•  
  •  
  •  
  •  
  •  

Agar bir insonning hayollari va hislarini tushunishni istasangiz, nimalarga e’tibor qaratish kerakligini bilish zarur. Chunki ba’zan tana tili inson yashirishga uringan holatlarni ayon etishi mumkin.

Noverbal hatti-harakatlarni anglash — o’ta makkor narsa.

Kimdir qo’llarini ko’kragida chalishtirib oldimi? Sizda u yopiq odam tasavvurini uyg’otadi. Aslida esa u shunchaki sovuq qotgan bo’ladi.

Keling, ana shunday xatolarga yo’l qo’ymaslik uchun noverbal muloqot sirlarini ko’rib chiqamiz.

1. Yelkalarni qisish: odam nima bo’layotganini bilmaydi

Bu harakat suhbatdosh sizni tushunmayotganini ko’rsatadi. Bunda biz yelkalarni (tomoqni tajovuzdan himoyalash maqsadida), qoshlarni (bo’ysinish ifodasi sifatida) ko’taramiz va kaftlarni ochiq holda tutamiz.

2. Ochiq kaftlar: odam rostgo’yligini ifoda etadi

Ochiq kaft doim haqiqat, rostgo’ylik, sadoqat va bo’ysunishga yo’g’rilgan. Biz qurolimiz yo’qligini va suhbatdosh uchun hech qanday xavf tug’dirmasligmizni ko’rsatish uchun ongosti darajasida kaftlarimizni namoyon etamiz.

3. “G’oz panjasi”ning yo’qligi: ehtimol odam nosamimiy kulayotgandir

Olimlar samimiy tabassumni “Dyushen tabassumi” deb ataydilar (mushaklar qisqarishini tadqiq qilgan fransiyalik nevrolog Giyom Dyushen sharafiga). Bunday holatda hursandligimizni faqat lablar emas, balki ko’zlar ham ifoda etadi. Shu bois, ana o’sha samimiy tabassum tufayli ko’zlar atrofida albatta ajinlar paydo bo’lishi kerak. Ayrim tadqiqotlarga ko’ra, hattoki atayin qilingan “Dyushen tabassumi” ham kasb pog’onasida ko’tarilishingizga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Biroq, “g’oz panjalari” suhbatdoshingizning ko’tarinki kayfiyatini kafolatlay olmasligini hisobga oling

4. Ko’tarilgan qoshlar: odam o’zini noqulay his qiladi

Biz qoshlarimizni hayajonlanganda, hayratlanganda yoki qo’rqqanda ko’taramiz. Demak, qaysidir tanishingiz yangi turmagingizni maqtayotganda qoshlarini ko’tarayotgan bo’lsa, sizga shunchaki xushomad qilayotgan bo’lishi mumkin.

5. Sizga qaratilgan ko’rsatkich barmoq: odam o’zining ustunligini ko’rsatishga intiladi

Bunday harakat suhbatdoshni bo’ysunishga majburlaydi, lekin har doim ham kutilgan natijaga olib kelmaydi. Harakat darhol ong ostida salbiy hislarni uyg’otadi, chunki kutilayotgan zarba bilan uyg’unlashadi.

6. Sizning harakatlaringizni qaytarish: siz bilan muloqot qilish qulay

Agar suhbat yaxshi o’tayotgan bo’lsa, suhbatdoshlar bir-birining harakatlari va ishoralarini qaytaradi. Do’stlar va sevishganlar beixtiyor bir-birining harakatlarini qaytaradilar. Bu holat aynan shu inson bilan aloqani his qilganimiz uchun sodir bo’ladi.

7. Ko’zlarga uzoq tikilib qarash: ehtimol bu odam aldayapti

Inson razillik yoki yolg’onni yashirishga urinib, ko’zlaringizga odatdagidan uzoqroq tikilib turishi va bunda jim turib, hattoki kiprik qoqmasligi ham mumkin. Tan oling, bu juda noqulay holat

8. Ko’z aloqasi: odamda sizga nisbatan qiziqish bor

To’g’ridan-to’g’ri ko’zga qarash bizni yuksak faollik holatiga keltiradi. Notanishning tikilib qarashi asabiylashtiradi yoki hattoki qo’rquvga soladi. Lekin, bizga yoqadigan odamning nigohi, aksincha, hayajonlanish holatiga olib keladi. Barchasi vaziyatga bog’liq.

