•  
  •  
  •  
  •  
  •  

Uy, bu – kundalik muammolardan dam olib, kuch to’playdigan maskanimiz. Shu bois uyni o’zimizni baxtli va xotirjam his qiladigan joyga aylantirish juda muhimdir.

1. Xonaga yorug’lik kiriting

Derazadan kiruvchi quyosh nuri baxt gormoni – serotonin miqdorini oshiradi. Demak, tabiiy yorug’lik tushkunlikka qarshi kurashib, kayfiyatni ko’taradi.

Og’ir qoramtir pardalar o’rniga och ranglilarni iling. Yorug’lik ko’proq aks etishi uchun ko’zgular qo’ying. Va albatta, derazalarni artishni unutmang.

2. Xona gullarini ko’paytiring

Xona o’simliklari tinchlantirib, diqqatni oshiradi. Yashil rang esa kayfiyatni ko’taradi. Shuningdek, o’simliklar kislorod ishlab chiqarib, havoni tozalaydi.

3. Xona bezagiga ranglar qo’shing

Kayfiyatimiz bevosita ranglarga bog’liq. Masalan, yotoqxona uchun qizil rang to’g’ri kelmaydi. U quvvat beradi, shu bois yotoqxona uchun nisbatan sokin ranglarni tanlagan ma’qul. Rangni uydagi xonaga qarab tanlang va zerikarli bezakni yorqin bo’yoqlar bilan aralashtiring.

4. Makon (va ong)ni bo’shating

Og’ir ish kunidan so’ng tartibsiz uyga kelishni istamaymiz. Tadqiqotlarga ko’ra, ko’z ilg’aydigan buyumlar qancha ko’p bo’lsa, diqqatni jamlashimiz shuncha qiyin kecharkan. Shuning uchun o’zimizni yanada charchagan va ezilgan his qilamiz.

Javonlarni imkon qadar bo’shating. Mayda narsalarni qutilarga joylang. Agar ko’p buyumlar to’planib qolgan bo’lsa, asta-sekin yig’ishtiring.

Telegram, Facebook, Odnoklassniki va VK-dagi kanallarimizga obuna bo’lishni va do’stlaringiz bilan qiziqarli layfxaklarni ulashishni unutmang!