• 5
  •  
  •  
  •  
  •  
    5
    Shares

Bir necha yillar avval zamonaviy gadjetlardagi kameralarni yopishqoq tasma bilan yopib qo’yish shu davrning antiutopiya kayfiyatidagi seriallari tufayli yuzaga kelgan shizofreniyaning dastlabki alomati hisoblangan. Biroq, FQB direktori Jeyms Komi buning tunda kirish eshigini yopishdek muhimligini aytganidan so’ng, hamma g’alati holatga tushib qoldi.

Noutbuk egalarining to’rtdan bir qismini veb-kameralarni yopib qo’yishga majbur qiladigan 4ta aniq sabab bilan tanishing.

1. Bu – shaxsiy ma’lumotlarning ishonchli himoyasi

  • Birinchidan: sizga nisbatan maqsadli hujum uyushtirgan xakerlardan himoya. Agar siz mashhur inson yoki shunchaki muhim ma’lumotga ega odam bo’lsangiz, bunday xavf ehtimoldan holi emas. Xususan, Mark Sukkerberg va uning kamera hamda mikrofoni ustidagi yopishqoq tasmali ish noutbugi hammaga ma’lum.
  • Ikkinchidan: bu – viruslardan himoyalanish usuli. Agar jinoyatchi qurbonning kompyuterini to’liq nazoratga olsa, kameradan foydalanish imkoni ham yaratiladi (bunda kamera faol bo’lishi uchun yonishi shart emas). Afsuski, hech kim bundan sug’urta qilinmagan.

2. Kamera – shaxsiy hayotni ko’rsatuvchi qulf teshigi

Tasavvur qilaylik, siz mashhur inson emassiz va hattoki maxfiy ma’lumot ham mavjud emas. U holda meni kompyuterim kimga kerak, deb so’rashingiz tabiiy. Gap shundaki, hammamiz ham odammiz va monitorlarimiz qarshisida hayot qaynaydi: kimdir ekran oldida yalang’och holda o’tirishni yaxshi ko’rsa, kimdir taqiqlangan videolarni tomosha qiladi, yana kimdir noutbuk qarshisidagi devorga barcha parollarni, jumladan onlayn-banklarni ham osib qo’yadi. Bularning bari hayotingiz bilan qandaydir yo’sinda to’qnashish uchun yetarli.

3. Aniq sxemalar mavjud

  • 2015-yilda britaniyalik xaker tanishlarining shaxsiy hayotini kamera orqali kuzatish uchun Blackshades dasturidan foydalangan. Bu virusni yopiq forumlarda qo’lga kiritish oson.
  • 2016-yilda 2ch.hk sayti foydalanuvchisi bir nechta odamlarning kompyuterlarini qo’lga olib, ularda tajriba o’tkazgan (kutilmaganda musiqa yoqqan, pornografiya saytlarini ochgan va h.k.), so’ngra esa YouTube orqali ularning holatini ko’rsatib, haqiqiy shou o’tkazgan.
  • 2011-yilda kaliforniyalik xaker Luis Mixangos veb-kamera orqali qizlarni yashirincha kuzatganligi, suratga olib, keyinchalik shantaj qilgani uchun 6 yil qamoq jazosiga tortilgan.
  • 2013-yilgi sud majlisi bayonnomasidan ma’lum bo’lishicha, FQB o’z surishtiruvlarida foydalanuvchilarning kameralarini ishlatishi mumkin.
  • Bundan tashqari, ayrim provayderlar zaiflikni tekshirish maqsadida abonentlarining kameralariga ulanishi mumkin.

4. Bu qimmatga tushmaydi

Darhaqiqat, izolyatsiyalovchi tasma bo’lagini kameraga yopishtirib qo’yish hech qanday harajatni taqozo etmaydi. Bunday yechim sizga yoqmasa, yanada yaxshiroq usulni topish mumkin: bozor allaqachon talabga mos ravishda barcha gadjetlarning kameralari va mikrofonlari uchun to’suvchi moslamalarni savdoga chiqargan.

Telegram, Facebook, Odnoklassniki va VK-dagi kanallarimizga obuna bo’lishni va do’stlaringiz bilan qiziqarli layfxaklarni ulashishni unutmang!