Tadqiqotlarga ko'ra, o'rtacha statistik ayol hayotining oshxonada o'tkazadi. Tan oling, bu kam son emas – oddiygina taom tayyorlashga umrning 3 yildan ortig'ini sarflashni tasavvur qiling-a.

  •  
  •  
  •  
  •  
  •  

E’tiboringizga deyarli ham bir uy bekasi sotib olishni istaydigan oshxona uchun 20 ta zo’r jihozni taqdim etamiz.

1. Ziravorli siyoh solingan ruchka

CinniBird  ruchkasi bilan istalgan yuzaga istalgan narsani yozish yoki chizish mumkin. Bu ruchkada siyoh o’rnida shakar, murch, vanilin, kakao, dolchin va boshqa ko’plab ziravorlar ishlatiladi.

2. Zamonaviy portativ oshxona dudburoni

Mazkur o’ziga xos dudburon an’anaviy moslamani o’rnatishning imkoni bo’lmagan kichkina oshxonalar uchun taklif etiladi. 

3. Nonushta tayyorlash uchun «3 tasi 1 da» qurilmasi

Ushbu qurilma yordamida bir yo’la qovurilgan tuxum, tostlar, qovurilgan sosiskalar va qahvadan iborat to’laqonli nonushtani tayyorlash mumkin. So’ngra yana nimadir pishirsa ham bo’ladi. Xullas, bu gadjet bir vaqtning o’zida bir nechta oshxona jihozlarining o’rnini bosadi.

4. Ultratovushli termometr

Bu moslama ultratovush yordamida tayyorlanayotgan mahsulotning haroratini aniqlab, Wi-Fi tarmoqlari orqali ma’lumotlarni smartfonga uzatadi.

5. Tezkor qo’l qirg’ichi

Mana bu soddagina moslama yordamida bir necha soniya ichida istalgan narsani, hattoki ulkan karamni ham maydalash mumkin. Oddiylik va tezlik hayratga soladi!

6. Kuzatish oynasi bor toster

Ko’rinishidan oddiy bo’lgan bu jihoz boshqa tosterlarda bo’lmagan xususiyatga ega: shaffof oyna orqali nonning qovurilish holatini kuzatish va yetarlicha qizargan degan fikrga kelganda olish mumkin.

7.Olcha danaklarini olish uchun gadjet

Bu antiqa moslama bir zumda olcha danaklaridan halos bo’lish imkonini beradi.

8. Meva va sabzavotlar po’stini archish uchun pichoq

Ishlab chiqaruvchilarning aytishicha, mazkur oddiy qurilma mevalar va sabzavotlar, masalan qovun, bodring, shirin garmdorining po’stini osongina archadi.

9. Pitsa uchun velosiped shaklidagi pichoq

Bunday pitsa pichog’i yordamida eng qaynoq va baland pitsani oson va havfsiz kesish mumkin. U quyidagicha ishlaydi.

10. Pomidorlarni tozalash uchun pichoq

Bir qarashda qo’rqinchli ko’ringan mana bu asbob yordamida hech qiynalmasdan pomidorlarni tozalash mumkin.

11. Makaron tayyorlash uchun moslama

Ushbu qimmatli gadjet hamirni o’zi qorib, uning tayyorligini aniqlaydi va turli ko’rinish hamda uzunlikdagi makaronlarni hosil qilishga yordam beradi. Sizga faqat ularni pishirish va yeyish qoladi.

12. Qopqoqlar uchun silikon tiqinlar

Mana bu antiqa buyumlar taomni tayyorlashda ortiqcha bug’ni chiqarib yuborishga yordam berib, ko’p qaynab ketishiga yo’l qo’ymaydi.

13. Vertikal omlet tayyorlash uchun moslama

Mazkur o’ziga xos gadjet cho’zinchoq shaklidagi omletlarni pishiradi va ularni keyin boshqa taomlar tayyorlashda ishlatish yoki xot-dog ichiga sosiska o’rniga qo’yish mumkin.

14. Grilni tozalash uchun cho’tka

Mana bu innovatsion jihoz grilni yog’li ifloslanishlardan tozalash uchun bug’ kuchidan foydalanadi.

15. Kartoshka uchun press

Bu oshxona jihozining ishlab chiqaruvchilari pyure qilishda sarimsoq uchun pressdan ilhom olgan ko’rinadi.

16. Portativ yog’ aralashtirgich

Endi yog’ni aralashtirish qiyinchilik tug’dirmaydi, albatta, sizda mana bu mini-aralashtirgich bo’lsa.

17.Butilka uchun Olovuddin chirog’i shaklidagi tiqin

Mana bu antiqa tiqin yordamida bir tomchi ham to’kmasdan yog’ quyishdan tashqari, chiroqning ustki qismiga shunchaki bosish orqali idishni mahkam yopish mumkin.

18. Ko’katlar uchun tegirmon

Bu tegirmon oddiygina buragichni aylantirish orqali istalgan ko’katni maydalaydi. Bundan tashqari, moslamadagi maxsus teshiklar yordamida rozmarin barglarini poyasidan ajratish mumkin.

19. Fri kartoshkasini kesish uchun press

Mazkur press yordamida bir zumda fri tayyorlash uchun kartoshkani kesish mumkin.

20. Sitruslar uchun sharbat chiqaruvchi-leyka

Ushbu qiziq oshxona jihozi limon sharbatini osongina siqib olish va shu zahoti uni salat yoki boshqa taom ustidan quyish imkonini beradi.

Siz oshxonangizda bu gadjetlarning qaysi biridan foydalanishni istardingiz?

Asosiy surat: cinnibirdyankodesign