•  
  •  
  •  
  •  
  •  

Katta yoki kichik shaharda yashovchi har bir odam ba’zida u irodamizni sinovga solishini yaxshi biladi. Ayrim muammolarni boshqalariga nisbatan yechish oson bo’lishiga qaramay, dizaynerlar jamoat joylarini yaxshilash uchun bor mahoratlarini ishga soladilar. Ular eng samarali, iqtisodiy jihatdan foydali yechimni topish uchun odamlarning ehtiyojlarini inobatga oladilar.

E’tiboringizga megapolisdagi hayotni ancha osonlashtiradigan ayrim dizayn g’oyalarini taqdim etamiz. Maqolaning yakunida ushbu shahar muhiti elementlarining ixtirochilari shaxsiy qahramonlaringizga aylanadilar.

1.Yomon ob-havo va qorong’ida piyodalar va haydovchilarni ogohlantiruvchi aqlli piyodalar o’tish joyi

2. Suv purkagichlar yo’llar ifloslanishining oldini oladi

3. Avtobus ichidagi kutubxona kundalik qatnovlarda zeriktirmaydi

4. Tezkor shosseda elektrmobillarni simsiz quvvatlash uchun maxsus yo’lak

5. Ushbu spiralsimon tushish yo’li eskalatorning muqobilidir, chunki ba’zan kattalar ham o’zlarini boladek his qilishni istaydilar

6. Yorqin diodli o’rindiqlar har qanday zerikarli muhitni bezaydi

7. “Boshlang’ich maktab yonida samokatlar turishi uchun maxsus moslama o’rnatilgan”

8. Yomg’irpo’shlar uchun qulflar – uyga qaytishda ivib ketmaslik uchun

9. Jamoat transportining polidagi 3D-printlar bilan safar quvnoqroq o’tadi

10. Endi bekatda vaqtni o’tkazish oson: arg’imchoqda uching!

11. Quyosh batareyasida ishlovchi tebranma kursida nafaqat dam olish, balki elektron qurilmani quvvatlash ham mumkin

IMG_9469

12. Norvegiyada velosipedlar uchun mo’ljallangan eskalator tufayli tog’ga ko’tarilish osonlashdi

13. Hojatxonada o’rnatilgan chiroqlar qaysi bo’lma bo’shligini ko’rsatadi

14. Idishlarni suv bilan to’ldirish uchun mo’ljallangan filtrli kranlardan barcha shaharliklar foydalanishlari mumkin

15. Bu poyezdda velosipedlar vagon ichida joy egallamasligi uchun maxsus platforma mavjud

16. Bunday liftlar bilan mashinangiz qaysi qavatda turganini hech qachon unutmaysiz

Lift eshigidagi yozuv «Unutmang».

17. Har bir o’rindiqda USB ulanadigan sim — haqiqatga aylangan orzu

18. “Men yashaydigan tumanda itlar ham kichik suv favvorlaridan foydalanishlari mumkin”

19. Ushbu arg’imchoqdagi dengiz toshbaqasi jismoniy imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun maxsus o’rnatilgan

20. Bu turargohda mashinalar uchun joylar o’rtasida odamlar bir-birining mashinalarini qirmasligi uchun yumshoq to’siqlar o’rnatilgan

21. Shahar chetiga qatnovchi poyezdda bolalarni safar chog’ida band qilish uchun maxsus joy tashkil etilgan  

22. Dengiz manzarasidan bahramand bo’lishni istaganlar uchun yomg’irpo’shlar o’rniga ulkan shlyapalar

Sizningcha qaysi dizaynerlik g’oyalari shahringizga mos kelgan bo’lardi?

Telegram, Facebook, Odnoklassniki va VK-dagi kanallarimizga obuna bo’lishni va do’stlaringiz bilan qiziqarli layfxaklarni ulashishni unutmang!