•  
  •  
  •  
  •  
  •  

Jon Rokfeller, Robert Kiyosaki, Deyv Remsi va Jorj Kleyson moliyaviy farovonlik sirlarini o’rtoqlashadilar.

1. Daromadlar va harajatlarni nazorat qiling

Jon Rokfeller

Tadbirkor, saxovatpesha, insoniyat tarixidagi birinchi milliarder.

Avvalo, hozirda pullaringiz holati qay darajada ekanligini tushunish zarur. Rokfeller doim kirim-chiqimni yozib borishni maslahat qilgan. Uning o’zi har bir kelgan, sarflangan va investitsiyaga kiritilgan dollar hisobini yuritgan.

Birinchidan, harajatlaringizni yozishni boshlang. Buning uchun so’nggi uy oy davomidagi bank hisobraqamlaringiz hamda kartlara bo’yicha ko’chirmalarni ko’zdan kechiring.

Endi o’zingiz uchun ustuvorliklarni belgilashga urinib ko’ring. Avvalgi qarorlaringiz kelajakni belgilab berishi shart emas. Hozirda siz uchun eng muhimi nima ekanligini o’ylab ko’ring. Balki ko’chmoqchidirsiz? Sayohatga bormoqchimisiz? Kreditdan qutulishni istaysizmi? O’zingiz tanlang.

2. Avval o’zingizga to’lang

 Jorj Kleyson

Tadbirkor, “Bobildagi eng badavlat odam” kitobining muallifi

 Kleyson birinchilardan bo’lib olingan daromadning 10 foizini chetga qo’yishni taklif qilgan. Bu usuldan har qanday mablag’da foydalanish mumkin. Kleysonning aytishicha, olingan daromadning 90 foizi va 100 foiziga yashash orasida hech qanday farq sezilmaydi. Lekin, shu yo’l bilan asta-sekin maqsadlaringizga erishish uchun zarur mablag’ to’planadi.

Bu usulni hech bo’lmaganda uch oy davomida qo’llashga urinib ko’ring va natijasini ko’ring. Pulning 10 foizini chetga qo’yishni unutmaslik uchun alohida hisobraqamiga avtomat ravishda mablag’ o’tkazilishini tashkil qiling.

3. Kamtarinroq yashang

Deyv Remsi

Tadbirkor, muallif, radio suhandoni.

 Reklama va ommabop madaniyat baxtni sotib olish mumkinligiga bizni qayta-qayta ishontirib keladi. Aslida, qalbimiz tubida yangi mashina yoki oxirgi rusumdagi  iPhone baribir hayotdan to’laqonli zavq olishga yordam bermasligini tushunamiz.

Remsi xaridlarga nisbatan yondashuvni o’zgartirishni va kamtarroq yashashni maslahat qiladi. Sizga chindan ham yangi telefon yoki yangi poyabzal kerakmi? Unutmang, pulni sarflash oson, topish esa qiyin.

4. Faol va nofaol buyumlar farqini tushuning

Robert Kiyosaki

Tadbirkor, investor, “Boy dada, kambag’al dada” kitobining muallifi.

Bu maslahat ko’prog’iga erishishni istaganlar uchun to’g’ri keladi. Masalan, siz ertaroq nafaqaga chiqishni yoki vaqtingizni hayriya ishlariga bag’ishlashni orzu qilasiz. Ehtimol, farzandlaringiz ta’limi uchun to’lashni xohlarsiz yoki shunchaki qo’shimcha daromad manbalarini izlayotgandirsiz. Kiyosaki buning uchun faol va nofaol buyumlarni farqlay olish zarurligini ta’kidlaydi. Uning ta’rifi bo’yicha faol narsalar cho’ntagingizga pul “soladi”, nofaollari esa – ularni “chiqaradi”.

Bunday toifalash bo’yicha faollar qatoriga daromad keltiruvchi ko’chmas mulk, qimmatli qog’ozlar, mualliflik mukofotlari, investitsiyalar, ya’ni foyda keltiruvchi hamma narsani qo’shish mumkin. Bu orada uy, mashina, turli gadjetlar, kreditlar nofaol narsalardir.

Kiyosaki o’z ishingizda mehnat qilishda davom etgan holda, unga ko’r-ko’rona ishonib qolmasdan, kelajakni o’z qo’lingizga olishni maslahat qiladi. Davlat yoki boshqa kimdir yashashingizni ta’minlab berishiga ishonmaslik kerak. Siz o’zingizga g’amxo’rlik qilishingiz zarur.

Telegram, Facebook, Odnoklassniki va VK-dagi kanallarimizga obuna bo’lishni va do’stlaringiz bilan qiziqarli layfxaklarni ulashishni unutmang!