•  
  •  
  •  
  •  
  •  

Aytishlaricha, qo’llar odamning yoshini bildirib qo’yarkan, zero ular yuzga nisbatan ertaroq qariydi. Biroq, qo’llarni to’g’ri parvarishlash orqali buning oldini olish mumkin.

Qo’llaringiz doim nozik va chiroyli bo’lishiga yordam beradigan bir nechta maslahat va qoidalarni taqdim etamiz.

Qo’llarni to’g’ri yuving

Qo’l terisi sovun va suv bilan tez-tez aloqaga kirishgani tufayli namlikni yo’qotib, qurishi mumkin. Bunga yo’l qo’ymaslik uchun quyidagi oddiy qoidalarga amal qiling.

  • Zarurat bo’lmasa bakteriyalarga qarshi sovundan foydalanmang: u terini quritib, shikastlashi mumkin. Buning o’rniga tarkibida jojoba, zaytun moyi va aloe vera kabi namlantiruvchi moddalar bo’lgan sovunni tanlang.
  • Terining tabiiy himoya qatlamini saqlab qolish uchun qo’llarni issiq emas, iliq suvda yuving.
  • Elektr quritgichlardan voz keching. Ularning o’rniga qog’oz sochiqlardan foydalaning.

Qo’lqoplarni unutmang

Qo’llar doim sovuq, kimyoviy vositalar, quruq havo kabi tashqi omillarning salbiy ta’siriga uchraydi. Zararni kamaytirish uchun hayotdagi barcha holatlar uchun qo’lqoplar bo’lishi kerak:

  • sovuq mavsum uchun charm yoki jun qo’lqoplar;
  • uy yumushlari (idish yuvish, pol artish, rakovina va boshqa yuzalarni tozalash) uchun rezina yoki lateks qo’lqoplar;
  • bog’da ishlash uchun to’qima qo’lqoplar.

Qo’llarni muntazam namlantiring

Qo’llar uchun yaxshi krem huddi sovun yoki shampun kabi hayotiy zaruratga ega narsa. Shuning uchun uni sinchkovlik bilan tanlash va ishlatish kerakм.

  • Kremdan zaruratga qarab, ammo kuniga kamida ikki marotaba (ertalab va kechqurun) foydalaning. Agar teringiz quruq bo’lsa, krem idishini rakovina oldiga qo’ying va har safar qo’lingizni yuvgandan so’ng surting. Ko’proq samaraga erishish uchun kremni surtgach, ustidan paxta qo’lqop kiying va tun davomida yechmang.
  • Tirnoqlar ham namlantirishga muhtoj. Ularga qo’l kremini surting, kutikulalar uchun esa E vitamini mavjud vositani oling.
  • Terini faqat tashqaridan emas, balki ichkaridan ham namlantirish kerak. Shu bois yetarli miqdorda suv iching.
  • Havo namlantirgich olib, isitish mavsumi davomida foydalaning.

Terini tozalash va oziqlantirishni unutmang

Qo’llarni parvarishlashda kremdan tashqari skrablar va niqoblardan ham foydalaning hamda ularni haftasiga bir marta qo’llang.

  • Qo’llar uchun niqobni mavjud mahsulotlardan tayyorlash mumkin. Masalan, yarimta avokado, tuxum sarig’i va bir osh qoshiq limon sharbatini aralashtirib, qo’llarga surtish va 20 daqiqaga qoldirish kerak. Niqoblarning boshqa retseptlarini bu yerda ko’rishingiz mumkin.
  • Zaytun moyi va shakar aralashmasidan skrab sifatida foydalanish mumkin. Boshqa skrablarning retseptlarini bu yerda ko’ring.
  • Dangasalar uchun maslahat: tana skrabi va yuz niqobidan foydalanganda, ularni shunchaki qo’llarga ham surting.

Quyoshdan himoyalovchi kremdan foydalaning

Yosh ulg’ayganini ko’rsatuvchi eng asosiy alomatlardan biri, bu – qo’llar terisining giperpigmentatsiyasi. Bunga keksayish va jigarning noto’g’ri ishlashi emas, quyosh nurlarining ta’siri sabab bo’ladi. Yosh o’tishi bilan shunchaki zahira ta’siri ishga tushadi.

  • Pigment dog’lari paydo bo’lishining oldini olish uchun qo’llarga muntazam ravishda quyoshdan himoyalovchi vosita surtish zarur.
  • Sitrus mevalari yaxshi tabiiy “oqartiruvchi”dir. Masalan, doimiy ravishda 1 osh qoshiq limon sharbati, 1 osh qoshiq sut va 1 osh qoshiq asal aralashmasidan niqob qilish mumkin. Terini oqartirish uchun tabiiy vositalarning boshqa retseptlarini bu yerda ko’rishingiz mumkin.

Telegram, Facebook, Odnoklassniki va VK-dagi kanallarimizga obuna bo’lishni va do’stlaringiz bilan qiziqarli layfxaklarni ulashishni unutmang!