•  
  •  
  •  
  •  
  •  

O’ziga ishonmaslik – odamlar imkon qadar ahamiyatli, omadli, nufuzli va zo’r  ekanligini namoyon etishga urinishining asosiy sababidir. Afsuski, bu harakatlarning katta qismi tashqaridan g’alati ko’rinadi.

Quyida go’yoki insonni zo’r qilib ko’rsatadigan, ammo aslida hammaning g’ashiga tegadigan odatlar bilan tanishing.

O’zining yomon sifatini aslidek qabul qilish

Katta yoshdagi odam yaxshi va yomonni farqlay olishi kerak. Bunda tarbiya yoki qiyin xarakterni ayblash noto’g’ri: sizda bu haqida o’ylashga va hulqingizni tuzatishga vaqt bo’lgan.

  • Ayrim odamlar o’zini ustida ishlash o’rniga quyidagicha gapiradilar: “To’g’ri, men yomonman. Men shundayman va buning uchun uzr so’ramayman!”. Axir sen 30 yoshdasan – bu gap bilan hech kimni lol qoldirmaysan. @O-MercyMe

Huddi atir-upa fabrikasidan chiqqandek ifor taratish

Yaxshi ifor taratishga intilish yomon emas. Biroq me’yor hissini unutsangiz, mutlaqo teskari natijaga erishasiz.

  • Men va turmush o’rtog’im mashina sotib olishga borganimizda sotuvchilardan biri huddi odekolonga cho’milgandek ifor taratardi. Chindan, u yaqinroq kelganida atirinining ta’mini og’zimizda his qilardik. Boshqalar shunday his qilishini bila turib shunchalik atir sepishi mumkinmi?! @Cutielov5

Noto’g’ri ovqatlanishdan faxrlanish

Bolalikda ko’pchiligimiz sabzavotlar va foydali yegulikni yoqtirmaganmiz, ammo katta yoshda ularning ahamiyatini anglamaslik  mumkinmi?

  • Turmush o’rtog’imning bir tanishi sabzavotlarni qanchalik yomon ko’rishini hammaga aytishni yaxshi ko’radi. U 40 yoshlar atrofida, ammo qarib ketgandek ko’rinadi va bir nechta tishi tushgan. U mutlaqo zo’r emas, ammo ismaloq va brokkolini yaxshi ko’rmaslik huddi bolalikda bo’lganidek dolzarbligiga ishonchi komil.  Aslida bu noto’g’ri. Tirik va sog’lom bo’lish eng zo’r narsa. @wickerocker

Kitob o’qimaslik

Zamonaviy turmush tarzi kitob mutolaasiga kam vaqt qoldiradi, lekin kuniga bir soat ajratish qiyinchilik tug’dirmaydi. Asosiysi, ustuvorliklarni to’g’ri belgilash.

  • “Sendan farqli o’laroq, mening kitob o’qishga vaqtim yo’q” deb, bir vaqtning o’zida ijtimoiy tarmoqlarda o’tiradigan yoki kuniga 6 soat televizor tomosha qiladigan odamlardan hayratlanaman. @Books_N_Coffee

Xizmat ko’rsatuvchi xodimlarni kamsitish

Kasbiy majburiyatlari tufayli sizga yaxshi munosabatda bo’lishga majbur xizmat ko’rsatish sohasi ishchilari hisobiga o’zingizni ko’rsatish – tajovuzkor surbet nomiga ega bo’lishning samarali usulidir.

  • Agar uchrashuv chog’ida ofitsiantni kamsitish orqali o’z ahamiyatingizni ko’rsatsangiz, sherigingiz shu zahoti ketib qolmagan taqdirda ham, bir kun kelib unga ham shunday munosabatda bo’lishingizni tushunadi. @drumwolf

Baland tovushda musiqa tinglash

Sizning musiqiy tanlovingiz, bu – shaxsiy ishingiz va atrofdagilarni tinglashga majburlash yomon odat.

  • Avvallari bu odamlarning shunchaki quloqchinlar sotib olishga qurbi yetmaydi deb o’ylardim, ammo endi ularda portativ kolonkalar paydo bo’lgan. Men ularga tanbeh bergim keladi, lekin jamoat tartiblariga tupurgan odamlarning qanday munosabat bildirishi havotirga soladi. @trinaenthusiast

Alkogol sohasidagi rekordlarni maqtanish

Boshqalarga nisbatan ko’proq alkogolli ichimlik icha olishingiz faqatgina sizdagi metabolizm xususiyatlari yoki katta tajribangizdan dalolat beradi va bundan faxrlanish noto’g’ri.

