•  
  •  
  •  
  •  
  •  

Ota-ona bo’lish ajoyib va hayajonli vazifa, ammo bolalarning injiqliklari, kundalik yumushlar va ortiqcha qiziquvchanligidan hech kim sug’urta qilinmagan. Farzandingiz necha yoshligidan qat’iy nazar, bu maqolada istalgan yoshdagi bolakaylarning ota-onasi uchun qo’l keladigan maslahatlarni topasiz. Masalan, hojatxona qog’ozi o’ramini yoqilishdan asrab qolish, ko’paytirish jadvalini asabiylashmasdan yod olish va boshqalar.

Bu ro’yxatga qo’shimchangiz borligiga ishonchimiz komil. Takliflaringizni kutib qolamiz.

Bolalar uchun interfaol hamyon-doskani yasang

« Uy yumushlari orqali pul topish:
– yuqori xonani tozalash;
– garajni yig’ishtirish;
– idish yuvish mashinasidagi idishlarni olib qo’yish «

Uyda bajarilgan har bir vazifa uchun bolaga faqat pul emas, balki sevimli multfilmini ko’rish, hayvonot bog’iga borish chiptalarini (o’zingiz tayyorlang) ham berish mumkin.

Avtomobildagi orqa o’rindiq xavfsizligi

Orqa o’rindiqdagi uvoqlar, ifloslik kabi muammolarni hal qilish uchun uning ustini yo’rgak matosi (imkon bo’lsa suv o’tkazmaydigani) bilan qoplang.

Sachratmasdan rasm chizing

Krujkaning ustiga yelim halta kiydirilsa, u ifloslanmaydi

Ko’paytirish jadvalini oson yodlash uchun zinapoyaga raqamlar yozilgan stikerlarni yopishtirib chiqing

Parvoz chog’idagi o’yinlarni o’ylab qo’ying

Agar kichkina yoshdagi bola bilan parvoz qilayotgan bo’lsangiz, yo’lga yopishadigan stikerlarni oling (chiqishdan avval ularni olishni unutmang).

Hojatxona qozog’i o’ramining yoyilishini cheklang

Bola hojatxona qog’ozini yoyib yubormasligi uchun uni suratda ko’rsatilganidek rezina bilan mahkamlang.

Kinder-syurprizdagi o’yinchoq idishidan foydalaning

Butun uy bo’ylab oxirigacha yeyilmagan xo’rozqandlar muammosi sizga tanish bo’lsa, bu usul sizni undan batamom xalos qiladi.

Kitoblaringizni himoyalang

Bola kitoblarni olmasligi uchun kitob javonlarini suratga ko’rsatilganidek himoyalang.

Ilgichdan kichik kitob javonini yasash mumkin

Egiluvchan metall ilgichdan kichkina kitob javonini yasash mumkin. Batafsil ma’lumot bu yerda.

Butilka uchun qulay ushlagich

Keraksiz o’yinchoqning bir bo’lagini kesib (suratda ko’rsatilganidek), bolaga o’zingiz devays yasab bering.

Bola uchun yo’lga tamaddi tayyorlab bering

Tuxum solinadigan idish va plastik tuxumlar yordamida bolaga tamaddi uchun ajoyib organayzer yasab bering (mayda o’yinchoqlar uchun ham qulay).

Yo’lda bolalarni yuviladigan flomasterlar bilan chalg’iting

Yo’lga chiqqanda trafaret va suv bilan yuviladigan flomasterlar oling hamda bolalarga orqa yon oynasiga rasm chizishni taklif qiling (so’ngra yuvib tashlash mumkin).

Qo’lbola bolalar karavotini hozirlang

Agar xonada bolalar karavoti bo’lmasa, kursilarni to’g’ri o’rnatishga urinib ko’ring. Batafsil ma’lumotni bu yerda ko’ring.

O’yinchoqlarni tez yuving

O’yinchoqlarni yuvish uchun idish yuvish mashinasidan foydalaning, faqat mos rejimni tanlang.

O’yinchoqlar xavfsizligini ta’minlang

Vannaxona uchun mo’ljallangan o’yinchoqlar ichiga suv kirib, zamburug’lar paydo bo’lmasligi uchun, suratda ko’rsatilganidek teshikni yelim bilan yoping.

Konstruktorni qulay joylashtirish

Konstruktorning mayda bo’laklari butun uy bo’ylab yoyilib yotmasligi uchun vannaxonaga mo’ljallangan organayzerdan foydalaning. Bu usulni bu yerda ko’rish mumkin.

Telegram, Facebook, Odnoklassniki va VK-dagi kanallarimizga obuna bo’lishni va do’stlaringiz bilan qiziqarli layfxaklarni ulashishni unutmang!