•  
  •  
  •  
  •  
  •  

Opa yoki singil – qalban eng yaqin insonimizdir. U tinglash, yordam berish, achinish, murakkab vaziyatda yaxshi maslahat berish uchun doim vaqt topadi. Sovg’a tanlashda uning yoshi, xarakteri, qiziqishlari va istaklarini hisobga oling. Siz unga nima kerakligini yaxshi bilasiz.

Demak, boshladik:

  1. O’ziga xos bezakka ega charmdan ishlangan qimmatli hamyon – opangiz va singlingiz uslubiga mos aksessuarni tanlang, unga yoqadi.
  1. Mashhur brend atiri – opangiz/singlingiz nimani yoqtirishini yaxshi bilsangiz, unga yaxshi sifatli atir sotib oling. Atirning ifori uning xarakteriga mos bo’lishi kerak.
  1. Taqinchoqlar – bunda bijuteriya yoki zargarlik buyumlarini tanlash mumkin, hammasi moliyaviy imkoniyatingiz va sovg’a egasining didiga bog’liq.
  1. Dekorativ yoki parvarishlash kosmetikasi to’plami, yuz va tana uchun kremlar – ushbu sovg’ani opangiz/singlingiz orzu qilganiga ishonchingiz komil bo’lsa xarid qiling.
  1. Chinni, shisha, keramikadan ishlangan oshxona idishlari to’plami – agar opangiz/singlingiz bunday narsalarni yaxshi ko’rsa. Bunda qiziqarli print yoki rasmi bor idishlarni tanlash mumkin.
  1. Oshxona uchun mayda maishiy texnika: blender, mikser, sharbat chiqaruvchi moslama, yogurt, muzqaymoq tayyorlash moslamasi yoki mazali taomlarni tayyorlash uchun boshqa qurilma.
  1. Pazanda qiz uchun oshxona jihozlari – ushlagichlar to’plami, chiroyli taxtachalar, pishiriq uchun shakllar, oshxona taymeri yoki tarozi, sabzavot kesgich.
  1. Agar u o’qishni yaxshi ko’rsa va moliyaviy imkoniyatingiz bo’lsa, opangiz/singlingizga elektron kitob sovg’a qilishingiz mumkin.
  1. Har xil mayda narsalarni saqlash uchun quticha – chiroyli quticha xona bezagini boyitadi va zargarlik buyumlari, bijuteriyalarni saqlash uchun kerak bo’ladi.
  1. Shapka, sharf va issiq qo’lqopdan iborat to’plam. Qizga mos keladigan, uning qiyofasini to’ldiradigan to’plamni tanlang.
  1. Isitadigan antiqa shippaklar – hayvonning afti bilan bezatilgan, mo’ynali, o’ziga xos printli. Ular xonada salqin bo’lgan vaqtda oyoqlarni isitadi.
  1. Sportchi qizga sovg’a: aqlli fitnes-braslet, fitnes bilan shug’ullanish formasi, sport sumkasi, ryukzak.
  1. Sichqonchali qulay klaviatura to’plami – bunday sovg’a kompyuter yoki noutbukda ko’p ishlaydigan qizga taqdim etiladi.
  1. Yengli issiq adyol – yumshoq, yengil, “qishki” rasmga ega yoki bir xil rangdagi buyum qish uchun ajoyib sovg’a.
  1. Sochiqlar to’plami – xammom uchun paxmoq, oshxona uchun katakli, qo’llar va yuz uchun momiq sochiqlar Yangi yil uslubida bo’lishi, yil ramzi bilan bezatilishi mumkin.
  1. Sochlarni parvarishlash vositalari: fen, ployka, soch tekislagich, stayler. Bunday moslamalar yordamida opangiz/singlingiz o’zi turmak yarata oladi.
  1. Elektr tish cho’tkasi – og’iz bo’shlig’ini yaxshi parvarishlaydi, qo’llash uchun qulay va sodda, bir nechta moslamalarga ega.
  1. Qahva qaynatgich, qahva maydalagich, elektr choynak – qahva yoki choy ishqiboziga yaxshi sifatli to’plam sovg’a qiling.
  1. Xobbi bo’yicha sovg’alar: ip va biser bilan kashta tikish uchun to’plamlar, to’qish yoki tikish uchun moslamali savatcha, rassom uchun to’plam.
  1. Egiluvchan oyoqchadagi pardoz uchun ko’zgu.
  1. Yaxshi sifatli quloqchinlar, simsiz variantni tanlash mumkin
  1. Opangiz/singlingizda yo’q tuvakdagi xona guli yoki o’simlik.
  1. Sevimli guruh konsertiga, yangi filmga yoki tomoshaga, muz shousiga chiptalar. Tadbirga opangiz/singlingiz bilan birga boring.

Kichik singilga sovg’alar

Singlingiz hali kichik, xususan bog’cha yoki maktab yoshida bo’lsa, unga mos keladigan sovg’alarni tanlang va albatta Yangi yil bilan tabriklang. Zero, kichkina bolalar Qorbobodan va albatta, akasi yoki opasidan sovg’ani juda intiqib kutadilar. Sovg’a sifatida quyidagilar mos keladi:

  1. Qo’g’irchoq: kichik yoshdagisi uchun – pups, kattaroq qizcha uchun – Vinks, Barbi, Monster-Xay go’zallari va boshqa zamonaviy malikalar.
  1. Ijod uchun to’plam – sovg’ani qizchaning yoshi va qiziqishiga qarab tanlang, bular tikish, kashta, rasm chizish, haykaltaroshlik to’plamlari bo’lishi mumkin.
  1. Syujetli o’yinlar uchun to’plamlar: idishlar, oshxona jihozlari, maishiy texnika, aravacha. “Sartaroshxona”, “Shifokor”, “Oziq-ovqat do’koni” o’yinlari.
  1. Kitoblar – ertaklar, she’rlar, hikoyalar – kichik singilning yoshi va adabiyotdagi qiziqishlarini hisobga oling.
  1. Sport anjomlari – sport to’pi, arg’amchi va obruch, raqs uchun cheshkalar.
  1. Chiroyli kiyim yoki poyabzal – ko’ylak, kostyumcha, jinsi, futbolka, ochiq poyabzal yoki tufli. Kiyim va poyabzal doim kerak bo’ladi.
  1. Bolalar kosmetikasi to’plami, atir, taqinchoqlar, bolalar sumkachasi, hamyoncha.
  1. Soch uchun to’g’nog’ichlar, tasmalar va rezinkalar to’plami – hamma qizaloqlar sochni turmaklashni yaxshi ko’radilar.
  1. Maktab penali – antiqa bezatilgan, maktab yoki sport mashg’ulotlari uchun ryukzak.

Albatta, sovg’alarni xarid qilish jarayoni oilaviy byudjetga putur yetkazmasligi kerak

Unutmang – hech qanday, hattoki eng qimmatli sovg’a ham, ko’rsatilgan e’tibor va ijobiy hissiyotlarga teng kelolmaydi. Yaxshi gaplaringizni ayamang, yaqinlaringizga ularni qanchalik qadrlashingizni ayting va iloji boricha ko’proq birga vaqt o’tkazishga harakat qiling.

Quyida siz barcha oila a’zolaringizning xoxish va istaklaridagi sovg‘alarni topishingiz mumkin 🙂

Telegram, Facebook, Odnoklassniki va VK-dagi kanallarimizga obuna bo’lishni va do’stlaringiz bilan qiziqarli layfxaklarni ulashishni unutmang!