•  
  •  
  •  
  •  
  •  

Haqiqatdan ham yaxshi sovg’a albatta qimmat bo’lishi shart emas. Inson nima bilan qiziqishini eslab, biroz tasavvurni ishlatsangiz, Sizning sovg’angiz o’zi atalgan shaxsni mamnun qilishini va unda ijobiy hissiyotlar uyg’otishini kafolatlaymiz.

Tanlashga qiynalayotgan bo’lsangiz, bir kunni ajrating va sevgan yigitingiz bilan do’kon aylaning. Bu orada, aynan qaysi mahsulotlar unda ko’proq qiziqish uyg’otishiga e’tibor bering. Keyingi bosqichda mablag’ni belgilang va Yangi yil sovg’asini tanlashga kirishing.

Maslahat. O’ta qimmatli narsani tanlash shart emas, chunki bu yigitni noqulay ahvolga soladi va u o’zini sovg’ani qaytarishga majburdek his qiladi.

Biroz romantik ruhdagi sovg’alar

  1. Esdalik yozuvi o’yib tushirilgan finjon yoki telefon g’ilofi.
  1. Qo’lda yasalgan sovg’alar – bunday sovg’alarning afzalligi ularning doim eksklyuziv bo’lishidadir, zero bu mualliflik ishi. Bunday sovg’alar sirasiga issiq, junli buyumlar – sviter, shapka, sharfni kiritish mumkin.
  1. Tabiiy charmdan ishlangan qo’lqoplar yoki kamar.
  1. Atir. Bu sovg’aning odatiyligi va nomaqbulligi haqida ko’p gapirilishiga qaramay, erkak kishi mashhur brendning qimmatli atiriga hursand bo’ladi. Ayniqsa, u yosh va o’z imijiga e’tibor qaratadigan yigit bo’lsa. Biroq, yigit kishi ifor borasida sevgan qizi bilan maslahatlashgani ma’qul.
  1. Urfga mos yomg’irpo’sh (zont).

Foydali maishiy sovg’alar:

  1. Barbekyu uchun to’plam. Aksariyat erkaklar ovqat tayyorlashni yoqtiradilar. Ayniqsa ko’mirda go’sht pishirishni qoyillatadilar. Barbekyu to’plami esa yoz yaqin qolganini eslatish uchun yaxshi sovg’a.
  1. Simsiz bluetooth quloqchinlar.
  1. Sabvuferli kolonkalar.
  1. Fitnes-braslet. Chiroyli, urfga mos, zamonaviy, texnologik aksessuar salomatlikka e’tibor qaratishga yordam beradi.
  1. Pauerbank. Yigitingizni hayratga solish  uchun ta’sirchan o’yma yozuv yoki antiqa dizaynga buyurtma bering.
  1. Klaviatura, sichqoncha. Ehtimol, yigitingiz klaviaturasi yoki sichqonchasini yanada ilg’or va zamonaviy shakliga o’zgartirish vaqti kelgandir.
  1. Termokrujka yoki isituvchi taglik. Taglik noutbukka ulanadi va doim issiq ichimlik qo’l ostida bo’lishiga imkon beradi. Termokrujkani esa shunchaki o’zi bilan olib yurish qulay.
  1. Organayzer-taglik. Ushbu moslama ish stolini mayda-chuyda narsalardan tozalash uchun mo’ljallangan. Shuningdek, telefon qo’yiladigan quylay modellar mavjud. Bunday sovg’a ofisda yoki uyda ishlaydigan odamga to’g’ri keladi.
  1. Ryukzak. Doim o’zingiz bilan birga olib yurish kerak bo’lgan turli narsalar uchun qulay narsa. Ryukzak shahar bo’ylab harakatlanish yoki sayohatlar uchun harakatchan yigitga mos keladi.
  1. Portmone, borsetka. Tangalar, kalitlar, tashrifnomalar, qog’ozlar… Bu mayda-chuydalarni nima qilish kerak? Hamyonga solish. Ayrim odamlar atayin portmonedan foydalanmaydilar, ammo uni xarid qilganlaridan keyin buning qanchalik qulayligiga ishonch hosil qiladilar.
  1. Sport sumkasi. Mashg’ulotlar zalini afzal ko’radiganlar uchun mashq qilishda kerak bo’ladigan pishiq, chiroyli sumka mos keladi.
  1. Avtomobil aksessuarlari. Kompressor, organayzer, quvvatlash moslamasi, navigator, magnitola, isituvchi qoplamalar va h.k. Mashina egasi uchun ko’plab qiziqarli variantlar mavjud.
  1. Elektr soqol olgich yoki trimmer. Soqol – erkak kishining faxri va ortiqcha daxmazasidir. Axir, doim soqolni olishga to’g’ri keladi. Bu jarayonni yanada yoqimli va qulay qilish uchun yigitingizga elektr soqol olgich sovg’a qiling.
  1. Konsertga chiptalar. Shirinlik o’rnida inson bilan butun hayoti davomida birga qoladigan eng qiziq narsalar – taassurotlarni qoldirdik. Birgalikda sevimli guruhingiz konsertiga boring, ham o’zingizga, ham yigitingizga sovg’a qiling.
  1. Kinoga tashrif. Birgalikda yaxshi kinoga borish ham ajoyib sovg’a. Zero, oldinda shuncha dam olish kunlari bor, ulardan iloji boricha ko’proq foyda olishga harakat qiling.
  1. Ta’lim olish, kurslar. Agar yigitingiz anchadan buyon chet tili kursiga yozilishni istagan bo’lsa, yangi yil boshi bu ish uchun eng ma’qul vaqt.
  1. Kitoblar. Masalan, o’zini rivojlantirish, ijod yoki biznes yuritish haqida. Yangi yilni yangi g’oyalar bilan boshlang.

Unutmang – hech qanday, hattoki eng qimmatli sovg’a ham, ko’rsatilgan e’tibor va ijobiy hissiyotlarga teng kelolmaydi. Yaxshi gaplaringizni ayamang, yaqinlaringizga ularni qanchalik qadrlashingizni ayting va iloji boricha ko’proq birga vaqt o’tkazishga harakat qiling.

Telegram, Facebook, Odnoklassniki va VK-dagi kanallarimizga obuna bo’lishni va do’stlaringiz bilan qiziqarli layfxaklarni ulashishni unutmang!