•  
  •  
  •  
  •  
  •  

Insonning qadam bosishi nafaqat uning ruhiy holati, balki salomatligi bilan bog’liq asl muammolarni ham namoyon etadi.

Sizning yurish uslubingiz tanangizdagi kasalliklarni ko’rsatib berishiga oid 5ta isbotni e’tiboringizga havola etamiz.

1. Poyabzal

Birinchi navbatda poyabzalingizga e’tibor bering. Agar uning tagcharmi bir tekisda o’rtasida bosilgan bo’lsa – hammasi joyida. Agar tagcharm ichki yoki, aksincha, tashqi tomondan bosilgan bo’lsa – oyoq yuzasi deformatsiya bo’lgan. Bu holat poyabzal tanlovida muammo, yurganda charchoq va artrozga sabab bo’lishi mumkin.

Bu quyidagicha ko’rinadi:

2. Qadamlar

Bundan tashqari, o’zingiz yoki boshqalarning oyoqlariga razm solishingiz kerak. Yurishingiz to’g’riligi borasida o’ylanishga majbur qiladigan qator alomatlar mavjud. Masalan:

  • O’ta qisqa qadamlar. Ehtimoliy sabab – tizza bo’g’imlarining shikastlanganligi.
  • Bo’ksani tebratib yurish. Ehtimoliy sabab – zaif bel mushaklari.
  • Qattiq qadam bosish. Ehtimoliy sabab – oyoqlarda sezuvchanlikning yo’qolishi.
  • Oyoqni sudrab bosish. Ehtimoliy sabab – harakatlar nazoratining zaiflashuvi, oyoq mushaklari kuchsizligi.
  • Yurganda tebranish. Ehtimoliy sabab – bel mushagining siqilishi.
  • Sakrab yurish. Ehtimoliy sabab – boldir mushaklarining zo’riqishi.
  • Cho’loqlanish. Ehtimoliy sabab – jarohat mavjudligi yoki oyoqlarning turli uzunligi.

To’g’ri qadam bosish texnikasi:

  • Yerga tegadigan birinchi zarb tovonga to’g’ri keladi, so’ngra og’irlik yuza bo’ylab asta oyoq uchiga o’tadi.
  • Oyoqlar bir-biriga parallel ravishda turishi kerak. Modellardek “bir chiziqdan” yurish qomat buzilishiga olib keladi.
  • Ikkala oyoqning qadam uzunligi bir xil bo’lishi kerak, ya’ni oyoq yuzasidan 1,5-2 santimertga uzunroq. Tezroq yurish uchun qadam uzunligini emas, balki itarishni kuchaytirgan ma’qul.
  • Tana korpusi oyoqdan ortda qolmasligi kerak.

3. Qomat

Noto’g’ri yurishni qomat orqali aniqlash oson. Aslida biz orqamizni tik tutgan holda, qorinni ichga tortib, erkin va orqaga qaratilgan yelkalar bilan yurishimiz kerak. Bukchayish, yoysimon yoki, aksincha, o’ta orqaga bukilish bel mushaklardagi og’riqlar, charchoq, qon aylanishining buzilishiga sabab bo’ladi. Bundan tashqari, qiyshaygan umurtqa odamga o’ziga ishonchsizlik va bosim ostidalik qiyofasini beradi.

4. Bosh

Bunda barchasi oddiy – boshni tik tutish kerak. Aksariyat odamlar doim umurtqaning bo’yin sohasida ortiqcha zo’riqishni his qiladilar. Agar bosh yurganda ham pastga egilsa, bosh og’riqlaridan qutula olmaysiz. Yurish chog’ida bosh umurtqa bilan bir o’qda turishi kerak. Pastga faqat nigohni qaratgan ma’qul.

5. Qo’llar

Qo’llarni qattiq silkitish yoki umuman qimirlatmaslik g’alati ko’rinadi. Yurganingizda qo’llar harakatga to’sqinlik qilishi emas, balki yordam berishi kerak.

Qo’llar quyidagicha harakatlanishi kerak:

  • O’ng oyoq bilan chap qo’l bir vaqtda va aksincha oldinga chiqishi kerak.
  • Silkitishlar simmetrik, qo’llar – bo’sh holatda bo’lishi kerak.
  • Qo’llarni cho’ntaklarda tutish tavsiya etilmaydi, bu tananing to’g’ri burilishiga halaqit qiladi.
  • Umurtqa qiyshayishining oldini olish uchun ikkala qo’lga bir xil og’irlik berish kerak. Mutaxassilar sumka emas, ryukzak tanlashni tavsiya qiladilar.

Yurishning foydasi

Va albatta, to’g’ri yurish ko’plab foyda keltirishi haqida unutmaylik.

Telegram, Facebook, Odnoklassniki va VK-dagi kanallarimizga obuna bo’lishni va do’stlaringiz bilan qiziqarli layfxaklarni ulashishni unutmang!