•  
  •  
  •  
  •  
  •  

Maishiy texnika “OFF” tugmasini bosganingizdan keyin ham “maxfiy” hayotini davom ettirib, ishdan to’xtamasligini bilasizmi?

Bu maqolada qaysi elektr jihozlar o’ta “qaysar” bo’lib, o’chirilgan holatda ham elektr energiyasini iste’mol qilishdan to’xtamasligini aniqlashga urinamiz.

Telefonga ulanmagan quvvatlagich

Quvvatlovchi moslama, hattoki unga telefon ulanmagan taqdirda ham, elektr energiyasini iste’mol qilishda davom etaveradi. Umuman olganda, bu hamyonimizga kuchli ta’sir qilmaydi, chunki bunday moslamaning quvvati ham juda kichik.

Raqamli TV uchun pristavka jihozi

Raqamli televideniye pristavkalari navbatdagi o’chirishdan so’ng ham ishlashda davom etib, yiliga taxminan 4 600 so’mlik energiyani “yeb qo’yadi”.

Aksariyatimiz shunchaki televizorni o’chirish bilan kifoyalanib, bunday moslamalarni kutish rejimiga ham o’tkazmaymiz. Natijada, yakuniy qiymat 5 barobarga oshadi.

Televizor

Ma’lum bo’lishicha, biz pultdagi “OFF” tugmasini bosish orqali televizorni o’chirmasdan, shunchaki uyqu rejimiga o’tkazar ekanmiz. Televizor bunday holatda yiliga taxminan 4 600 so’mga teng energiya iste’mol qiladi.

Kompyuterlar va noutbuklar

Kompyuterlar va noutbuklar hattoki o’chirilgan rejimda ham ishlashda davom etadi. Shuning uchun ularni rozetkadan olib tashlash orqali elektr energiyasi bo’yicha yiliga qariyb 19 000 so’m tejab qolishingiz mumkin.

Kompyuterni uyqu rejimida qoldiradiganlar esa, bu raqamni taxminan 1,5 barobarga ko’paytirishlari kerak.

Taymerli texnika

Ishlab turgan taymer kabi deyarli e’tiborsiz detal u joylashgan jihoz elektr energiyasini iste’mol qilishda davom etayotganidan darak beradi. Bunday texnikani rozetkadan ajratish orqali yiliga 20 000 so’mdan ortiq mablag’ni tejaysiz.

O’chirish shartmi?

Kimdir uchun yuqorida keltirilgan raqamlardan hayratlanarli bo’lmasa-da, boshqa birov uchun esa aksincha, ishonarli ko’rinadi.

Nima bo’lganda ham texnikani rozetkalardan o’chirish zarur. Zero, kuchlanish rejadan tashqari o’zgargan taqdirda kuygan elektronika oqibatida ko’p pul yo’qotish mumkin.

Telegram, Facebook, Odnoklassniki va VK-dagi kanallarimizga obuna bo’lishni va do’stlaringiz bilan qiziqarli layfxaklarni ulashishni unutmang!