•  
  •  
  •  
  •  
  •  

Yangi Yilda yaqinlarimizga eng yaxshi sovg’alar tanlashga oid sharhimizni davom ettiramiz!

Ko’pincha otalardan Yangi Yilda ularga hech qanday sovg’a kerak emasligini eshitamiz, ammo baribir biroz harakat qilib, Yangi Yilda dadangiz uchun hech bo’lmaganda oddiyroq sovg’a oling: u albatta ko’rsatgan e’tiboringizdan quvonadi.

Sevimli ota uchun Yangi Yil sovg’asi sifatida qiziqarli va o’ziga xos nimani o’ylab topish mumkin?

Yangi Yil sovg’asi tanlovini oxirgi daqiqaga qoldirmaslikni maslahat beramiz. Shoshilinchda qandaydir keraksiz matohni olasiz va sovg’a na sizga va na uni oluvchiga quvonch keltirmaydi.

  1. Uning zararli odatlari uchun quyidagilar to’g’ri keladi:
  • qimmatli sigaralar qutisi, sifatli yondirgich – chekadigan dada uchun ajoyib tanlov;
  • agar ota eksklyuziv ichimliklar havaskori bo’lsa – qimmatli, sifatli konyak butilkasi, shuningdek ryumkalar yoki bokallar to’plami to’g’ri keladi.
  1. Stol o’yinlari – narda, shaxmat, shashka.
  1. Dadalar uchun ham ularni qish tunlarida isitadigan adyol olish mumkin. Yoxud sharf va qo’lqoplar tanlang yoki to’qing (kimdandir to’qib berishni iltimos qiling).
  1. Eksklyuziv ramkada oilaviy surat. Shuningdek, o’z qo’lingiz bilan oilaviy suratlardan fotoalbom yasashingiz mumkin. Ishoning, bunday sovg’a uning e’tiborini qozonadi.
  1. Agar dadangiz tog’ga chiqishni, baliq ovlashni, sayohatga borishni yaxshi ko’rsa, unga quyidagilarni sovg’a qilish mumkin:
  • safar to’plami – termos, stakanlar, portativ mangal, flyaga, sixlar. To’plamda turli buyumlar bo’lishi mumkin;
  • yaxshi, sifatli pichoq.
  1. Agar bobongiz avtomobil boshqarsa, unga quyidagi sovg’alar mos keladi:
  • mashina saloni uchun qoplamalar;
  • quyoshdan va yomon ob-havoda himoya qiladigan qoplamalar;
  • videoregistrator;
  • termokrujka – qulay narsa, ichimlik uzoq vaqt issiq bo’lib qoladi va to’kilib ketmaydi;
  • qayta to’ldirish mumkin bo’lgan zamonaviy havo tozalagich;
  • faralarga qarshi ko’zoynak va ko’zoynak uchun g’ilof;
  • bagajdagi hamma narsa tartibli taxlangan bo’lishi uchun maxsus tokchalar;
  • portativ avtochangyutgich – bu buyum hammaga zarur;
  • portativ starter.
  1. Suv uchun sifatli filtr – bu shunchaki e’tibor belgisi emas, balki salomatlik haqida qayg’urishdir. Masalan, Akvafor portativ choynak-filtri – mukammal variant.
  1. Tebranma kursi – ishoning, bunday sovg’a eng sevimli dam olish joyiga aylanadi.
  1. Lampa yoki torsher – ajoyib sovg’a va xona bezagi uchun mos buyum. Yoritish moslamasi qayerda turishini o’ylab ko’ring va rangi hamda uslubga mos modelni tanlang.
  1. Bobongiz faol va g’ayratga to’la insonmi? U holda unga basseyn yoki fitnes-markazga abonement  sovg’a qiling.
  1. Agar bobongiz o’qishni yaxshi ko’rsa, unga kitoblar turkumini yoki kitob do’koniga sertifikat sovg’a qiling.
  1. Devorga osiladigan yoki elektron soat.
  1. Otangiz vaqti-vaqti bilan sauna (xammom)ga boradigan odam bo’lsa, hamyonbop sovg’a sifatida xammom jihozlarini olishingiz mumkin.
  1. Asboblar to’plami – bunday sovg’a hammaga, hattoki 5ta shunday to’plami bor erkakka ham yoqadi.
  1. Qahva maydalagich, qahva qaynatgich, sifatli qahva – qahva shaydosi bo’lgan ota uchun yoqimli Yangi Yil syurprizi bo’ladi.
  1. Powerbank – doim kerak bo’ladi.
  1. Telefonlar uchun quvvatlovchi moslama.

Unutmang!

Hech qanday, hattoki eng qimmatli sovg’a ham, ko’rsatilgan e’tibor va ijobiy hissiyotlarga teng kelolmaydi. Yaxshi gaplaringizni ayamang, yaqinlaringizga ularni qanchalik qadrlashingizni ayting va iloji boricha ko’proq birga vaqt o’tkazishga harakat qiling.

Quyida siz barcha oila a’zolaringizning xoxish va istaklaridagi sovg‘alarni topishingiz mumkin 🙂

Telegram, Facebook, Odnoklassniki va VK-dagi kanallarimizga obuna bo’lishni va do’stlaringiz bilan qiziqarli layfxaklarni ulashishni unutmang!