  • O’tgan kechada ichilgan miqdor bilan institutda maqtanish ehtimol zo’r ko’rinar,  ammo 30 yoshda bu ahmoqona ko’rinadi. @juggy_11

Uchrashuvlarga kech qolish

Kech qolishni yaxshi ko’radiganlarning fikricha, bandligi bilan atrofdagilarni qoyil qoldiradilar. Biroq, bu holat faqatgina sizning mas’uliyatsizligingizni ko’rsatadi.

  • Muntazam kech qolishlar faqatgina jahlga sabab bo’ladi. Odamlar o’zining ahamiyati va bandligini namoyish etish uchun kech qolishlarga katta e’tibor qaratadilar. Lekin haqiqatda zo’r tadbirkorlar jadvalini nazorat qilish va uchrashuvlarga ertaroq kelishning uddasidan chiqadir. Shuningdek, hech kim keyingi uchrashuvga shoshilmasa, muzokaralar ancha yaxshi o’tadi. @true4blue

O’ziga ruhiy kasalliklarni o’ylab topish

Tushkunlik, sotsiopatiya, sotsiofobiya – shu va boshqa o’xshash ruhiy kasalliklar ajralib turish va o’ziga e’tibor qaratishga urinadiganlar orasida juda ommalashgan. Bunday tashxisni qo’yish uchun shifokorga murojaat qilishga hojat yo’q. Faqat aslida bunday patologiyalar (ayniqsa o’ylab topilganlari) faxrlanish uchun sabab bo’lolmaydi.

  • Ruhiy xastaliklardan (bipolyar affektiv xastalik, dissotsial xastalik va h.k.) doim “aziyat chekadigan” odamlar juda ahmoqona ko’rinadilar. Ularning fikrida bu holat ularni zo’r qilib ko’rsatadi, ammo aslida buning mutlaqo teskarisi. Agar urfda bo’lish uchun o’zingizga shunday tashxis qo’ysangiz, shunchaki tentaksiz. @Stage-Wrong

O’zini boshqa odam qilib ko’rsatish

Aslida mavjud bo’lmagan odamni juda yaxshi o’xshatgan taqdiringizda ham, ertami yoki kech baribir sizni fosh etadilar.

  • O’zini boshqadek ko’rsatishga urinadigan odamlar juda kulgili ko’rinadi. Bunda gap o’zini yaxshiroq qilishga urinib, istagiga erishgunicha aldaydiganlar haqida emas. Men o’zini-o’zi, shuningdek boshqalarni ham aldayotganlar to’g’risida aytyapman. @supermodern

Chekish

Atigi 50 yil avval chekish mardlik, omadlilik va o’ziga bo’lgan ishonchni ko’rsagan bo’lsa, hozir hammasi o’zgargan. Chekuvchilar shunchaki boshqa odamlarni uzoqroq ketishga undaydilar.

  • Chekish hidi bilinmaydigan kinoda zo’r ko’rinadi. Hayotda esa sigaretalar, huddi ularni chekadiganlar kabi sasiydi. @BenjamintheFox

Sen tushunmaydigan mavzuda fikr bildiradilar

Hamma narsani bilishi va hech qachon xato qilmasligiga ishonchi komil bo’lgani uchun har yerda o’z fikrini bildiradigan odamlar faqatgina mas’uliyatsizligi namoyon  bo’lgunicha zo’r bo’lib ko’rinadilar.

  • Rafiqamning singlisi yangi yigitini kechki taomga olib keldi. U men bilan rafiqam malakali buxgalter ekanligimizni bilardi, ammo shunga qaramay, soliq qoidalari to’g’risida gapira boshladi. U aytgan gaplarning taxminan yarmi mutlaqo safsata edi. Ular turmush qurmoqchilar, dahshat… @bowlongufl

Boy ko’rinishga urinish

Qalbaki nusxalar yoki arang pulingiz yetgan buyumlar hisobiga boy ko’rinishga intilish daromadingizdan xabardor bo’lganlar uchun kulgili holat. Eng yaxshi oqibatda pullarini boshqara olmaydigan odam sifatida nom qozonasiz, yomon oqibatda esa – barchani ko’zini shamg’alat qilishga urinayotgan omadsizga aylanasiz.

