•  
  •  
  •  
  •  
  •  

Aka yoki uka, bu – abadiy do’stlik va tayanch degani. Akangiz yoki ukangiz borligi qanday yaxshi. Yangi yil esa unga quvonch, hursandchilik va yaxshi kayfiyat taqdim etish uchun ajoyib sababdir.

Ehtimol, bu odamni siz kabi yaxshiroq biladigan boshqa inson, hatto ota-ona ham yo’qdir. Sizga uning eng muhim sirlari, orzulari va umidlari ma’lum. Mukammal sovg’ani tanlashda aynan shu ma’lumotga tayanish kerak.

Yangi Yilda aka yoki ukaga (5-10 yosh) nima sovg’a qilish mumkin?

Bunday yoshda bolalar sovg’alarga o’ta talabchan bo’lmaydilar va katta odam tomonidan ko’rsatilgan har qanday e’tiborga hursand bo’ladilar. Sovg’a uning sevimli mashinasi modeli yoki shunchaki mazali shirinlik bo’lishi mumkin. Bolaning qiziqishlari va yosh imkoniyatlarini inobatga oling. Quyida bir nechta foydali maslahat keltiramiz:

  1. Konstruktor. O’yinni tanlashda u mo’ljallangan yoshga va materiallar sifatiga e’tibor qarating. O’g’il bola uchun quyidagicha to’plamlardan birini olish mumkin: plastmassadan ishlangan mayda detalli, katta detalli, yopishqoq-konstruktor, yog’ochli, metalli, magnitli, kasblar yoki hayvonlar ko’rsatilgan to’plamlar.
  1. Kitob. Bunday sovg’a atrofdagi olamni o’rganayotgan bola uchun doim dolzarb bo’lib qoladi. Har bir o’g’il bolaning o’z kutubxonasi bo’ladi va uni rang-barang rasmlarga to’la kitob bilan to’ldirish ajoyib g’oya.
  1. Mavzuga doir kanselyariya to’plamlari. Sevimli multfilm qahramonlari tasvirlangan daftarlar va ruchkalar kichkintoyni quvontirishidan tashqari, foyda ham keltiradi.
  1. Umumiy suratlardan iborat fotoalbom. Bola bunday e’tibor belgisini ham yuqori baholaydi. Xususan, albomga kulgili kadrlarni qo’shib, uni biron mavzuga bag’ishlashingiz mumkin.
  1. Videotabrik. Bu bosma fotosuratlarning o’rnini bosuvchi munosib sovg’a. Qorbobo va Qorqiz nomidan manzilli tabrik yozilgan video bolani ertakka yetaklaydi va unutilmas hissiyotlarni taqdim etadi.
  1. Chana. Albatta, so’nggi yillarda O’zbekistonda qorsiz qish fasli kuzatilmoqda, ammo bolalar transportida qishki sayrlardan quvnoqroq narsa bormi?
  1. Bolalar uchun attraksionlar hiyoboniga tashrif. Odatiy Yangi Yil sovg’alariga xilma-xillik bag’ishlashni istaganlar uchun yaxshi variant.

Siz chiroyli o’ram va sovg’ani topshirish chog’ida ertaknamo muhitni ta’minlay olsangiz, ushbu syurprizlarning barchasi yanada yaxshiroq qabul qilinadi.

Yangi Yilda aka yoki ukaga (10-15 yosh) nima sovg’a qilish mumkin?

Aka yoki ukaga Yangi Yil sovg’asini tanlashda faqat shaxsiy didga tayanish to’g’ri emas, chunki o’smirlarning afzalliklari va qiziqishlari ancha o’ziga xos bo’ladi. Ko’pincha bizga foydali bo’lib ko’ringan buyumlar qarindoshimiz uchun mutlaqo befoyda bo’lib tuyulishi mumkin.

Shuningdek, sovg’ani tanlashda yigitchaning xarakteriga asoslanish kerakligini unutmaslik zarur, zero asosiy maqsad – yaxshi kayfiyatni yaratishdir. Bizning maslahatlarimiz kerakli yo’nalishda izlashga yordam beradi:

