•  
  •  
  •  
  •  
  •  

Agar katta IQ-testlardan qo’rqsangiz, mazkur tezkor tekshiruvdan o’ting.

Massachusets texnologiya universitetining professori Sheyn Frederik 2005-yilda kognitiv qobiliyatlarni tekshirish uchun test o’ylab topgan. U atigi uchta savoldan tashkil topganligi bois, ko’pincha eng qisqa IQ-savolnomasi deb nomlanadi.

Mazkur testni sinov tariqasida turli ma’lumot darajasiga ega 3 428 nafar odam topshirgan. Ishtirokchilarning atigi 17 foizigina uchchala savolga to’g’ri javob qaytara olgan. Ehtimol, siz aynan shu odamlarning qatoriga qo’shilarsiz.

Topishmoqlar

Beysbol

Beysbol tayog'i va koptok birga 1 dollaru 10 sent turadi. Tayoq koptokdan 1 dollarga qimmatroq. Koptokning narxini toping.

1. 1 sent
2. 5 sent
3. 15 sent
4. 10 sent

Javobi:

Agar koptok haqiqatdan 10 sent turganida, undan 1 dollarga qimmatroq bo'lgan tayoqning narxi 1 dollar + 10 sent bo'lardi. Bu topishmoqning shartiga mos kelmaydi. Aytaylik, koptokning narxi – X bo'lsin. Tayoq 1 dollarga ko'proq turadi – X + 1. Quyidagi tenglama hosil bo'ladi: X + (X + 1) = 1,1. Chunki, tayoq va koptok birgalikda 1,1 dollar turadi. Tenglamani yechamiz:

2X + 1 = 1,1;

2X = 1,1 – 1;

2X = 0,1;

Х = 0,05.

Demak, koptokning narxi 5 sent, tayoqniki esa – 1,05 dollarga teng.

 

Javob: 5 sent.

Zavod

Zavoddagi beshta mashina besh daqiqada beshta detalni ishlab chiqaradi. 100ta mashina 100ta detalni necha daqiqada ishlab chiqaradi?

 

1. 5 daqiqa
2. 20 daqiqa
3. 500 daqiqa
4. 100 daqiqa

Javobi:

Agar beshta mashina besh daqiqada beshta detalni tayyorlasa, bitta mashina bitta detalni besh daqiqada ishlab chiqaradi. Agar 100ta mashina detallar tayyorlasa, ular ham 100tani o'sha besh daqiqa ichida ishlashadi.

Javob: besh daqiqa.

Nilfiyalar

Ko'lda oq nilfiyalar o'sadi. Har kuni ularning soni ikki barobarga ortadi. Ko'l usti to'liq qoplanishi uchun nilfiyalarga 48 kun kerak bo'lsa, ko'lning yarmini qoplash uchun qancha vaqt kerak bo'ladi?

1. 47 kun
2. 24 kun
3. to'g'ri javob yo'q
4. 12 kun

Javobi:

Nilfiyalar 48 kun ichida ko'lni to'liq qoplaydilar. Ko'lning yarmi qoplanishi uchun atigi bir kunga ortga qaytish kerak, chunki gullar har kuni ikki barobarga ko'payadi.

Javob: 47 kun.

All 3 questions completed!


Share results:

Topishmoqlar

Want more stuff like this?

Get the best viral stories straight into your inbox!
Don`t worry, we don`t spam

Hiyla nimada?

Topishmoqlar yanglishtiradigan soddaligi bilan intuitiv yechimlarga yo’naltiradigan shaklda tuzilgan. Biroq ayrim odamlar, bir zumda noto’g’ri javob berish istagiga qaramay, xiylani sezadilar va topishmoqlarni sinchiklab o’qiy boshlaydilar. Ushbu oniy harakatlarga qarshilik ko’rsatish qobiliyati kognitiv refleksiya deb nomlanadi.

Bu testni topshirish uchun aqlga birinchi bo’lib kelgan javobdan voz kechish kerak.

Sheyn Frederik, professor, mazkur topishmoqlarning muallifi

Qaror qabul qilishda dastlab intuitiv fikrlash ishlaydi. U kerakli javobni topa olmaganida, tahliliy fikrlash ishga tushadi. Hattoki uchchala topishmoqda xato qilgan bo’lsangiz ham, bu zehningiz o’tkir emasligini anglatmaydi. Shunchaki, sizda fikrlashning tahliliy qismi ishlashga ulgurmagan. Bundan quyidagicha xulosa qilish mumkin:

  • Testni birinchi marta topshirganda adashadigan odamlar nisbatan tez va kutilmaganda harakat qiladilar, kutishni yoqtirmaydilar.
  • Savollarga birinchi martada to’g’ri javob beradiganlar nisbatan bosiq, diqqatni jamlash va qaror qabul qilishda shoshilmaslikni afzal ko’radilar.

Bu topishmoqlarni darhol yecha oldingizmi yoki ortga qaytib, biroz o’ylashga to’g’ri keldimi? Sharhlarda so’zlab bering!

Telegram, Facebook, Odnoklassniki va VK-dagi kanallarimizga obuna bo’lishni va do’stlaringiz bilan qiziqarli layfxaklarni ulashishni unutmang!