•  
  •  
  •  
  •  
  •  

Ko’pchilik og’ir o’tgan kundan keyin charchoqni shirinlik yeyish orqali yengadi, ammo ko’p miqdordagi shirinlik zararli. Bundan tashqari, shirinlik tushkunlik yoki tashvishlanishdan aziyat chekuvchi odamlarga yordam bermaydi. Lekin olimlarning aniqlashicha, ayrim mahsulotlar miya faoliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatib, yomon kayfiyatga qarshi kurashadi.

1. G’alla mahsulotlari

G’alladan tayyorlangan mahsulotlarda serotonin va melatonin gormonlari ishlab chiqarilishi uchun zarur aminokislota – triptofan ko’p miqdorda mavjud. Serotonin kayfiyatni yaxshilab, hotirjam qiladi, melatonin esa uyqu davrlarini nazorat qiladi. Tadqiqotlarga ko’ra, ko’p miqdordagi g’alla mahsulotlari, shuningdek mevalar va sabzavotlar ishtirokidagi parhez kayfiyat o’zgarishlari, havotirlik va tushkunlikni kamaytirishga yordam beradi.

2. Yong’oqlar

Oddiy yong’oq va pekan yallig’lanishga qarshi yog’ kislotalariga boy bo’lib, ular havotir va tushkunlik alomatlarini yengillashtiradi. Xom yong’oqlar ayniqsa foydalidir, chunki ularning tarkibidagi foydali moddalar ta’sir kuchini saqlab qoladi.

Biokimyogar va parhezshunos Barri Sirs (Barry Sears) bodom va oddiy yong’oq iste’mol qilishni maslahat beradi, chunki ularda tinchlantiruvchi xususiyatga ega magniy mavjud.

Keshyu yong’og’i ham foydasi bo’yicha ortda qolmaydi: unda temir, magniy, V6 vitamini, oqsillar, aminokislotalar va omega-3 yog’ kislotalari mavjud. Shuningdek, keshyu tarkibida serotoninni ishlab chiqarish va o’zlashtirish uchun zarur bo’lgan triptofan bo’ladi.

3. Golubika

Golubika tarkibidagi aksil-oksidantlar havotirlik va tushkunlikka qarshi kurashadi. Bundan tashqari, unda havotirni sustlashtiradigan kortizolning darajasini kamaytiruvchi S vitamini serob. Yaqinda o’tkazilgan  tadqiqot ma’lumotlariga ko’ra, golubika iste’moli hattoki tushkunlikning irsiy va biokimyoviy stimulyatorlarini sekinlashtirib, jarohatdan keyingi sindromga ega odamlarda joniga qasd qilish moyilligini kamaytiradi.

4. Sut mahsulotlari

Ko’pincha havotir hissi qonda qand miqdorining pasayishi bilan bog’liq. Biroq, bu shirinlik yeyish kerak degani emas. Buning o’rniga shirin bo’lmagan sut mahsulotlari, masalan shakarsiz yogurtni tanlagan ma’qul. Undagi oqsillar va uglevodlarning to’g’ri mutanosibligi qand miqdorini me’yorga soladi.

Mashhur psixoterapevt, bolalar va juftliklar bilan ishlash bo’yicha mutaxassis Fren Uolfish (Fran Walfish) o’z bemorlariga havotirni yengish uchun sut ichishni, pishloq, yogurt va muzqaymoq yeyishni tavsiya qiladi. Demak, buvilarimizning uyquga yotishdan avval bir stakan iliq sut ichishni maslahat bergani bekor gap emas. Barcha sut mahsulotlarida tinchlanishga hamda hech qanday dorilarsiz hotirjam bo’lishga yordam beradigan triptofan mavjud.

5. Achchiq (qora) shokolad

Achchiq shokolad – ajoyib tabiiy antidepressantdir. Uning tarkibida mavjud tirozin aminokislotasi keyin dofamin neyromediatori hosil bo’ladi. Dofamin esa, ma’lumki, ruhiy holatimiz bilan bevosita bog’liq, chunki u miyadagi huzurlanish markazini nazorat qiladi.

Shokolad tarkibidagi kakao kayfiyatni yaxshilaydigan serotonin ishlab chiqarilishini oshiradi. Bundan tashqari, achchiq shokolad kortizol miqdorini kamaytirib, stress va tushkunlikni yengadi.

Telegram, Facebook, Odnoklassniki va VK-dagi kanallarimizga obuna bo’lishni va do’stlaringiz bilan qiziqarli layfxaklarni ulashishni unutmang!