  1. Aqlli soat. Bunda sms qabul qilish, pulsni o’lchash, bosilgan qadamlarni hisoblash, budilnik kabi qo’shimcha funksiyalarga ega yoshlarbop modelni tanlang.
  1. Gadjet yoki zamonaviy aksessuar. Yoshlar zamonaviy gadjetlarni yaxshi ko’radilar, shu bois quloqchinlar, simsiz quvvatlash moslamasi, sport bilan shug’ullanish uchun ixcham pleyer singari sovg’a bilan adashmaysiz.
  1. Portativ kolonka. Bunday sovg’ani tanlashda quyidagi xususiyatlar mavjudligiga e’tibor bering: turli tashuvchi moslamalardagi audiomateriallarni eshitish imkoni, namlikdan himoyalanganlik, o’rnatilgan chiroq va fonarcha.
  1. Sport jihozlari. Bunda futbol yoki basketbol to’pi, sport sumkasi, og’irlik toshlari, espander, suzish jihozlari (ko’zoynak, shippak) kabi variantlarga to’xtash mumkin.
  1. Kinoga chipta. Unga qanday janrdagi filmlar yoki multfilmlar ko’proq yoqishini aniqlab oling. Yangi Yil sovg’angizning qiziqarsiz bo’lib chiqishi alam qiladi.
  1. Stol o’yinlari. Bunday sovg’ani tanlashda o’yin haddan tashqari kichik bolalarga va o’ta kattalarga mo’ljallanmaganligiga e’tibor berish kerak. Bunda, “Erudit”, shaxmat, shashka, “Djenga”, “Mafiya”, “Monopoliya”, “Manchkin” kabi variantlar omadli bo’ladi.
  1. Sensor uchun barmoqli qo’lqoplar. Yilning sovuq faslida qo’llarni ortiqcha marta cho’ntakdan chiqarishni istamaymiz, shu bois bunday sovg’a katta afzallik bo’ladi.
  1. Asosiy garderob uchun kiyim nafaqat qulay, balki urfga mos bo’lishi kerak. Joriy mavsumda qaysi kiyimlar urfga kirganini har bir yoshlar uchun mo’ljallangan do’kondagi sotuvchidan bilib olish mumkin.
  1. Haykalcha yoki kitob shaklidagi maxfiy joy. Aksariyat o’smirlar qadrli narsalarini saqlash uchun yashirin joylarni tanlaydilar, shu bois e’tiborni kam tortadigan maxfiy buyumlar yoqimli sovg’a bo’ladi. Albatta, seyfning ichida mayda xarajatlar uchun qo’yilgan pul – yanada yoqimli holat.

Yangi Yilda aka yoki ukaga (15-20 yosh) nima sovg’a qilish mumkin?

15-20 yosh – foydali va amaliy sovg’alar yoqimliroq va qiziqroq bo’ladigan talabalik davriga to’g’ri keladi. Bu davrda turmush tarzi, xobbi va maqsadlarga qarab sovg’a tanlash kerak. Quyida Yangi Yil sovg’asini tanlash uchun bir nechta foydali maslahatni taklif etamiz:

  1. Birgalikda kinoteatrga borish.
  1. Basseyn yoki mashq zaliga abonement.
  1. Kiyim sotib olish uchun sertifikat.
  1. Atir.
  1. Stol o’yinlari (kichik va katta guruhlar uchun)
  1. Chiroyli klaviatura va simsiz sichqoncha.
  1. Antiqa budilnik.
  1. Idish (ofis uchun krujka).
  1. Qiziqishi bo’yicha kurslarga abonement (masalan, havaskor suratchilik).

Maslahat: Internet orqali xarid qilishni o’ylagan bo’lsangiz, omadsiz jo’natma yoki pochta bo’limida ko’p soat kutishning oldini olish uchun buyurtmani avvaldan rejalashtiring.

Yangi Yilda katta yoshli aka yoki ukaga nima sovg’a qilish mumkin?

Erkak kishi uchun sovg’ani to’rtta omil bo’yicha tanlash mumkin: afzal ko’rishi, xobbisi, kasbi yoki oilaviy ehtiyojidan kelib chiqib. Sizga quyidagi variantlarni taklif qilamiz:

  1. Yotoqxona jihozlari to’plami. Bunday sovg’a qanchalik oddiy ko’rinishidan qat’iy nazar, doim kerakli, amaliy va universal buyumdir.
  1. Adyol. Bu kursida o’ralib o’tirish uchun o’rtacha buyum yoki karavot uchun katta yopinchiq bo’lishi mumkin.
  1. Havo namlantirgich yoki tozalagich. Akangiz yoki ukangizning oilasida kichik bolalar bo’lsa, bu albatta dolzarb va omadli sovg’a bo’ladi. Qishda xonadondagi havo isitish tufayli qurib ketadi va bu butun oila salomatligiga salbiy ta’sir qiladi.
  1. Ofis jihozlari to’plami. Ko’pincha nufuzli kanselyariya tovarlari bo’limlarida ishbilarmon erkakning ish stoli uchun tayyor sovg’a to’plamlari mavjud bo’ladi, shu bois sovg’ani izlash va tanlash qiyin bo’lmaydi.
  1. Ofis idishlari to’plami. Bunday sovg’ani tanlashda rangning bir xilligi, vazminligi hamda oson yuvilishi va ixchamligiga e’tibor qaratish kerak.
  1. Portsigar va kuldon. Sovg’ani tanlashda ishlab chiqaruvchiga, materiallar sifati va buyumning tashqi bezagiga diqqat qarating.
  1. Portmone, borsetka. Tanlov vaqtida tashqi ko’rinishga va funksionallika e’tibor berish kerak. Erkaklar uchun mo’ljallangan hamyon odatda naqd pul va plastik kartalar uchun ikkita bo’lmadan iborat bo’ladi.
  1. Noutbuklar uchun g’iloflar. Sumka-ryukzak ayniqsa dolzarb bo’ladi. Ushbu aksessuar egasi gadjetining himoyalanganligiga ishonadi va buyumning nufuzli tashqi ko’rinishini munosib baholaydi.