  • Qimmatli kiyimlarda yuradigan talabalar, boy ko’rinamiz deb o’ylaysiz, ammo aslida bu yo qalbaki nusxa yoki hamyoningizni boshqara olmaysiz. Yaqinda ta’lim uchun hukumatdan oyiga € 800 kredit oladigan do’stim € 450 turadigan Gucci poyabzalini sotib oldi. Balki pullarni boshqa narsaga sarflagan yoki kredit bo’yicha majburiyatni kamaytirgan ma’qulmidi? @imjohnk
  • Qalbaki nusxalarni xarid qilmang! Brend buyumlarni olishga qurbingiz yetgan taqdirda ham zo’r bo’lib qolmaysiz, ammo yaqqol qalbaki nusxalarni kiyib, o’zingizni boy qilib ko’rsatishga urinish yanada yomon. Aytgancha, pullarni oqilona sarflash o’rniga turli ahmoqliklarga ishlatsangiz, hech qachon boy bo’lmaysiz. @zimmah

Boshqalarni past baholash

Hammadan yaxshi bo’lib ko’rinishning eng oddiy usullaridan biri, bu – boshqalarni yomonroq qilib ko’rsatish. Afsuski, bunday hatti-harakatning sabablari oson o’qiladi va natijada yaqinlarning hayrati emas, balki ishonchsizligiga to’qnash kelasiz.

  • Albatta hammadan yaxshi bo’lishga urinadigan odamlar asabga tegadi. Kimdir o’z yutug’ini aytganida ular o’z muvaffaqiyatlari bilan ularni yerga urishga urinadi. “5 daqiqaga bir kilometr yugurding? Rostanmi? O’tgan haftada men atigi 3 daqiqada yugurib o’tdim va bu juda oson edi. 5 daqiqa… balki piyoda yurgandirsan?” @marie224
  • Omma orasida boshqalarni kamsitish va ustidan kulish? Og’ayni, katta bo’lish vaqti keldi! Bu vaziyatda faqat o’zing kulgili ko’rinasan. @selkieskinned

O’z fikrini boshqalarga uqtirish

Qanchalik yaxshi ekspert bo’lmang, boshqalarning fikri va didini past baholash mumkin emas. Bitta narsaga diqqatni qaratish odamni zerikarli, olam uning atrofida aylanmasligini tushunmaslik esa – hudbin va madaniyatsiz qilib qo’yadi.

  • Men bilan birga ishlaydigan bir yigit o’z qiziqishlariga shu qadar berilganki, boshqa narsalarni yoqtiradiganlarni ahmoq deb hisoblaydi. “Ko’p marta foydalaniladigan o’yinlar yoqadimi? Sen geymer emas, ahmoq iste’molchisan”. “Metaldan boshqa nimadir yoqadimi? Didsiz odamsan!” @unknown author

Bolalarga ortiqcha erkinlik berish

Bugun inson, jumladan eng kichik yoshdagilarning huquqlariga ko’p e’tibor qaratilmoqda. Tabiiyki, bu ajoyib, ammo ayrim ota-onalar chegaradan chiqib, farzandlarini erkalatib yuboradilar va natijasidan faxrlanadilar. Erkatoy bolaning noto’g’ri holatni tushunib yetguniga qadar ko’plab xatolarga yo’l qo’yishi va qator nizolardan o’tishi kerak bo’ladi.

  • “Zo’r” ota-ona bo’lib, bolalariga istaganlarini qilish erkinligini berish. Kichkintoy Bili mening o’g’limni urdi – bu zo’r emas. Hech birimiz uchun. @buckus69
  • Menimcha, zo’r ota-ona va shunchaki bolasini nazorat qilmaydigan ota-ona o’rtasida farq bor. Birinchisi erkinlik beradi, ammo bolani uning foydasi uchun tizginlash vaqtini biladi. @Polaris328

Qurol bilan suratga tushish

Agar kasbingiz yoki qiziqishingiz qurol bilan bog’liq bo’lmasa, u bilan birga suratga tushish ahmoqona fikr.

  • Qurol bilan suratga tushishni tilga olish zarur. Ayniqsa, u kameraga qaratilgan bo’lsa. @dystopianview

Siz boshqalarning zo’r bo’lib ko’rinishga urinishlarini sezganmisiz? Buni qanday aniqlaysiz?

Telegram, Facebook, Odnoklassniki va VK-dagi kanallarimizga obuna bo’lishni va do’stlaringiz bilan qiziqarli layfxaklarni ulashishni unutmang!