•  
  •  
  •  
  •  
  •  

Daholik g’ayrioddiy ong emas, balki har qanday vazifani yechishda tasavvurni qo’llay olish – kreativlik bilan izohlanadi.

Noodatiy fikrlash

Masalan, Benjamin Franklin haqida gapirsak. U deyarli maktabda ta’lim olmasdan va mustaqil ravishda o’qish orqali mashhur ixtirochi, diplomat, olim, yozuvchi va Amerika ma’rifatidagi muhim siyosiy arbobga aylangan. U chaqmoq chaqishi elektrga bog’liq kelib chiqishga ega ekanligini isbotlab, uni jilovlash usulini o’ylab topgan. U okean oqimlari haroratini o’lchab, birinchilardan bo’lib Golfstrimning aniq xaritasini yaratgan.

Bendjamin Franklin (AQSh prezidenti)

Albert Eynshteynning taqdiri ham shunga o’xshash tarzda shakllangan. U bolaligida kech tilga kirgan. O’sha davrning ta’lim tizimiga nisbatan isyonkorlik ruhidagi munosabati tufayli yaxshi o’qimagan.

Al’bert Eynshteyn (mashhur fizik)

U klassik ta’lim tarafdorlarining hayoliga ham kelmaydigan alfozda olgan barcha bilimlarini shubha ostiga qo’yib, yaxshilab o’ylagan.

Bolalikda nutq ko’nikmalarining sekin rivojlanishi esa unga boshqalar uchun odatiy hisoblangan kundalik holatlarni kuzatish imkonini bergan.

Yoki Stiv Jobsni esga oling. U ham, huddi Eynshteyn (ishida boshi berk ko’chaga kirib qolsa, skripka chalgan) kabi, go’zallikning muhimligiga ishongan. Uning fikricha, san’at turlari, aniq va gumanitar fanlar o’zaro birikishi kerak edi. Ma’lumki, Jobs o’qishdan ketgach, kalligrafiya va raqs mashg’ulotlariga qatnagan, keyinroq esa ruhiy ma’rifat izlab Hindistonga safar qilgan.

Stiv Djobs (Apple kompaniyasi asoschisi)

Qiziquvchanlik

Biroq, eng iqtidorlik daho sifatida Leonardo la Vinchini tilga olish mumkin. U ham rassom, ham olim singari fikrlashi tufayli nazariy g’oyalarni amaliyotga tatbiq eta olgan. U tajriba va sinov izdoshi ekanligini ta’kidlagan. Uning eng ilhombahsh sifati qiziquvchanlik bo’lgan.

Leonardo da Vinchi (mashhur olim)

Olimning o’limidan so’ng qolgan kundaliklardagi minglab varaqlarga uni qiziqtirgan savollar yozilgan. Masalan, u odamlar nima uchun esnashini, doira maydoniga teng kvadratni qanday qurish mumkinligini, aorta klapani nima sababdan yopilishini, inson ko’zi yorug’likni qanday qabul qilishini va bu tasviriy san’atda qanchalar qo’l kelishini bilishni istagan. U sigir platsentasi, timsohlar jag’i, odam yuzidagi mushaklar va oy nurini o’rganishga qaror qilgan.

Da Vinchi mavjud hamma narsa, jumladan koinot va bizning undagi o’rnimiz haqida barchasini bilishni xohlagan.

Uning qiziquvchanligi ko’pincha odamlar faqat bolaligida o’ylaydigan narsalarga (masalan, nega osmon moviy rangda) qaratilgan edi.

Leonardo da Vinchining ixtirolari chizmasi

Ayrim shaxslarni ma’lum soha, masalan, Leonardo Eylerni matematika fani, Motsartni musiqa daholari sifatida ta’riflash mumkin. Lekin, da Vinchining iste’dodi va qiziqishlari ko’plab fanlarni qamrab olgan. U mushaklar tuzilishi o’rganish uchun o’liklarning yuz terisini shilib, so’ngra dunyodagi eng mashhur tabassum suratini chizgan. U avliyo Iyeronimning azoblarini haqqoniy qilib tasvirlash uchun odam bosh chanog’ini o’rgangan, suyaklar va tishlarni chizgan.

Da Vinchi faqat aqlli ekanligi uchungina daho bo’lmagan. U universal ong namunasi bo’lib, qiziqishlari atrofidagi hamma narsani qamrab olgan.

Telegram, Facebook, Odnoklassniki va VK-dagi kanallarimizga obuna bo’lishni va do’stlaringiz bilan qiziqarli layfxaklarni ulashishni unutmang!