•  
  •  
  •  
  •  
  •  

Yangi Yil sovg’alarini tanlash ancha murakkab vazifa va bunga do’konlarda sovg’alar taqchilligi emas, balki aksincha, ularning juda ko’pligi sababdir. Ba’zan, biron-bir foydali, kerakli, ammo bayram kayfiyatidan mutlaqo uzoq buyumni xarid qilish istagi kuchli bo’ladi.

Sovg’a sevimli insoningiz uchun haqiqiy syurprizga aylanishi, uni quvontirishi, muhabbatingizning chin isboti bo’lishi kerak. Yangi yilda rafiqangizga sovg’a qilish mumkin bo’lgan va hech qachon dolzarbligini yo’qotmaydigan minglab g’oyalar mavjud.

Jumladan:

  1. Oyoqlar uchun gidromassajli vanna. O’zingiz massaj qilishni bilmaysiz, ammo rafiqangizni hursand qilishni istaysizmi? Massaj protseduralari juda yoqimli bo’ladi va kechani yaxshi o’tkazishga yordam beradi.
  1. Zamonaviy kastryullar to’plami – tajribali va sinchkov uy bekalarini hursand qiladi. Kerakli to’plamni topish uchun avvaldan birgalikda do’konga borish zarur.
  1. Fitnes-zalga abonement – bunday sovg’a zamonaviy ayollarga qo’l keladi. Albatta, ayol bu haqida anchadan buyon orzu qilgan bo’lishi kerak.
  1. Noutbuk uchun sumka – rafiqangiz ofisda ishlab, ko’pincha noutbukni sellofan xaltada yoki ishqalanib ketgan sumkada olib yuradigan bo’lsa, bunday sovg’a unga juda yoqadi.
  1. Taqinchoqlar, pardoz vositalarini saqlash uchun organayzer;
  1. Ayolning uydagi kundalik ishini yengillashtira oladigan maishiy yoki oshxona texnikasini birgalikda xarid qilish.
  1. Sevimli artistining konsertiga chiptalar ham rafiqangizni hursand qiladi.
  1. Sevimli atir, ammo sevimli insoningiz didini yaxshi bilishingiz sharti bilan.
  1. Sochlarni parvarishlash texnikasi – Siz faqat fen yoki ko’plab moslamali modellarni tanlashingiz, qo’shimchasiga esa – tortuvchi qisqichlar va jingalak qiladigan ployka olish mumkin.
  1. Sochlar uchun kosmetik vositalar to’plami – ularni, masalan yuz kremi singari, tanlash qiyin emas. Ushbu to’plamga musslar, shampunlar, niqoblar, konditsionerlar va qotiruvchi laklar kiradi.
  1. Katta xona o’simligi – uy intererini bezaydi yoki urg’u beradi, xona ko’rinishini yangilaydi. Fikuslar, yirik bargli begoniyalar, kiparislar – eng keng tarqalgan turlardir.
  1. Maishiy texnika turlari – ayollar hamma narsada mutanosiblikka amal qilishni yoqtirganlari sababli, dizayni bo’yicha o’xshash choynak yoki toster uyni bezashga yordam beradi.
  1. Yangi yil interyerlarida professional suratga tushish – syujetli sessiyalar yoshgina xonimchalarga ham, kattaroq yoshdagi ayollarga ham manzur bo’ladi: qirolicha bo’lish hammaga yoqadi. Albom ham esdalik bo’lib qoladi.
  1. Ayollar uchun sayohat chemodani – mustaqil sayohatlar, ish safarlarida qo’l keladi. Ayollar uchun mo’ljallangan va safarlarda ishlatiladigan oilaviy kofrlarga o’xshash modellarga e’tibor qarating.
  1. G’ilofdagi manikyur jihozlari – xarid qilishdan avval rafiqangizga qanday marka yoqishini so’rang. Sovg’aning qiymati undagi jihozlar va firma sifatiga bog’liq.
  1. Romanlar to’plamidan iborat elektron kitob, kitoblar to’plami ham to’g’ri keladi.
  1. Torsher – yotoqxonadagi shaxsiy burchakni bezatish yoki mehmonxonada dam olish joyini yaratish uchun mos keladi. Xona intererining uslubi va rangiga mos modelni tanlang.
  1. Gullar uchun guldon – bunda guldon turiga e’tibor berish kerak: yupqa shishadan ishlangan o’rtacha hajmdagi guldon tumba ustiga kichik guldastalar qo’yish uchun, billur yoki dizayner guldoni – yirik kompozitsiyalar uchun tog’ri keladi.
  1. Bug’li dazmol stansiyasi – bunday sovg’a pragmatik uy bekalarini hayratga soladi. Agregat kostyumlar va paltolarni g’ijim burchaklarni qoldirmay bug’da tekislash imkonini beradi.
  1. Bitta to’plamdagi bir nechta kashpo – bunday sovg’a varianti uchun keramika yoki pishiq plastikdan ishlangan turli kattalikdagi buyumlarni tanlang. Ko’zga tashlanmaydigan printli yoki bir xil rangdagi modellar ma’qulroq.
  1. Bir juft stol lampalari yoki bra – to’plam yotoqxona yoki mehmonxona uchun xarid qilinadi. Ushbu xarid uyda ta’mirlash yoki dizayn o’zgartirish kutilayotgan bo’lsa, ajoyib syurprizga aylanadi.
  1. Bezaklar uchun quticha – rafiqangizning uzuklari va ziraklari ko’p bo’lmasa, kichik chinni qutilarni sotib oling. Charm va bahmal bilan qoplangan qutilar esa katta to’plamlar uchun mos keladi.
  1. Issiq adyol va divan yostiqchalari – tashqaridagi shovqindan uydagi shinamlikni afzal ko’radigan rafiqalar uchun mo’ljallangan.
  1. Shaharning nufuzli restoranida romantik kechki taom.

Quyida siz barcha oila a’zolaringizning xoxish va istaklaridagi sovg‘alarni topishingiz mumkin 🙂

Telegram, Facebook, Odnoklassniki va VK-dagi kanallarimizga obuna bo’lishni va do’stlaringiz bilan qiziqarli layfxaklarni ulashishni unutmang!