9. Gavdaning ochiq holati: odam bamaylixotir va o’ziga ishongan

Insonning gavda tutishi uning hissiy holati haqida ko’p narsalarni so’zlab berishi mumkin. Agar odam o’zini bemalol tutolmasa, bu uning ikkilanayotgani va qo’rquvidan darak beradi.

10. Ko’plab imo-ishoralar: odam chindan siz bilan aloqani his qiladi

Qiz bola ko’zingizga qaradi, nigohini pastga tushirdi, sochlarini tuzatdi va yana sizga qaradimi? Tabriklaymiz! Siz unga yoqasiz!

11. Chalishtirilgan oyoqlar: odam qarshilik ko’rsatadi va axborotni yomon qabul qiladi

E’tibor bering, muzokaralarda suhbatdoshingizning bunday harakati – yomon alomat. Bu holat odam ma’nan, ruhan va jismonan yopiqligidan dalolat beradi. Bunday vaziyatda uning muloqotga kirishishi qiyin bo’ladi.

12. Siqilgan jag’, cho’zilgan bo’yin, chimirilgan qoshlar: odam stress holatida

Masalan, kerakli avtobusni o’tkazib yuborsak, jahlimiz chiqadi va qoshlarimiz chimiriladi. Bunday imo-ishoralar qandaydir yoqimsiz vaziyatga nisbatan bizning beixtiyor munosabatimizdir.

13. Yuz va qo’llarga ko’p marta tegish: ehtimol odam asabiylashgan

Bu hissiyotni so’zsiz ifodalay olamiz. Agar noqulaylik his qilayotgan bo’lsak, qo’limizda nimanidir o’ynaymiz yoki yuzimizga tegaveramiz. Qanchalar qiziq bo’lmasin, ammo buni mutlaqo sezmasligimiz ham mumkin.

14. Birgalikdagi kulgu: siz bu odamga yoqasiz

Sir emaski, kulgu odamlarni yaqinlashtiradi. Agar odam sizning hazilingizga kulayotgan bo’lsa, demak aloqa o’rnatilgan. Kulgu – do’stona yoki romantik bo’lishidan qat’iy nazar, munosabatlarni qo’llab-quvvatlash istagiga oid signaldir.

15. O’ziga ishongan holat: odam yetakchilikni namoyon etadi

Yetakchini (yoki shunday ko’rinishni istagan odamni) tabiatan gavdasini to’g’ri tutishi, shahdam qadam bosishi, ustma-ust qo’yilgan yoki pastga tushirilgan kaftlar ajratib turadi

16. Oyoqni silkitish: odamni nimadir tashvishga soladi

Bunday harakat tashvishlilik va jahldorlikni ko’rsatadi. Unutmang, suhbatdosh albatta sizning qimirlab turgan oyog’ingizni sezadi.

17. Tabassum va to’g’ri nigoh: ehtimol odam sizni avramoqchidir

Kimnidir avramoqchi bo’lsak nimtabassum qilib, istagimiz ob’ektining ko’zlariga to’g’ri qaraymiz. Bunday tabassum ham bo’ysunish (pastdan qarash, bosh bir oz pastga tushirilgan), ham yetakchilikni (chetga takabburona qarash) bildirishi mumkin.

18. Qoshlar ichki burchaklarining qimirlashi: odam qayg’uda

Qayg’uga cho’mgan vaqtlarimizda ixtiyorsiz ravishda qoshlarimiz ichki burchaklarini ko’tarib tushiramiz. Agar bunday bo’lmasa, ehtimol odam ko’ringanidek qayg’uga botmagandir.

19. Yuz mushaklari harakatlarining assimetriyasi: ehtimol, odam nosamimiy hissiyotlarni ko’rsatayotgandir

Keyingi safar hazil so’zlab berayotganingizda suhbatdoshingiz tabassumining simmetriyasiga ahamiyat bering.

Telegram, Facebook, Odnoklassniki va VK-dagi kanallarimizga obuna bo’lishni va do’stlaringiz bilan qiziqarli layfxaklarni ulashishni unutmang!