• 3
  •  
  •  
  •  
  •  
    3
    Shares

Agar eski tanishlar davrasida o’zingizni noqulay va yolg’iz his qilsangiz, vaziyatni o’zgartirish vaqti kelgan.

Muammo shundaki, inson tabiatan o’zgarishlardan qo’rqadi. Ular qo’rquv va sarosimaga sabab bo’ladi. Biroq, o’zgarishlar muqarrar. Hayot o’zgaradi, siz ham o’zgarasiz.

Kimnidir bolalar bog’chasidan beri tanishingiz o’zingizni yoqimsiz muloqot bilan azoblashga sabab bo’lolmaydi. Albatta, odamlar o’rtasida kelishmovchiliklar va janjallar bo’lib turadi. Biroq, ba’zan o’zaro munosabatlar sizni pastga tortib, ko’ngil sovishi va charchoqdan boshqa hech narsa bermasligi mumkin.

Xullas, eski aloqalarni uzib, yangi do’stlarni topish vaqti kelganining qator alomatlari mavjud.

1. Birgalikda vaqt o’tkazish tashabbusi doim faqat sizdan chiqadi

Barcha tadbirlar tashkiloti sizning zimmangizdami? Faqat siz tashabbus ko’rsatib, uchrashishni taklif qilasizmi? Hamma qora ishlarni siz bajarasizu, qolganlar faqat ko’ngil yozishadimi? Bu – noto’g’ri.

Haqiqiy chin do’stlar tadbirdan so’ng sizni bir uyum iflos idishlar bilan qoldirmaydi. Buning uchun faqat bitta odam javob bermasligi kerak. Agar doim yordamchi bo’lib qolsangiz, o’zingizni e’tibordan chetda qolgandek his qilasiz. Alamlar esa yurakda og’ir yuk bo’lib yotadi.

2. Ular doim sizga pand berishadi

Siz uchrashuvga kech qolishdan qo’rqib shoshilasiz, boshqa odam esa bu haqda hattoki o’ylamaydi. U xabarlarga javob bermaydi va qayta qo’ng’iroq qilishni unutadi.

Ba’zan bunday holat haqiqatdan ham tasodifan yuz beradi. Lekin kundan-kunga shunday holatning takrorlanishi bu odamning siz bilan mutlaqo ishi yo’qligini bildiradi. Do’stlar bir-birini hurmat qilishi va qadrlashi kerak.

3. Qiziqishlaringiz mutlaqo boshqacha

Hammamizda xobbi va afzalliklar bo’lishi tabiiy xol. Har bir inson o’ziga xosdir, aks holda zerikarli bo’lardi. Agar do’stlarning xobbilari turlicha bo’lsa, bir-biriga yangi va qiziqarli narsani o’rgatishlari mumkin.

Biroq, do’stlar uchun doim o’z qiziqishlaringizni qurbon qilishingiz noto’g’ri. Ular esa buni sezmaydilar yoki sezishni istamaydilar. YO bir muvozanatga keling, yoki bunday hudbin do’stlarga vaqt ketkazmang.

4. Ular hayotingizga qiziqmaydilar

Haqiqiy do’stlar bir-birini tinglay oladi. Ular faqat o’zlarini muhokama qilmaydilar, chunki chin dildan yaqinlariga g’amxo’rlikni sezadilar.

Agar odamlar muammolari va kechinmalarini o’zaro o’rtoqlashsalar, ularning munosabatlarni mustahkamroq va yaqinroq tus oladi.

5. Ular sizni qo’llamaydilar

Yaqin odamlar sizni pastga tortmasliklari kerak. Siz har qanday tashabbusda ularning ko’magini his qilishingiz zarur. Zero, ular bo’lmasa, boshqa kim?

Murakkab vaziyatlarda odamlarning haqiqiy qiyofasi namoyon bo’ladi. Siz ko’ngilsizlikka uchraganingizda do’stingizdan ko’mak bo’lmasa, bu odam sizga to’g’ri kelmaydi.


Unutmang: bu sizga nimasi bilandir yoqmaydigan hamma tanishlarni hayotingizdan o’chirish uchun da’vat emas. Shunchaki vaqtingizni birga o’tkazadigan odamlarni sinchkovlik bilan tanlang. Hayotda juda ko’p narsa atrofingizdagi odamlarga bog’liq.

Telegram, Facebook, Odnoklassniki va VK-dagi kanallarimizga obuna bo’lishni va do’stlaringiz bilan qiziqarli layfxaklarni ulashishni unutmang!