•  
  •  
  •  
  •  
  •  

Oilada farzandning paydo bo’lishi barini o’zgartiradi! Erkak pul topish bilan ovora bo’lgan bir paytda, ayol uyda go’dak bilan yolg’iz qoladi. Va bu ish ko’pincha juda qiyin kechadi.

Bo’lajak ota-onalar hamda ayni paytda bu vazifani bajarayotganlarga tug’ruq ta’tilidagi ona kunlarini qanday o’tkazishini eslatamiz.

Kundalik yumushlar

Kundalik yumushlarni ikki so’z bilan tug’ruq ta’tili deb nomlash mumkin. ovqatlantirish, cho’miltirish, taglikni alishtirish, uqalash, erkalash, sayr qilish, ovqatlantirish, taglikni alishtirish, kiyimlarni yuvish (ha, go’daklarning so’lagi oqadi va sut qaytib chiqadi), o’yinchoqni shaqillatish va yana yuvish, ovqatlantirish, sayr qilish. Bunday vaziyatda bola bilan rejadagi ko’rik uchun poliklinikaga borish ancha muhim voqea sanaladi.

Jadval mavjud emas

Chamasi, ona va bola uchun kun tartibiga amal qilishdan oson narsa yo’qdek ko’rinadi. Pediatrlar ham shunday maslahat beradilar. Biroq suronli haqiqat bu jadvallarga o’z tuzatishlarini kiritadi. Bolaning uxlash vaqti bo’ldimi? U yig’laydi va uxlamaydi. Ovqatdan bosh tortadi. Ko’chada aravachada yotishni istamay, hammani o’ziga qaratib baqiradi. Onaning faqatgina yon berib, boshlig’i farzandining o’zgaruvchan kayfiyatiga moslashishdan boshqa iloji qolmaydi.

Mehnat natijasi ko’rinmaydi

Biron-bir ishni g’ayrat bilan bajarib, natijada kutilgan maqsadga erishishdan ham yoqimliroq narsa bormi? Afsuski, tug’ruq ta’tilidagi ayol bu yutuqlarni faqat orzu qilishi mumkin. U oilasi manfaatida qancha ko’p ter to’kmasin, natija ko’rinmaydi. Endigina xonani tartibga solgandi, yana o’yinchoqlar yoyilib yotibdi. Tongda kir yuvganmidi? Kechgacha yana bir uyum kir yig’iladi.

O’ziga ishonmaslik

Onalik karera, muloqot doirasi va qomatga ta’sir qiladi. Ko’pincha bu holat vaqtinchalik bo’ladi, ammo ta’tildagi ayol buni bilmaydi. U ishga qayta oladimi va qachon? Qomati yana avvalgidek bo’ladimi? Qorin og’rig’i va ko’krak bilan emizish to’g’risida kinolar va modadan ko’proq bilishi turmush qurmagan dugonalarini qiziqtiradimi? Bunday hayollar doim miyada aylanib yuradi va o’ziga ishonmaslik hissini oshiradi.

Muqarrar muhabbat

Bolakay birinchi marta kulib, “oyi” va “yaxshi ko’raman” deganida charchoq, kundalik yumushlar, o’ziga ishonchsizlik qayergadir yo’qoladi. Qiyinchiliklar hech narsa emas! Yana ona bo’lish vaqti keldi!

Telegram, Facebook, Odnoklassniki va VK-dagi kanallarimizga obuna bo’lishni va do’stlaringiz bilan qiziqarli layfxaklarni ulashishni unutmang!