Mas’halat: Har qanday, hattoki juda kichik sovg’a ham, sovg’a qutisi yoki qog’ozga chiroyli o’ralgan bo’lishi kerak.

Aka yoki ukaga Yangi Yil sovg’asiga oid eng yaxshi g’oyalar

Erkaklar anchagina omilkor odamlardir, shu bois ular o’zlarida bo’lishini istagan aksariyat narsalarga pullarini ayaydilar. Agar akangiz yoki ukangizga Yangi Yil bayramida qanday tuxfa berishni bilmasangiz, quyidagi yutuqli variantlarni taklif etamiz:

  1. Qo’l soati. Bunday sovg’a hech bir erkakni e’tiborsiz qoldirmaydi. Axir, erkaklar ko’proq hissiyotga boy emas, balki foydali sovg’alarni hush ko’radilar.
  1. Fitnes-treker. Ushbu sovg’a jismoniy yuklama sonini nazorat qilishga va sport zalidagi mashg’ulotlarni to’g’ri rejalashtirishga yordam beradi.
  1. Sport zali yoki basseynga abonement. U bunday joylarga borish yoki bormasligini albatta aniqlashtiring. Agar javob ijobiy bo’lsa, unda hali abonement yo’qligiga ishonch hosil qiling.
  1. Erkaklar kiyimi do’koniga sovg’a sertifikati. Bunday Yangi Yil sovg’asi akangiz yoki ukangizsha o’z didiga mos kiyimni tanlash imkonini beradi.
  1. Asboblar to’plami. Agar qarindoshingiz ko’p vaqtini rulda o’tkazadigan odam bo’lsa, avtomobildagi nosozliklarni tuzatish uchun to’plam ortiqchalik qilmaydi.
  1. Zargarlik taqinchoqlari. Ilmatugmalar, uzuk yoki galstuk uchun qisqich erkakning ishbilarmon qiyofasini yanada to’ldiradi.
  1. Avtomobil uchun foydali aksessuarlar. Bular panel uchun maxsus salfetkalar, cho’tkalar, iforli havo tozalagichlar va boshqalar bo’lishi mumkin.
  1. Hamyon yoki tashrifnomalar g’ilofi. Buyum qanday materialdan ishlanganiga, vazifalariga va ilgakdan foydalanish osonligiga e’tibor bering.
  1. Suvenir ruchka. Bunday sovg’aga qo’shimcha sifatida o’ziga xos taglik yoki qaydlar daftarini olish mumkin.
  1. Stol o’yinlari. Katta yoshdagi erkak uchun noodatiy bezatilgan shaxmat yoki odatiy o’yinlarning boshqa turlari ajoyib sovg’a bo’ladi.
  1. Atir. Bu kabi e’tibor belgisini faqat ifor borasida uning didini yaxshi bilsangizgina amalga oshirish mumkin.
  1. Elektr soqol olgich, trimmer. Soqol o’stiradigan va uni o’zi parvarishlaydigan erkak uchun yaxshi variant.
  1. Baliq ovi yoki ov jihozlari. Bunday sovg’a yil va ob-havo qanday bo’lishidan qat’iy nazar, uni olayotgan odamga manzur bo’ladi.
  1. Sayr uchun to’plam. Portativ mangal, gril va sixlar yilning istalgan vaqtida hordiq muhitini yaratishga yordam beradi.
  1. Tashqi akkumulyator (Powerbank). Bunday moslama tufayli batareyaning kam quvvati qarindoshingizni sarosimaga solmaydi. Sovg’ani tanlashda moslamaning quvvati va kirish joylarining sonini surishtiring.
  1. Nufuzli alkogolli ichimlik. Bu o’ziga xos qadoqdagi bitta katta qimmatli ichimlik bo’lishi mumkin.
  1. Avtomobil uchun muzlatgich. Bu sovg’a qishda g’alati ko’rinishi mumkin, ammo uning qulayligi o’zini kutilganidan ko’proq oqlaydi. Bir necha oy o’tgach qo’l ostidagi salqin ichimliklar jonga ora kiradi.

Unutmang, boshqalarga quvonch ulashadigan odamlar o’zlarini qat’iyatliroq va baxtliroq his qiladilar! Yangi Yilda akangiz yoki ukangizga sovg’a olishda omad tilaymiz!

Quyida siz barcha oila a’zolaringizning xoxish va istaklaridagi sovg‘alarni topishingiz mumkin 🙂

Telegram, Facebook, Odnoklassniki va VK-dagi kanallarimizga obuna bo’lishni va do’stlaringiz bilan qiziqarli layfxaklarni ulashishni unutmang!