda. Uning orzusini amalga oshirishda yordam bergan barcha ko’ngillilardan minnatdorman”

4.

1 mln odam ishtirokidagi ommaviy qarshilik namoyishidan keyin Gonkong ko’chalaridagi tozalik darajasi

5.

Suratkash baliqchilar to’riga ilinib qolgan yarim metrli o’rdakni ko’rib qolgan va uyida parvarishlab, qo’yib yuborgan

6.

“Ogayo daryosi hududini tozalashga yordamlashyapman. Bir haftada 18 tonnadan ortiq chiqindi to’pladik”

7.

Yuguruvchi Betti Robinson aviahalokatga uchrab, xatolik tufayli vafot etganlar qatoridan joy olgan. U 7 hafta komada bo’lib, 2 yil qayta yurishni o’rgangan. 5 yildan so’ng u Olimpiya o’yinlarida oltinni qo’lga kiritgan.

8.

“Ota-onam, 1955-yil. Surat ularning birinchi uchrashuvidan oldin oyimning uyida olingan. Ular 60 yil birga yashaganlar”

9.

“Men boshpanaga boshqa itni olishga kelgandim, ammo uni olib ketibdilar. Shunda Englbertga ko’zim tushdi: orqa panjalari ishlamaydi, qo’loqlari muzlagan, atigi 3ta tishi bor. Men “agar men olmasam, hech kim uni olmaydi”, deb o’yladim”

10.

Kongo milliy parkining qarovchisi gorillani quchoqlamoqda. U hatar mavjudligiga qaramay hech qachon qaramog’idagilarni tashlab ketmaydi. Qarovchilar ko’pincha brakonerlarning qurboniga aylanadilar.

11.

Qoidasiz janglar chempioni Daun sindromiga ega muxlisining orzusini amalga oshirib, u bilan ringda kurashdi.

12.

12 yoshli bolakay boshpanalardagi itlarga kapalak bo’yinbog’lar tikadi: ular suratlarda yanada chiroyliroq ko’rinishi va tezroq olib ketilishi uchun.

13.

“Tasodifan do’konda Tom Xardini uchratib qoldim. U xaridlarim uchun pul to’lab, hattoki ularni mashinamgacha olib borishga yordamlashdi”

14.

“Ukam Daun sindromiga ega. U qo’lida bolalarni ushlab turishni yaxshi ko’radi, ammo ko’pchilik bunga ruxsat bermaydi. Kecha rafiqam bilan farzandimizni unga tutqazdik. U bolani quchoqlab, 5 daqiqa qimirlamay o’tirdi. Ko’zlarim yoshlandi”

15.

Ayol har doim ayolligicha qoladi.

Телеграм, Facebook, Одноклассники ва ВК даги каналларимизга обуна бўлишни ва дўстларингиз билан қизиқарли лайфхакларни улашишни унутманг!