•  
  •  
  •  
  •  
  •  

Biz ko’pincha oyog’imizdagi katta barmoqning valgus deformatsiyasiga aloqador birinchi alomatlarga e’tibor bermaymiz. Va bu noto’g’ri. Zero, oyoq yuzasidagi o’zgarishlar biroz seziladigan boshlang’ich bosqichda kuchli og’riqlarga olib keladigan yallig’lanish jarayoni, ya’ni bursit rivojlanishining oldini olish mumkin.

Ushbu maqolada oyoq yuzasida “suyakchalar” paydo bo’lishining oldini olish hamda oyoqlarni jarrohlik stoligacha olib bormaslik to’g’risida so’zlaymiz.

TO’G’RI POYABZAL VA PARHEZ

Oyoq yuzasida valgus deformatsiyasi rivojlanishida irsiyat katta o’rin tutadi. Bunday holatda noto’g’ri poyabzal va ortiqcha vazn xavfni yanada oshiradi.

Shu bois, avvalo, baland poshnali va uchi tor tuflilardan voz kechish kerak. Shuningdek, bo’g’imlarda yallig’lanish jarayoni yuzaga kelishi ehtimolini oshiradigan mahsulotlarni taomnomadan chiqaring: yog’lik va achchiq taomlar, shirinliklar, pishiriqlar, dukkaklilar.

UQALASH

Uqalash oyoq yuzasi mushaklarini bo’shashtirish va mustahkamlash hamda ularning to’g’ri shaklda turishiga yordam beradi. Buni mustaqil ravishda amalga oshirish mumkin.

  • Maxsus uqalash yoki oddiy tennis koptogidan foydalaning. Uni polda yumalating.
  • Qo’llarning katta barmoqlari bilan oyoq yuzasini tepadan pastga hamda teskari yo’nalishda biroz bosib uqalang.
  • Oyoq barmoqlarining orasini oching. Ularning orasiga qo’l barmoqlarini joylab, yuqoriga-pastga yurgazing.
  • Oyoqning bitta barmog’ini ushlab, biroz yuqoriga torting. Har bir barmoqni shunday tortib chiqing.
  • Agar ta’tilda dengizga safar qilsangiz, qum yoki shag’al ustida albatta yalang oyoqda boring. Bu juda foydali uqalash.

MASHQLAR

Uyda bajarib, kuniga ko’pi bilan 10 daqiqa vaqt sarflash mumkin bo’lgan juda oddiy, ammo samarali mashqlar mavjud.

  1. Oyoq yuzasini polga tekis qo’yib, har bir barmoqni alohida ko’tarishga urinish.
  1. Oyoq barmoqlariga qattiq rezinani (masalan, soch rezinasi) kiydirib, kuch bilan ularni turli tomonlarga burish.
  1. Shunchaki oyoq yuzasini turli tomonlarga aylantirish.

Qalam yoki sharchalar, sochiq yoki mato bo’lagi kabi mayda narsalarni polga qo’yib, ularni oyoq barmoqlari bilan ko’tarishga harakat qiling.

OYOQLAR GIGIYENASI

Muntazam ravishda oyoqlar uchun suvli vanna qilish charchoqni yengish, terlash va zararli bakteriyalarni yo’qotishga yordam beradi.

Bunday vannalar uchun yallig’lanishga qarshi xususiyatga ega o’tlardan, masalan, moychechak, kalendula yoki lavandadan foydalaning.

Telegram, Facebook, Odnoklassniki va VK-dagi kanallarimizga obuna bo’lishni va do’stlaringiz bilan qiziqarli layfxaklarni ulashishni unutmang!