•  
  •  
  •  
  •  
  •  

Shimoliy Koreyada harbiylar hamda yetakchilarning haykallarini gavda butunlay ko’rinmaydigan shaklda suratga olish (ayniqsa kadrlash) taqiqlangan. Muxbir yo’nalishni kelishishi, fotoapparat hujjatlarini taqdim etishi va u yoki bu joyning surati unga nega kerakligini asoslab berishi kerak.

Biroq, mamlakatning yopiqligi va cheklovlarga qaramay, sayyohlar va muxbirlar o’ziga xos jihatlar – kundalik turmush, kasalxonalar, do’konlardagi holat, transport va media, dam olish va ko’ngilochish vaziyatini aks ettirgan suratlarni olishga erishadilar. Bularning bari respublikaning hayotini ichkaridan ko’rish imkonini beradi.

Mamlakat yetakchisiga ehtirom. Suratda Pxenyan aholisi Kim Chen Inning Vetnamga tashrifi to’g’risida o’qimoqda, 2019 yil

So’zsiz ehtirom faqat amaldagi yetakchiga ko’rsatilmaydi. Pionerlar Kim Ir Sen va Kim Chen Ir haykallariga hurmat bajo keltirmoqda, 2012 yil

Hamma yerda tashviqot plakatlari osilgan va bu boshqa davlatlardagi reklama vositalari kabi odatiy holat. Pxenyan, 2019 yil

Sayyoh sotib olishi va uyiga jo’natishi mumkin bo’lgan otkritkalar huddi plakatlarga o’xshab ketadi, 2018 yil

Shaharlar arxitekturasi. Oddiy turar-joylarning bunday manzarasini Chongnyon Hotel yuqoridagi qavatlaridan ko’rish mumkin. Pxenyan, 2017 yil

Bu yerda velosipedlarga, huddi avtobuslar singari talab katta: 1 000 kishiga atigi 11 dona avtomobil to’g’ri keladi

Sayyohlar koreys metropolitenini quyidagicha ta’riflaydilar: “Bu do’konni metrodan chiqishda ko’rdik. O’yinchoqlar juda eski edi. Game Boy usulidagi elektron o’yinlarga e’tibor bering. Sotuvchilar yo’q edi”

Pxenyandagi tug’ruqxona – kasalxona va o’quv markazi bo’lib, bu yerda poytaxtdan tashqarida ishlash uchun doyalar tayyorlanadi

Shimoliy Koreyadagi birinchi xususiy oliygoh – Pxenyan ilmiy-texnik universiteti talabalarining tonggi badantarbiyasi, 2019 yil

Shimoliy Koreya modalar jurnalida ayollar liboslari va sviterlari

Mavqei baland toifa Prada kiyimlarini olishi mumkin. Pxenyan, 2017 yil

Plyajlarda ochiq cho’milish kiyimidagi ayolni uchratish juda qiyin masala. Pxenyan davlat akvaparki, 2016 yil

Davlat akvaparkida taqdim etilgan urfdagi cho’milish kiyimlari, 2014 yil

Munsu Water Park akvaparkida 4 soat bo’lish qariyb $ 9 turadi, bu oddiy shimoliy koreyalik o’rtacha haftalik maoshining uchdan bir qismidan ko’proq

Shimoliy koreyachasiga App Store yoki Google Play muqobili – bu do’konda bosma katalogdan tanlangan ilova telefoningizga o’rnatib beriladi

Koreyaliklar uchun televideniye hanuzgacha asosiy axborot manbai bo’lib qolmoqda. Mahalliy media – dunyodagi eng kuchli nazorat ostida. Pxenyan, 2018 yil.

“Pothonggang mehmonxonasidagi kafeda Wi-Fi tarmog’iga ulandim. Birinchi kun ishlashi. Ehtimol, bu Wi-Fidan foydalanish mumkin bo’lgan shahardagi yagona joydir”. Pxenyan, 2018 yil sentyabr

Poytaxtdagi Kaeson Youth Park ko’ngilochar hiyobonida joylashgan tezkor ovqatlanish restoranidagi oila, 2012 yil

Harbiylar Kaeson Youth Park ko’ngilochar hiyobonida. Pxenyan, 2012 yil

Siz Shimoliy Koreyani qanday tasavvur qilasiz? Ehtimol, u yerda bo’lgandirsiz va o’z kuzatishlaringizni o’rtoqlashishni istarsiz?

Telegram, Facebook, Odnoklassniki va VK-dagi kanallarimizga obuna bo’lishni va do’stlaringiz bilan qiziqarli layfxaklarni ulashishni unutmang!