• 6
  • 1
  •  
  •  
  •  
    7
    Shares

Chamamizda, bu eng murakkab vazifa. Nimaga deysizmi? Gap shundaki, har bir qiz o’ziga xos noyob bo’ladi, shunga muvofiq ravishda sovg’a ham o’sha qiz uchun individual ravishda tanlanishi kerak.

Albatta, sevgan qizingiz omilkor bo’lib, o’zi istagan sovg’aga sha’ma qilsa, omadingiz kelgan bo’ladi. Qolganlar esa sevgan qizlari nimani orzu qilishini topishga harakat qiladilar.

Tabiiyki, qizlar sevgan insonlari bilan birga vaqt o’tkazishni yaxshi ko’radilar, shu bois birgalikdagi tadbirlar ajoyib Yangi yil sovg’asi bo’ladi:

  1. Bayramona Yangi Yil fotosessiyasi. Bu ko’ngilochar tadbir butun umrga esda qoladi, shuningdek chiroyli professional suratlarga ega bo’lasiz.
  1. Muzda uchish. Agar sevgilingiz muzda uchishni yaxshi ko’rsa va bilsa yoki o’rganishni istasa, bunday sovg’a unga yoqishi tayin.
  1. Qimmatli restoranda romantik kechki taom – xotirjam vaziyatda sevgilingiz bilan qalbdan suhbatlasha olasiz.
  1. Yangi yil tomoshasiga chiptalar.

Shuningdek, sevgan qizingizga romantikaga xos va birinchi zaruratga oid turli buyumlar ham yoqishi mumkin:

  1. Aqlli soat har daqiqada sevgilingizga sizni eslatib turadigan ajoyib sovg’a. Bunda, qadamlar trekeriga ega arzonroq modelni yoki qo’ng’iroq qilish imkoniga ega qimmatroq variantlarni ham tanlash mumkin.
  1. Tashqi qattiq disk. Unda saqlaydigan joy bo’lmagan minglab suratlar va videolar yo’q deb o’ylaysizmi? Disk aynan shularni saqlashga va qayta-qayta tomosha qilishga yordam beradi.
  1. Mashhur brend quloqchinlari har qanday qiz uchun yaxshi sovg’adir. Hozirda yaxshi sifati va uzoq muddat xizmat ko’rsatishi bilan ajralib turadigan simsiz modellar ommalashgan.
  1. Termokrujka – tog’ safari yoki ofisdagi oddiy ish kuni uchun mos keladigan ajoyib va uzoq muddatli sovg’a.
  1. Yaxshi kitob – agar sevgan qizingiz o’qishni yaxshi ko’rsa va shaxsiy kitoblar to’plamiga ega bo’lsa.
  1. Issiq adyol, yorqin shapka va sharf – g’amho’rligingizni namoyon etadigan eng shinam sovg’a. Bunda, yumshoq momiqni yoki Yangi yil mavzusidagi suratni tanlash mumkin.
  1. Chiroyli va amaliy qo’lqoplar. Bunda, charmdan ishlangan, to’qilgan yoki jundan yasalgan, sensor ekranlar bilan ishlash uchun maxsus tayyorlangan buyumni tanlash mumkin.
  1. Fen, ployka yoki stayler. Har bir qiz o’ziga oro berishni yaxshi ko’radi. Alishuvchi qismlarga ega universal modellarni tanlang, bunday sovg’a sevgilingizga qiyofalar bilan sinov o’tkazish va deyarli har kuni sochini turmaklash imkonini beradi.
  1. Pardoz vositalari uchun quticha. Odatda, har bir qizda pardoz vositalari zaxirasi bo’ladi. Unga o’ziga xos antiqa qutichani sovg’a qiling, bunday sovg’a munosib baholanadi.
  1. Portativ kolonka. Kayfiyatni ko’taradigan va har qanday qizga yoqadigan ajoyib Yangi yil sovg’asi. Axir Yangi yil bayramida biz ko’proq musiqa tinglaymiz.
  1. Agar imkoningiz bo’lsa, go’zallik saloniga abonement olish mumkin.
  1. Quticha. Bu eng an’anaviy g’oyalardan biri, ammo shu bilan birga chiroyli va o’zgacha bezatilgan quticha deyarli har bir qizga kerak bo’ladi, shu bois munosabatlaringiz u qadar yaqin bo’lmasa, juda qo’l keladi.
  1. Qizning surati tushirilgan poster. U qizning xonadoni  bezagiga aylanishi muqarrar, shu sababli zamonaviy va Yangi yil mavzusida bo’lMAgan biron-bir suratni tanlagan ma’qul. Shunda sovg’angiz vaqt o’tgach ham dolzarbligini yo’qotmaydi.
  1. Shirinliklardan yasalgan guldasta. Aksariyat qizlar shirinlik shaydosi bo’ladi, bunda archa shoxlari va yaltiroqlar qo’shilsa, ajoyib Yangi yil sovg’asi paydo bo’ladi.
  1. Tuvakdagi jonli gul. Bu chiroyli gul yoki archa bo’lishi mumkin. Sevgilingizi keyinchalik uni ko’chaga ekishi yoki Yangi yil bezagi sifatida uyda qoldirishi mumkin.
  1. Videotabrik. Bu orada, o’tgan yildagi voqealar, masalan, tanishuvingiz to’g’risida kichik film yaratib, qizga fleshka yoki diskda sovg’a qilish mumkin.
  1. Pauerbank – Yangi yil ramzlaridan biri, o’yinchoq va h.k. shaklida. Qizning surati tushirilgan bo’lishi ham mumkin.
  1. Qizning suratlari tushirilgan katta ochiluvchi kalendar.
  1. Havo namlantirgich. Bunday romantik bo’lmagan, ammo juda o’ziga xos sovg’a sevgan qizingizga ko’p foyda keltiradi. U qizning terisini va shilliq qavatlarini qurishdan, demak erta qarishdan saqlaydi. Shuningdek, moslama bilan xonadonda yoki ishda nafas olish ham yengillashadi.
  1. Mobil telefon uchun taglik. Bunda toshlar yoki qizning surati bilan bezatilgan zamonaviy popsoketni yoxud stolga qo’yiladigan dok-stansiyani tanlash mumkin.

Maslahat. Agar qizga nisbatan jiddiy munosabatda bo’lsangiz, uni qimmatli atir bilan hayron qoldiring. Bunda sizga parfyumeriya yoki kosmetika do’koni sertifikati yordam beradi. Biroq, bu eng oxirgi g’oya ekanligini va boshqa shaxsiy narsa izlagan ma’qulligini hisobga oling.

Unutmang – hech qanday, hattoki eng qimmatli sovg’a ham, ko’rsatilgan e’tibor va ijobiy hissiyotlarga teng kelolmaydi. Yaxshi gaplaringizni ayamang, yaqinlaringizga ularni qanchalik qadrlashingizni ayting va iloji boricha ko’proq birga vaqt o’tkazishga harakat qiling.

Telegram, Facebook, Odnoklassniki va VK-dagi kanallarimizga obuna bo’lishni va do’stlaringiz bilan qiziqarli layfxaklarni ulashishni unutmang!